Urgut tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 134-umumiy o‘rta ta’lim maktabi pedagogik kengashining navbatdagi 1-sonli yig‘ilish
BAYONNOMASI
2023-yil 29-avgust Beshkapa MFY
Yig‘ilishda qatnashdi: maktabning barcha pedagog va xodimlari jami 35 nafar
Yig‘ilish raisi: A. Hojimurodov
Kotib: H. Mustofoyev
Kun tartibidagi masalalar.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi tomonidan 2022-2023 o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar hamda yangi o‘quv yilidagi dolzarb vazifalar to‘g‘risida. Ma’ruzachi: A. Hojimurodov
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 15-maydagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2023-2024 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risida”gi 125-sonli buyrug‘ining ijrosi va Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 30-iyundagi 3271-sonli qarori bo‘yicha dars taqsimoti to‘g‘risida Ma’ruzachi: Q. Taylonov
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada takomillashtrish to‘g‘risida”gi 2022-yil 5-dekabrda qabul qilingan 372-sonli buyrug‘ining ijrosi to‘g‘risida. Maktabga yangi ishga qabul qilinadigan yosh o‘qituvchilarni “Stajior o‘qituvchi” sifatida ishga qabul qilish va ularga ustoz briktrish to’g’riisida. Ma’ruzachi: A. Razzoqov
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 27-iyun kungi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining MMIBDO‘ va sinf rahbarlarining lavozim yo‘riqnomasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 190-sonli buyrug‘i ijrosi haqida. Ma’ruzachi: A. Sanaqulov
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta talim muasasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli qarori bo‘yicha maktabda tuzilgan ishchi guruh tarkibini qayta tuzish va ustama belgilangan xodimlar haqida ma’lumot berish to‘g‘risida. Ma’ruzachi: Q. Taylonov
Makatabda faoliyat olib boradigan monitoring guruhi, tarifikatsa komissiyasi, a’zolarini tayinlash haqida. Ma’ruzachi: A. Hojimurodov
Navbatdan tashqari masalalar:
Maktabga 1-sinfga va 10-sinfga o‘quvchilarni qabul qilish to‘g‘risida. Ma’ruzachi: Q. Taylonov
Maktab direktori A. Hojimurodov so‘zga chiqib majlis oldidan maktabning pedagogik kengashi maktabning oliy kengashi ekanligini va unga oliy ma’lumotli pedagogladan kotib saylanishini aytib, pedagogic kengashga kotib saylash lozimligini takidladi. Kasaba uyushmasi raisidan taklif berishini so’radi. Kasaba uyushmasi raisi A. Razzoqov so‘zga chiqib kadrlar bo’yicha menejeri H. Mustofoyev nomzodini taklif qildi. Qolgan pedagoglar ham bir ovozdan qo‘l ko‘tarib madullandilar. Pedagogik kengashi qarori bilan kadrlar bo’yicha menejeri H. Mustofoyev pedagogik kengash kotibi etib saylandi.
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan maktab direktori A. Hojimurodov so‘zga chiqdi. U so‘zida 2022-2023 o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar hamda yangi o‘quv yilidagi dolzarb vazifalar to‘g‘risida yig’ilganlarga ma’lumot berdi. Ma’lumki, o‘tgan 2022-2023 o‘quv yilida maktabimiz tomonidan bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, o‘quvchilarimiz 10-sinf o‘quvchisi ingilis tili, 11-sinf o’quvchisi beyologiya fan olimpiadalarida faxirli 1-o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar. Qolaversa tuman miqiyosida o’tkazilgan “ Besh tashabbus”tanlov (tadbir)larda o‘quvchilarimiz faxirli o’rinlarni qo’lga kiritdilar. Pedagoglarimizdan 1 nafari oliy toifali bo’lishi ham maktabimiz reytingi yuqorilashiga sabab bo’ldi. Bundan tashqari bitruvchilarimizning 16% OTM ga o’qishga qabul qilinganligi ham maktabimiz yutuqlaridandir. Bundan tashqari, maktabimizda qurilish ishlari yaxshi natijalarga erishildi.
Bu o‘quv yilida amalga oshirilishi kutilayotgan asosiy o‘zgarishlar va vazifalar bilan sizlarni tanishtirsam. Eng avvalo bitruvchi sinflarni OTMga o‘qishga puxta tayorlash va ularga qo‘shimcha sharoit yaratish va muntazam shug’ullanishlarini taminlash. Qolaversa, maktab pedagog xodimlarini atesstatsadan o‘tkazish va toifa olish, milliy va xalqaro sertifikatlash natijasida maktab reytingini ko‘tarish. Fan olimpiadasiga puxta tayyorlanish va faxirli o‘rinlarni qo‘lga kiritish, To‘garaktarni muntazam o’tkazilishini taminlash. Ushbu masalalar yuzasidan metodbirlashma raxbarlarining vazifalari beqiyos bo’lib ularning bu boradagi masulyatini oshirishimiz zarur.
Kun tartibidagi masala yuzasidan yig‘ilish qarori:
Maruzachi A. Hojimurodov Q. Taylonov, A. Sanaqulov, A. Razzoqovlarning maruzasi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
O‘tgan o‘quv yilida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, bu yilgi o‘quv yilida bartaraf etilsin.
Pedagog xodimlarni muntazam taxliliy o‘rganib borish metodbirlashma raxbari zimmasiga yuklatilsin.
Maktab direktori: A. Hojimurodov
Kotib: H. Mustofoyev
Chia sẻ với bạn bè của bạn: |