Gender tenglikning asosiy tamoyillari



tải về 0.62 Mb.
Chế độ xem pdf
trang1/2
Chuyển đổi dữ liệu24.04.2024
Kích0.62 Mb.
#57363
  1   2
1- Seminar matni



Gender tenglikning asosiy tamoyillari
 
 
Gender lotincha genus (inglizchada gender) soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, 
oʻzbek tilida jins maʼnosini beradi. Fanga genderlik tadqiqotlari tushunchasi XX 
asr oʻrtalarida kirib kela boshladi. Gender terminini 1952-yilda Yangi Zelandiyalik 
ruhshunos olim Jon Mani (5) o’z ilmiy tadqiqotlarida birinchi qo’llagan. 
Keyinchalik 1963-yilda Stokgolmda ruhshunoslarning xalqaro anjumanida 
AQShlik olim Robert Stoller (6) jamiyatda ijtimoiy jinsning oʻz-oʻzini anglash 
tushunchalari toʻgʻrisidagi maʼruzasi orqali gender terminini ilm ahliga taqdim etdi 
hamda jinsni biologik va madaniy turlarga boʻlib oʻrganishni taklif qildi. R.Stoller, 
biologik jinsni (inglizcha sex) biologiya va fiziologiya, madaniy jins (gender), 
yaʼni genderni ruhshunoslik va jamiyatshunoslik sohalari tadqiqot obʼekti sifatida 
oʻrganish maqsadga muvofiq deb hisoblagan. Shuningdek, 1972-yilda ingliz 
sotsiologi Enn Oukli (4) ham “Jins, gender va jamiyat” nomli ilmiy ishida bu 
terminni izohlab oʻtgan. Gender konsepsiyasi biologik jins bilan (inglizcha – sex) 
ijtimoiy jins (inglizcha – gender) farqlanishiga hamda jinslar orasidagi ijtimoiy 
munosabatlar faqat erkaklar va xotin-qizlarning biologik oʻziga xosligi bilan 
belgilanmasligi, ular oʻrtasidagi ijtimoiy rollar fiziologik farqlardan sezilarli 
ravishda kengligini anglashga qurilgan. Jins anatomik, fiziologik tushuncha, yaʼni 
individning biologik jinsga oidligini belgilovchi biologik xususiyatlar birligidir (6). 
Biroq odamlar oʻrtasida yana bir muhim – biologik farqlardan tashqari ijtimoiy 
rollar, har xil faoliyat turlari, xatti- harakat va psixologik xarakteristika jihatidan 
ham boʻlinish mavjud. Jinsdan farqli oʻlaroq, gender – psixologik, madaniy va 
ijtimoiy vositalar bilan shakllanadi. Gender terminining fanga kiritilishi shuni 
anglashga yordam beradiki, “jamiyatdagi erkaklar va xotin-qizlar rollari ijtimoiy 
jihatdan tashkil topadi va belgilanadi” 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Gender, avvalo erkak va ayol, oʻgʻil va qiz bolalar munosabatlarining 
ijtimoiypsixologik hamda pedagogik tomonlarini qamrab oladi. Bu tushuncha 
yangi ijtimoiy qarashlar va madaniyatga bogʻliq holda rivojlanib boradi. Tarixdagi 
matriarxat yoki patriarxat tushunchalari ham bunga yaqqol misoldir. Taʼlim-tarbiya 
yo’nalishida gender tushunchasi faqat qizlarga taalluqli emas, chunki u oʻz 
xususiyatiga koʻra oʻgʻil va qiz bolalar orasidagi munosabatlarni tavsiflab 
ta’riflaydi, yaʼni, ijtimoiy rollar, faoliyat shakllarining boʻlinganligi, xattiharakat 
va individlarning psixologik xarakteristkalarida o’ziga xosliklar mavjudligini 
o’rganadi. Ko’rinib turibdiki, olimlarning gender soʻzini termin sifatida 
oʻrganishni taklif qilishlari nafaqat psixoanalitika yoki jamiyatshunoslik, balki turli 
sohalar, jumladan pedagogika va tilshunoslikda ham keng qoʻllanishiga yoʻl ochib 


berdi. Bugungi kunda bu yoʻnalishlar tarkibida gender pedagogikasi va 
tilshunosligi shakllanib, gender munosabatlari, gendercha tahlil, gendercha tenglik 
kabi mavzularda tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ma’lumki, biologik va ijtimoiy 
xususiyatlardan tashqari gender omillarga madaniy xususiyatlar ham taʼsir 
koʻrsatadi. Muayyan madaniyat insoniyat tomonidan dunyo haqidagi bilimlarni 
anglash va tartibga solish davomida vujudga kelgan narsapredmet, voqeliklar 
bo’lib, u milliy gender qarashlar shakllanishida muhim ahamiyatga ega 
hisoblanadi. Genderchilikda gender farqlarning tashkil topish jarayoni odatda 
ijtimoiylashtirish jarayoni bilan bogʻlanadi. Ijtimoiylashtirish – bu, individ 
tomonidan jamiyatning toʻlaqonli aʼzosi sifatida faoliyat yuritish imkonini 
beruvchi bilim, meʼyor va qadriyatlarni oʻzlashtirish jarayonidir. Ijtimoiylashtirish 
oʻz ichiga taʼsir etishning ijtimoiy nazorat qilish jarayonlarini qamrab oladi. 
Masalan, taʼlim-tarbiya, yoki uning shakllanishiga taʼsir qiluvchi tabiiy jarayonlar. 
Bugun ijtimoiylashtirishning muhim qismi bo’lgan gender munosabatlar 
psixologiya, 
sotsiologiya, 
pedagogika 
kabi 
fanlar 
tomonidan 
jadal 
oʻrganilayotganligi bu yo’nalishda qilinishi kerak bo’lgan ishlar ko’pligidan darak 
beradi. 
Genderning sotsiumdagi rollaridan kelib chiqadigan ijtimoiy tabaqalanish, 
va ayni paytda nutq, uslub, kiyim va xatti-harakatlarda namoyon boʻluvchi jihatlar 
ham bu yoʻnalishning muhim sifatlarini tashkil etadi. Gender rollar erkaklar va 
ayollarning mehnati, vazifalariga doir qarashlarning boʻlinishida ham namoyon 
boʻladi. Psixologik rivojlanish va pedagogik qarashlarda sohalar mutaxassislari 
‘differensial ijtimoiylashuv’ atamasidan gender rollarini oʻrganish maqsadida 
foydalanmoqdalar (9). Bunda differentsial ijtimoiylashuv jarayoni koʻpincha bola 
tugʻilishidan avval vujudga keladi. Har bir jamiyatda bola tarbiyasi bosqichlarida, 
keyinchalik butun umri davomida ‘erkaklarga xoslik’ va ‘ayollarga xoslik’ deb 
nomlangan tushunchalarga xos meʼyor va stereotiplar mustahkamlanib boradi. 
V.fon Humbold jinslararo farq toʻgʻrisida toʻxtalib, jumladan quyidagi fikrlarni 
aytgan: “Erkaklik qiyofasida chiroy va jozibaga qaraganda qatʼiylik koʻproq 
farqlanadi; erkaklik tushunchasi juda aniq va puxta, ular orasidagi munosabat esa 
oʻta oddiy; erkak xarakteri kuchli va barqaror, ammo baʼzan bir yoqlamalik va 
dagʻallikni ifodalaydi. Barcha erkaklikka xosliklar oydinlashtiruvchi, barcha 
ayolga xosliklar koʻngilni iydiruvchidir. Biri hayotga nur (roʻshnolik) olib kirsa, 
ikkinchisi muhabbat keltiradi. Аyolning tabiati ayolni mashaqqatlarga bardosh 
beruvchi qiladi, (jamiyat qonunqoidalariga binoan) erkaklik kuch-quvvati bilan 
hamnafas ayol shiddatkorlikdan ozod boʻladi, shunga koʻra ayol oʻz vafodorligi 
bilan koʻzlagan maqsadiga erishadi” (3). Demak, ijtimoiy hayotda ham erkak va 
ayol birgalikda harakat qilsa, muayyan jamiyat ko’zlagan maqsadiga tezroq 
erishishi mumkin. So’ngi yillarda O’zbekiston Respublikasida ham ayollarning 


boshqaruv organlariga tayinlanishiga bo’lgan e’tiborning o’sishi yuqorida 
ta’kidlangan sotsial tenglik balansini me’yorga keltirmoqda. O‘zbekiston 
Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar 
kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunining 13-moddasida xotinqizlar va erkaklar uchun 
teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha tadbirkorlik 
subyektlarining, shuningdek, fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining, 
nodavlat notijorat tashkilotlarning va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarinig 
vakillari ishtirokida maslahat kengashlarini tuzish mumkinligi belgilangan. Mazkur 
normaga asoslanib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida, shuningdek, barcha 
oliy ta’lim muassasalarida tuzilgan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq 
hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat kengashi – gender 
tenglikni ta’minlashning samarali mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Xotin-qizlar 
va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari 
bo‘yicha maslahat kengashi – gender tenglikni ta’minlash hamda jinsi bo‘yicha 
bevosita yoki bilvosita kamsitilishini bartaraf etish maqsadida xotin-qizlar va 
erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha 
tuzilgan kollegial maslahat organi hisoblanadi. Maslahat kengashining faoliyati 
qonuniylik, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi, jinsi bo‘yicha 
kamsitishga yo‘l qo‘ymasligi, ochiqlik va shaffoflik tamoyilari asosida olib 
boriladi (8). Xususan, Oʻzbekistonda ijtimoiy hayotda gender masalalari, gender 
tenglik munosabatlari berilayotgan chuqur e’tiborni amalga oshirilayotgan qator 
loyihalarda ko’rish mumkin. Masalan, 2019-yil 2-sentabr, O‘RQ-562-sonli “Xotin-
qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi 
qonunning qabul qilindi, unga koʻra, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq 
hamda imkoniyatlar kafolatlari, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-
quvvatlash, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish tizimini takomillashtirish
xotin-qizlarning erkaklar bilan teng ravishda ijtimoiy va ijtimoiy-siyosiy faolligini 
oshirish yuzasidan va hk. chora-tadbirlar olib borilmoqda. Shu qatorda, Birlashgan 
Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanishning Beshinchi maqsadi – Gender 
tenglikni amalga oshirish doirasida Oʻzbekistonda gender tenglikni taʼminlash 
hamda barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga oid 
toʻqqizta vazifa ishlab chiqilgagini ham ta’kidlash mumkin. U 2030-yilga kelib 
barcha xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakliga barham 
berish, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda qarorlar qabul qilishning barcha 
darajalarida ayollarning toʻliq va samarali ishtirokini ta’minlash va yetakchilik 
qilish uchun teng imkoniyatlarni yaratish zarurligini oʻz ichiga oladi. Gender 
munosabatlarda xalqaro standartlarga haqiqiy yaqinlashuvga erishish, eng muhimi, 
ayollarni jamiyatning barcha jabhalarida faol ishtirok etishi uchun teng 
imkoniyatlarni ta’minlash bo‘yicha qator oddiy, ammo samarali chora-tadbirlar 


mavjudligini ta’kidlash mumkin. Mamlakatimizda, kvota tizimining ayollarga 
yo’naltirilganligining ortib borayotganligini, ayniqsa, oliy ta’lim tizimida amalga 
oshirilayotgan voqeliklar, magistraturaga qabul qilingan xotin-qizlarga kontrakt 
to’lovlarini to’liq davlat tomonidan qoplanishi haqidagi amaliy chora-tadbirlarni 
yaqqol misol tariqasida keltirish mumkin. Shuningdek, xotin-qizlarning mahalliy 
darajada va ijroiya hokimiyatida vakilligining oshib borishi, ularning parlament 
faoliyatidagi faol ishtirokini ham ta’kidlash zarur. 

tải về 0.62 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương