Guruh: its 23-07 Bajardi: Mahsudov Sherzod Nerv sistemasining funksiyasi ikki qismga bo’linadi



tải về 1.2 Mb.
trang1/2
Chuyển đổi dữ liệu17.04.2024
Kích1.2 Mb.
#57268
  1   2
Psixologiya Sherzod




Mustaqil ish

Fan : Psixologiya
Mavzu: Nerv sistemasining tuzilishi
Guruh: ITS 23-07
Bajardi: Mahsudov Sherzod


Nerv sistemasining funksiyasi ikki qismga bo’linadi


  • 1-funksiya odam organizmining barcha hujayra, to’qima, organlari va sistemalarining ishini boshqarish, tartibga solish va ularning ozaro bog’lanishini taminlash.(I.P.Pavlov quyi funksiya deb atagan) Bu vazifani orqa miya, uzunchoq, o’rta, oraliq miya va miyachadagi nerv markazlari.

  • 2-funksiya tashqi muhit b/n bo’glanish, moslashish, atrofdagilar b/n munosabat o’rnatishi (fikrlash, o’rganish, muommala)ni taminlash (Pavlov oliy nerv faoliyati deb atagan) Vazifani bosh miya yarim sharlari va po’stloqdagi nerv markazlari.

Nerv sistemasi — odam va hayvonlar organizmida barcha aʼzolar faoliyatini bir-biriga bogʻlagan holda hayotiy muhim funksiyalarni bajaradigan hamda organizmni tashqi muhit bilan bogʻlaydigan sistema. Hayvonlar organizmining evolyusiya jarayonida va organizmlar bilan tashqi muhit oʻrtasidagi murakkab munosabatlarning shakllanishida Nerv sistemasi hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Nerv sistemasi ikki qismdan iborat.


  • Periferik nerv sis. – orqa miyadan chiquvchi 31juft sezuvchi va harakatlantiruvchi nerv tolasi, bosh miyadan chiq. 12juft nerv va umurtqa pog’on. Atrofida va ichki org.da joylashgan nerv tugunlari kiradi.

  • Markaziy nerv sis. – orqa va bosh miya kiradi. - odam va hayvonlar nerv sistemasining asosiy qismi; nerv hujayralari (neyronlar) va ularning oʻsimtalaridan tarkib topgan. Markazii nerv sistemasis. umurtqasiz hayvonlarda oʻzaro birikkan nerv tugunlari (gangliy) sistemasidan, umurtqali hayvonlar va odamda bosh miya va orka miyadan iborat. Markazii nerv sistemasis. va periferii, nerv sistemasi funksional jiqatdan bir butun sistema boʻlib, sezuvchi (afferent) va harakatlantiruvchi (efferent) nerv tolalari orqali barcha aʼzolar va toʻqimalar bilan bogʻlangan.

Nerv sistemasi asosini nerv hujayralari tashkil qiladi. Har bir hujayra oʻzidan chiqqan kalta shoxchalar (dendrit), bitta uzun tola (akson) bilan birga neyron deb ataladi. Nerv sistemasi, asosan, neyronlar toʻplamidan iborat. Nerv sistemasi filogenez va ontogenezda gavdaning tashqi qavati — ektodermadan rivojlanadi. Organizmlarning tarixiy rivojlanish jarayonida Nerv sistemasining tuzilishi murakkablashib, nerv hujayralarining hajmi va turlari osha borgan, neyronlar strukturasi va ayrim nerv hujayralari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, shu bilan birga Nerv sistemasining funksiyasi ham shakllangan. Nerv sistemasiga xos ikkinchi toʻqi-ma — neyrogliya paydo boʻlgan (u tayanch va trofik funksiyalarni bajaradi).


Nerv sistemasi ning rivojlanishi davrida markaziy nerv sistemasi va periferik nerv sistemasi vujudga keladi.
Nerv sistemasi shartli ravishda ikki qismga boʻlinadi. Ulardan biri organizmning odam ixtiyoriga boʻysinmaydigan aʼzolariga borib, ularni nerv bilan taʼminlaydigan vegetativ nerv sistemasidkr. Ikkinchi qism odam ixtiyoriga boʻysinib, skelet muskullariga va harakatda ishtirok etadigan ayrim aʼzolarga boradi.
Nerv sistemasi qoʻzgʻalish toʻlqini — impuls larni nerv tolalari orqali tez oʻtkazilishini taʼminlaydi. Nerv impulslari bir lahzada roʻy beradi va turli aʼzolardan miyaga yoki miyadan aʼzolarga boradi. Nerv sistemasi harakat funksiyasini, ovqat hazm qilish, nafas olish va boshqa sistemalar faoliyatini, kon aylanishini va boshqa jarayonlarni boshqaradi.
Nerv sistemasi tuzilmalari taʼsirotni sezadi, taʼsirotlar energiyasini nerv qoʻzgʻalishi energiyasiga aylantiradi, bu energiya nerv impulslari shaklida nerv tolalaridan oʻtadi. Nerv sistemasi murakkablashgan sayin va unda maxsus retseptor (sezuvchi) hujayralar ixtisoslashgan sayin Nerv sistemasi funksiyalari tobora turli-tuman boʻlib qolgan.



tải về 1.2 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương