Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi



tải về 60.42 Kb.
Chuyển đổi dữ liệu22.05.2024
Kích60.42 Kb.
#57716
20 aprel Savolnoma Boshlangich pedagogika(1)


Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi” yakuniy nazorat savollari

  1. Ta’lim-tarbiya jarayonida ikkita ruhiy harakatning o’zaro bog’liqlikdagi rivojlanish qonuni.Bu qonun bo’yicha ta’lim-tarbiya jarayoni ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi ruhining bir yo’nalishdagi harakatini taqozo etadi. Bu amerikalik olim Torndayk tomonidan ishlab chiqilgan qaysi qonundir?

2“...sezgi orqali bilish, bu qisman bilim bo’lsa, mantiqiy bayon, aqliy bilish esa haqiqiy bilishning muhim tomonini namoyon etadi”. Bu qaysi allomaning pedagogik qarashi?

3. “ Aql kuchi rivojlanmasa, inson umr bo’yi Arastuning kitoblarini o’qisa ham, ularda ifodalangan fanlarning birontasini o’zlashtira olmaydi. Bunday odam har qancha urinsada, faqat boshqalarning gaplarini takrorlab bera oladigan bo’ladi. U hech narsaning mohiyatini tushunmaydi va o’zlashtira olmaydi”. Bu qaysi allomaning pedagogik qarashi?


4.“Bizga foydali bo’lgan ishlarda o’zimiz hukm yurita bilishimiz uchun bizga hayvonotga nisbatan ustunlik aql bilan berilgandir. Aql orqali o’zimizni ulug’lovchi, ziynatlovchi va hayotimizni hayrli qiluvchi hamma narsani bila olamiz. Aql bilan biz o’z xohish maqsadlarimizga yetamiz...” Bu qaysi allomaning pedagogik qarashi?


5.“Ko’rsatmali o’qitishga zo’r qiziqish bilan qarab, inson dastlabki o’quv mashg’ulotlarida buyumning tashqi hossasini o’rgansa, o’sha buyumni va uning tasvirini ko’rib chiqsa, o’zi mustaqil holda bilimlarni o’zlashtira oladi”. Bu qaysi allomaning pedagogik qarashi?


6.Ta’lim oluvchini zeriktirmasligi,bilim berishda turlilikka asoslanishi,uzviylikka, tizimlilikka, izchillikka va mantiqiylikka rioya qilishi,yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko’rgazmali bayon etishi va h.k. Bu qaysi allomaning pedagogik qarashi?


7.Bolalar shakl, rang, his qilish va tovush orqali fikr yuritishlarini bilish qoidasi. O’quvchilarning, kishi nimaiki narsani tasavvuriga keltirish mumkin bo’lsa, ko’ra olsa, sinab ko’rilsa, eshita olsa tafakkur qilinadi degan oltin qoidasini bilish. Qaysi tamoyilga ta’rif berilgan ?


8. O’qitishda tizimlilikni va muntazamlilikni saqlash uchun, avval o’tilgan bilimlarni doimo takrorlab turing.O’tilgan mavzularni takrorlash usulidan, faqat dars boshida va uni yakunlayotganda foydalanib qolmay, har bilimni tushuntirilayotganda ham undan foydalaning. Qaysi tamoyilga ta’rif berilgan ?


9. Yod olishni o’quvchilarga uyga vazifa yoki mustaqil ish qilib bermang yaxshisi uni shu narsaga qiziqtirib qo’ying va vaqti-vaqti bilan bu qiziqishni yangilab turing. Takrorlash mashqlarini o’quvchilar yangi bilimni egallagan zahotidan boshlash kerak.Chunki, bunarsalar keyin esdan chiqib ketishi aniq. Qaysi tamoyilga ta’rif berilgan ?


10.Bu birlik ilmiy bilimlarni puxta o’zlashtirish va uni amalda qo’llay olish. O’quv materiallarni idrok qilish, aniqlash va amaliyotga shuningdek, uni mustahkam esda saqlab qolish kabi ruhiy jarayon bilan bog’liq hola bir butun jarayonni tashkil qiladi.Qaysi tamoyilga ta’rif berilgan ?


11.“Tazaurus” so’zi lotinchada nima degan ma’nolarni bildiradi?


12.Ya.A.Komenskiy shakllantirgan quyidagi qoidalari mavjud: osondan qiyinga, ma’lumdan noma’lumga va oddiydan murakkabga. Bu qaysi tamoyil haqidadir ?


13.O’quvchilarni olgan bilimlarini amaliyotda albatta sinab ko’rishlarini talab qilish. Ta’lim natijasini ishlab chiqarish bilan bog’likligini amalda ko’rsatish.Bilim berish jarayonini ishlab chiqarish yutuqlaridan misollar keltirish yo’li bilan bilimni amaliyot bilan bog’lash. Qaysi tamoyilga ta’rif berilgan ?


14.Ta’lim jarayonida biz o’quvchilarni bilimlarni mustahkam esda saqlanib qolishini ta’minlash zaruriy talablaridan biridir. O’quv materiallarini mustahkam esda saqlab qolish, ayni dars jarayonida bayon qilinayotgan o’quv materiallarni tizimli va ongli o’zlashtirishga bog’liq. Qaysi tamoyilga ta’rif berilgan ?

15.Ta’lim jarayonida o’quvchilarni faqat ilmiy bilimlar bilan qurollantiribgina qolmasdan, balki ana shu fanlararo bog’liq bilimlarni amaliyotda qo’llay olishlarini ta’minlashimiz lozim. Ta’limning fanlararo bog’liqligi bilan hamohang bo’lib, ular bir-birlarini to’ldirib keladilar. Qaysi tamoyilga ta’rif berilgan ?


16.Ta’lim natijalari o'quvchilarning o'zlashtirish ko'nikmalariga, ta’lim samaradorligi o'quvchilarning o'quv faoliyati hajmiga, bilim va ko'nikmalami o'zlashtirish samaradorligi ularning amalda qo’llanilishiga, o'quvchilaming aqliy rivojlanishi o‘zaro aloqador bilim, ko'nikma va malakalaming o'zlashtirilish hajmiga to'g'ridan to'g'ri bog’liqdir. Bu pedagogikaning qaysi qonuniyatidir?


17.Ta’lim samaradorligi o'quvchilaming o'quv faoliyatiga qiziqishiga,fikrlash darajasi, kuclii, jadalligi va o'ziga xosligiga,xotiraning rivojlanganlik darajasiga, bilish faolligi darajasiga bevosita bog'liqdir.Bu pedagogikaning qaysi qonuniyatidir?


18.Ta’lim samaradorligi qayta aloqalarning tezligi va hajmiga, bilimlarning sifati nazoratning to‘g‘ri olib borilishiga, ta’lim sifati o‘quv jarayonini boshqarish sifatiga, boshqaruvning samaradorligi boshqaruvga doir axborotlaming soni va sifatiga bevosita bog‘liqdir. Bu pedagogikaning qaysi qonuniyatidir?


19.Individning rivojlanishi u bevosita va bilvosita muloqotda bo'ladigan individlarning rivojlanishiga, ta’lim samaradorligi «intellektual muhit»ning mavjud holatiga, o'zaro bir- biriga o‘rgatishning jadalligiga, o‘qituvchi va o'quvchilar muloqotining sifatiga bevosita bog‘liqdir. Bu pedagogikaning qaysi qonuniyatidir?


20.Ta’lim natijasi o‘quvchining o‘quv mehnatiga, o'zining o‘quv majburiyatlariga munosabatiga,o‘quvchining ishchanlik qobiliyatiga, o'quvchilarning aqliy faolligini oshirish o'quv mashg‘uloti jadvalining tuzilishi, unda jismoniy tarbiya va mehnat mashg'ulotlarining ioylashtirilishiga bevosita bog'liqdir. Bu pedagogikaning qaysi qonuniyatidir?


21.Qaysi asarda bolalarni o`qitish va tarbiyalash qoidalari asosan quyidagicha uchta yo`nalishda olib borilishi ta’kidlangan:diniy va axloqiy tarbiya, jismoniy tarbiya,o`qish va yozishga o`rgatish.


22.«Turkiy Guliston yoxud axloq» asarida badan tarbiyasiga e’tiborni qaratar ekan, shunday deydi: «Badanning salomat va quvvatli bo`lmog`i insonga eng kerakli narsadir. Chunki, o`qimoq, o`qitmoq, o`rganmoq va o`rgatmoq uchun insonga kuchlik, kasalsiz jasad lozimdur». Bu kimning pedagogik qarashi?


23.O‘quvchilarga axborotlarni yetkazish, samarali usullar yordamida ularning bilimlari hajmini kengaytirishga imkon beradigan darslikning qaysi vazifasi haqida fikr yuritilgan ?


24.O‘quvchilarni ushbu fanni o‘rganishga yo‘naltiradigan, ularda ishga pozitiv munosabati va qiziqishini shakllantiruvchi rag‘bat (sabab)larni hosil qilishdan iborat. Darslikning qaysi vazifasi haqida fikr yuritilgan ?


25.Ta’lim jarayoni, uning natijalarini tekshirish, o‘quvchilarda o'zini baholash va tuzatish layoqati hamda zarur bo'lgan ko‘nikma, malakalarni shakllantirish uchun o‘rganish mashqlarini tavsiya etishni nazarda tutadi.Darslikning qaysi vazifasi haqida fikr yuritilgan ?


26. “Darslikning qaysi vazifasi o‘quvchilarga ma’naviy-axloqiy ta’sir ko‘rsatishi, kitoblar bilan ishlash jarayonida ulardan mehnatsevarlik, faol fikrlash, ijodiy qobiliyat kabi sifatlarni shakllantirishdan iborat?


27.Darslik bilan ishlashda mustaqil bilim olish uchun zarur bo‘lgan konpekt yozish, umumlashtirish, asosiysini ajratib ko‘rsatish, mantiqiy eslab qolish kabi malaka va ko‘nikmalami rivojlantirishga yordam berishida ko‘zga tashlanadi. Darslikning qaysi vazifasi haqida fikr yuritilgan ?


28.Material ustida ishlash jarayonida ta’limning boshqa vositalari (xaritalar, ko‘rgazmali materiallar, diapozitiv va boshqalar)ni jalb etishni ifodalaydi. Darslikning qaysi vazifasi haqida fikr yuritilgan ?


29.Vaqtning tejamli emasligi, ta’lim beruvchi ta’sirining cheklanganligi ya’ni bunda ta’lim beruvchining vazifasi ta’lim beruvchiga topshiriq berish va uni tekshirishdan iborat bo‘ladi. Boshqa ta’lim oluvchilar bilan hamkorlikda ishlash imkoniyati cheklanganligidir. Bu qaysi ta’lim shaklidir?


30.XV asrda jamoaviy o‘qitishni tashkil etish g‘oyasini qaysi alloma davom ettiradi?


31. Yaxlit o‘quv-tarbiyaviy jarayonning tartibli (tizimli) ketishini ta’minlovchi aniq tashkiliy tizim, jarayonlarning oddiy boshqarilishi, muammoning jamoa bo‘lib muhokama qilinishi, masalaning yechimini birgalikda izlash jarayonida ta’lim oluvchilar o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning shakllanish imkoniyati,ta’lim beruvchining ta’lim oluvchilar va ularning tarbiyasiga doimiy emotsional ta’sir ko‘rsatishi bu qaysi ta’lim shaklidir?


31. Qaysi yilda Massachusets shtatining Dalton shahrida o‘qituvchi Yelena Park Xerst tomonidan birinchi bor qo‘llanilgan ta’limning individuallashtirilgan tizimi e’tirof etilgan?


32. XX asrning 20-yillarida maktab ishlari ilmiy-tadqiqot instituti ta’limning loyihali tizimini targ‘ib qila boshladi.Ta’limning bu tizimining mazmuni ta’lim oluvchilarning o‘zlari loyiha ishlari mazmunini tanlab olishlaridan iborat. U mavjud haqiqiy hayot bilan bog‘langan bo‘lishi va o‘quv guruhi (yo‘nalishlari) ijtimoiy-siyosiy, xo‘jalik ishlab chiqarish yoki madaniy turmush tomonlarini aks ettirishi kerak bo‘lgan. Bu tizimni qaysi amerikalik olim ishlab chiqqan?


33. “Buyuk Didaktika”va “Onalar maktabi” kitobi muallifi kim?

34.Aralash,yangi bilimlami bayon qilish,o‘rganilganlarini takrorlash va mustahkamlash va o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish darslari bu...


35.Tashkiliy qism, o'tilgan mavzuni takrorlash (uy vazifasini tekshirish), yangi mavzuni bayon qilish, o'rganilgan materialni mustahkamlash, o'quvchilari baholash va uy vazifasi berish qaysi darsning tuzilishidir?


36. Amerikalik U.Kelpatrik XX asrning 20-yillarida ta’limning qaysi tizimini ishlab chiqqan?


37.Qaysi asrlar davomida Yevropada ishlab chiqarishning rivojlanishi kuzatildi va uning natijasida ta’lim berishning ommaviy shakli yuzaga keldi? Ulardan biri ta’lim oluvchilarni o‘qitishning guruhli (jamoaviy) turi deb ataladi.

38.Qaysi alloma o’zining «Tadbiri manzil» nomli ilmiy asarining maxsus («Bolalarni maktabda o‘qitish va tarbiyalash») bo‘limida ta’lim oluvchilarga jamoaviy o‘qitish haqida o‘z fikrini bayon etgan?

39.O‘quv faoliyatini tashkil etishning asosiy shakli. Ta’limning turli shakllaridan samarali foydalanish muhim didaktik vazifa sanaladigan jarayon bu...

40.Bu darslari o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, ilmiy dunyoqarashini kengaytirishda, ilmiy va ilmiy­ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko’nikma va malakalarini orttirish, mustaqil hayotga ongli tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu qaysi dars turiga ta’rif berilgan?

41. O‘quv dasturining ma’lum bir qismi (bob,1 bo‘lim yoki ayrim mavzu) o‘tib bo‘lganidan keyin o‘tiladigan dars qanday dars turiga mansub ?

42.Ta’lim oluvchining qiziqish va xohishlariga ko‘ra muayyan fan, predmet yuzasidan beriladigan ilmiy-nazariy bilimlarni chuqurlashtirish, ularda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida tashkil etiladigan ta’lim shakli bu…

43.Birinchi universitetlar paydo bo'lishi bilan ta’limning qaysi shakli yuzaga kela boshlaydi?

44. Darsda tashkiliy qism, yangi mavzuni bayon qilish,o'rganilgan materialni mustahkamlash va uy vazifasi bilan yakunlanadi. Bu qaysi dars tuzilishi?

45. Doimo tashkiliy qism, o'rganilgan mavzularga doir savol-javob o'tkazish, o‘rganilgan mavzularga doir amaliy topshiriqlarni bajarish va o‘quychilarni baholash bilan yakunlanadigan dars bu…
46.Demak tashkiliy qism, nazariy materiallarni mustahkamlash,amaliy ish topshiriqlarini bajarish, o‘quvchilarni baholash va uy vazifasi tushuntirib yakunlanadigan dars bu…

47. Boshlanishida tashkiliy qism, nazariy materiallarni mustahkamlash, laboratoriya ishini o‘tkazish, o‘quvchilarni baholash va uy vazifasi bilan yakunlanadigan dars tuzilishi to’g’ri berilgan qatorni toping?


48.Bu dars jarayonida tashkiliy qism, o‘rganilganlarni umumiy tarzda takrorlash yodga tushirish , nazorat ishini o‘tkazish va uy vazifasi o‘rganilganlarni qayta takrorlash maqsadida amalga oshiladi. Bu qaysi dars tuzilishi?

49.O‘qishni tashkil etishning qaysi shaklini antik davr va o‘rta asrlarda yagona usul bo’lgan, undan ba’zi mamlakatlarda XVIII asrgacha keng foydalanilib kelingan?

50.O‘qituvchi va o‘quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil etiladigan o‘quv-bilish faoliyatining tashqi ifodasi bu...

51.Insonparvarlashtirish, tabiat bilan uyg’unlik, madaniyat bilan uyg’unlik, ilmiylik, ta’limning fundamentalligi va amaliy yo’nalganligi va ta’lim, tarbiyaning uyg’unligi tamoyillari qaysi ta’lim tamoyillari turiga mansub?


52.Ta’limning tizimliligi, izchilligi, ta’limda onglilik, faollik, mustaqiliik, ko’rsatmalilik, ta’limning o’quvchilarga mos bo’lishi, ta’limda bilim ko'nikma hamda malakalarni puxta , mustahkam o'zlashtirish va tushunarlilik tamoyillari qaysi ta’lim tamoyillari turiga mansub?


53.Qaysi tamoyilni Ya.A.Komenskiy tomonidan fanga kiritilgan bo'lib, tabiatda hayot bahordan boshlangani kabi ta’lim olish jarayoni uchun eng qulay davr bolalik ekanligi g'oyasiga asoslanadi?


54.Qaysi tamoyil insonga o'z dunyosi va boshqa madaniyatlarni anglash, mazkur madaniyat vakillari fikrini eshita olish, ularni qadrlash, ularning dunyosini tushunish, o‘zining shaxsiy fikriga tayanish, o‘zining bu yorug' olamdagi mavjudligini anglash va o'zining hayotdagi, madaniyatdagi o‘rnini aniqlash imkonini beradi?


55.Ya.A.Komenskiy qaysi tamoyilni didaktikaning «oltin qoidasi» deb atagan?


56.Qaysi tamoyil o‘quv jarayoni barcha bosqichlarida foydalanish mumkin: yangi materialni o‘zlashtirish, uni mustahkamlash, mashqlami tashkil qilish hamda o'quvchilaming dastur materiallarini o'zlashtirishlarini tekshirish va baholash?


57.O‘rganilayotgan materialning, nazariy va ishlab chiqarish ta‘limining sintezi va o‘rganilayotgan materialning, nazariy va ishlab chiqarish ta‘limining sintezi bu qaysi dars turidir?

58.O’quvchilarning jamoadagi o’zaro munosabatlariga rahbarlik qila olish,ularni to’g’ri yo’lga sola bilish, paydo bo’lib turgan o’zaro nizolarni yo’qota bilish; o’quvchilar orasida do’stlik va o’rtoqlikni rivojlantira olish ko’nikmasidir Bu boshlang’ich sinf o’qituvchising qaysi vasifasiga kiradi?

59.Ta’lim va tarbiya usullarini qo’llashning qulay sharoitlarini aniqlay bilish , pedagogik faoliyatning yutuq, kamchiliklarini tahlil qila bilish ,hamda ilg’or tajribalarni umumlashtirish, ishning samarali shaklrini o’zlashtirib olish maqsadida boshqa o’qituvchilar tajribasini tahlil qila bilish bu…


60.Ma’lum sharoitlarda didaktikaning, pedagogik psixologiyaning asosiy qoidalariga tayangan holda o’qitishning qulay muqobillarini tanlay olishi, zarur hollarda ishning ma’lum usullarini boshqasi bilan almashtira bilish, didaktikaning asosiy qismlari (tushuncha, qonuniyatlar, ko’nikma va malaka)ni shakllantirish metodikasini bilishdir. ko’nikmasidir Bu boshlang’ich sinf o’qituvchising qaysi vasifasiga kiradi?


61.Ilmiy-materialni qayta ishlab, o’quv materialiga aylantira olishi,ma’lum didaktik vazifaga muvofiq o’quvchilar tajribasini hisobga olgan holda murakkab matnlarni hamda o’quv materialini o’zlashtirishi darsni ijodiy va asosli tashkil eta olish ko’nikmasi bu boshlang’ich sinf o’qituvchising qaysi vasifasiga kiradi?


62.O’quvchilarga ta’sir o’tkazish va ular faoliyatiga rahbarlik qilishni rejalashtirish,


o’quvchlar xulqi hamda faolligini boshqarish,ularni fanga qiziqishni uyg’otish va rivojlantira bilish bu boshlang’ich sinf o’qituvchising qaysi vasifasiga kiradi?

63. «Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi, tayanchi bo`lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u avvalo yaxshi o`qishni, keyin esa yozishni o`rganish bilan eng yuksak pog`onaga ko`tarilsin». Qaysi asardan olingan parcha?


64.«Bizning maqsadimiz o`quvchini toliqtirib qo`ymaslikdir. Hadeb bir narsani o`qib berish zerikarli bo`ladi. Agar o`quvchi bir masaladan boshqa bir masalaga o`tib tursa, u xuddi turli-tuman bog`larda sayr qilgandek bo`ladi, bu bog`dan o`tar-o`tmas boshqa bir bog` boshlanadi. Kishi ularning hammasini ko`rgisi keladi. Har bir yangi narsa kishiga rohat bag`ishlaydi deb behuda aytilmaydi» Bu qaysi allomaning pedagogik qarashidir?


65.Pedagogik innovatsiyalar tegishli sohada ijobiy o’zgarishlarni sodir etish, sifat jihatdan yuqori natijalarga erishish maqsadida qo’llaniladi. Yangi g’oyaning tug’ilishi kashfiyoti bu nechanchi bosqichdir?


66.Yangi g’oyaga tayangan holda yangilikni asoslanishi bu pedagogik innovatsiyaning nechanchi bosqichdir?


67.Yangilikning yoyilishi va keng ko’lamda amaliyotga tatbiq etilishi bu pedagogik innovatsiyaning nechanchi bosqichida amalga oshiriladi?


68. Yangilikning tegishli sohada hukmronlik qilishi bu pedagogik innovatsiyaning nechanchi bosqichdir?


69. Asoslangan yangilikni amaliyotga qo’llanilishi bu pedagogik innovatsiyaning nechanchi bosqichdir?


70.Muqobillik bu pedagogik innovatsiyaning nechanchi bosqichdir?


71.Odatda pedagogik innovatsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi necha xil usulda amalga oshadi?


72. Bu metod qaysi olim tomonidan tavsiya etilgan bo’lib, uning asosiy tamoyili va sharti mashg’ulot ya’ni bahsning har bir ishtirokchisi tomonidan o’rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag’batlantirishdan iboratdir.


73.Breynstorming bu…?


74.O‘quvchilarni, harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga o‘rganilayotgan predmet asosidan xilma-xil fikrlar ma’lumotlar ichidan kerakligini tanlab olishni, shu bilan bir qatorda, o‘zgalar fikrini o‘tkaza olish hamda o‘z faoliyati, kunini rejalashtira olishni o‘rgatishga qaratilgan.Bu qaysi interfaol metod?

75.Avval xulq-atvor, so‘ng bilim!!! Qaysi mamlakatning ta’lim tizimidagi asosiy shiori?


76. “Creato” bu…

77.Kreativlik va ijodiy imkoniyat qobiliyatlar va ijodiy tafakkurga ta ’sir etuvchi omillar yig‘indisi sifatida namoyon bo’ladi.Bu qaysi olimning pedagogik qarashi?

78.Kreativlikni yechimlarni topishda bilimlarning yetarli bo‘lmasligi muammosi, qiyinchiliklar qarshisidagi indentifikatsiya va taxminlarning shakllanishi, yechimlarning topilish jarayonidir. Bu qaysi olimning pedagogik qarashi?


79.Kreativlikni o‘rganish asosan necha yo‘nalishda olib boriladi?


80.Kreativlikni intellekt bilan bog‘liqligi masalalarini va kreativlik bilan bog‘liq ta’limiy jarayonlarni belgilashni o‘rganadi.Bu kreativlikni nechanchi yo‘nalishidir?


81.Shaxs va uning psixologik o‘ziga xosligi


kreativlikning asosiy aspekti ekanligi, shaxsga va uning motivatsion chizgilariga urg‘u berilishi bilan tasniflanadi. Bu kreativlikni nechanchi yo‘nalishidir?

82.Darsda o’rganiladigan mazmunning murakkab qismini o’zlashtirishda o’qituvchining faoliyati qanday bo’lsa, o’quvchi faoliyatini ham shu darajaga yetkazish muammoli ta’limning asosiy maqsadidir. Bu qaysi olimning pedagogik qarashi?


83.Muammoni turli nuqtai-nazardan o’rganish, tahlil qilish, solishtirish, umumlashtirish, faktlarni aniqlash va qiyoslash bu…


84.Muammoli vaziyatni vujudga keltirish, ularni hal etish yuzasidan o’quv farazlarini ilgari surish bu…


85. “Yomon o’qituvchi haqiqatni taqdim etadi, yaxshi o’qituvchi uni topishni o’rgatadi” . Bu kimning pedagogik qarashi?


86. “O’qituvchi va o’quvchi birgalikda rivojlanadi”. Bu kimning pedagogik qarashi?


87. Qaysi o’qitishning asosida “Tafakkur- muammoli vaziyatdan boshlanadi”-degan g’oya yotadi?


88.Bugungi kunga kelib jahondagi mamlakatlarning necha foizi ta’lim tizimida integrativ xarakterdagi o‘quv dasturlari va darsliklaridan foydalanib kelmoqda?

89.Qaysi mamlakat ta’lim tizimida integtatsiya fan va texnika bloklarida barcha o‘quv fanlari mujassamlashtirilgan?


90.Qaysi mamlakat ta’lim tizimida madaniyat yonalishidagi o‘quv predmetlari,inson va tabiat, integrativ fanlar asosida o’qitiladi?


91.Integratsiyalashgan ta’lim-tarbiyaning ayrim jihatlari qaysi mashhur pedagoglarning tadqiqot ishlarida ko’rib chiqilgan?

92.Fanlararo va fanlar ichidagi aloqalar borasida qaysi olimlarning tadqiqotlari mavjud?


93. “Boshlang‘ich ta’limning integratsiyalashgan pedagogikasi” kimlarning metodik qo‘llanmasi?


94. Boshlang’ich sinf o‘quvchilari miqdoriy ko‘rsatkich bo‘yicha nechta so‘z o‘qiy olishlari kerak?


95. Boshlang’ich sinf o‘quvchilari 4-5 sahifali matnni nechi daqiqada o‘qib, qayta so‘zlab bera olishlari kerak?


96. Boshlang’ich sinf o‘quvchilari nechi so‘zdan iborat diktant yoza olishlari kerak?


97. Boshlang’ich sinf o‘quvchilari fikrni yozma shaklda nechta gap orqali bayon etib matn yozishlari kerak?


98. Boshlang’ich ta’lim yakunida oq’uvchilar kami bilan nechta kichik hajmdagi she’rlarni yoddan aytib berishlari shart?


99.Boshlang’ich ta’limda nechanchi sinfdan boshlab bayon yoziladi?


100.Intellekt so’zining ma’nosi to’g’ri berilgan qatorni toping?


101Kreativlik- ma’naviyat vositasi asosida shaxs sifatida shakllantirish jarayoni namoyon bo’ladigan shaxsning shaxsiy sifati-fazilatidir. Bu tushuncha qaysi asr oxirida paydo bo’lgan?


102. Dj.Gilford kreativlikning necha xil intellektual mezonlarini ishlab chiqdi?


103. Kreativlikni aniqlash metodlari boyicha birinchi test 1967 yilda kim tomonidan ishlab chiqilgan?


104. Pedagoglarda kreativ faoliyatni tashkil etishga imkon beradigan nechta malakalar guruhlari mavjud?


105.Dars jarayonida o‘qituvchi “kreativlik yo‘l xaritasi”ga ko‘ra nechta yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadi va ulardagi harakatlar pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar sanaladi?


106.Nechta omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi?


107.Nimani tarkibiga idrok qilish, xotirlash, fikr yuritish, hayol surish, tafakkur, tasavvur, muloqot, so’zlash va hokazo psixik jarayonlari kiradi?


108.Diktant, insho, masala, misol, shuningdek, referat yozish va tajriba mohiyatini yoritish qaysi mashqlar sirasiga kiradi ?


109.Bir xil yosh va taxminan bir xil tayyorgarlik darajasiga ega bо‘lgan о‘quvchilardan tarkib topadi va bu tarkib ta’limning umumiy davrida doimiy tarkibini saqlaydi.O‘quv faoliyati yagona yillik reja va dasturga kо‘ra turg‘un dars jadvali bо‘yicha tashkil etiladigan jarayon to'g'ri berilgan qatorni toping ?


110.O‘quv faoliyatini tashkil etishning asosiy shakli. Ta’limning turli shakllaridan samarali foydalanish muhim didaktik vazifa sanaladigan jarayon bu...

111.Aralash darslar,yangi ma’lumotlarni berish darslari, bilimlarini mustahkamlash va takrorlash darslari va о‘rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish darslari bu...

112. XX asrning 70-yillarida о‘quvchilarning darslarga qiziqishlarining pasayish xavfi aniqlandi. Buni natijasida qaysi dars turi vujudga keldi?


113.Rolli о‘yinlar, matbuot konferensiyalari, teatrlashtirilgan darslar, binar darslar bu...

114.Shaxs tomonidan o'zlashtirilgan nazariy- huquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko'nikma va malakalarni hosil qilish, unda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Qaysi tarbiya turiga ta'rif berilgan?



115.O‘quvchilarga iqtisodiy bilim larni berish, ularda iqtisodiy faoliyat oila byudjetini shakllantirish, oila xo‘jaligini yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va malakalarini shakllantirish bu...

116."Ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs


xatti-harakatini tartibga soladigan qonun-qoidalar majmui bu …"

117."Yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni zamonaviy ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash bu…"



118."Organizmning morfologik va fonksional rivojla nishini jamiyat talablari darajasida amalga oshirish, jismoniy sifatlarni, qobiliyatlarni rivojlantirish, jismoniy madaniyat va sport sohasiga taalluqli maxsus bilimlarni o‘zlashtirib
olish tushuniladi.Bu qaysi tarbiya turidir?

119.Insonparvarlik , estetik orzuga mos keladigan voqelikni idrok etish, baholash va nafosat qonunlari asosida qayta yaratishga qodir bo'lgan inson shaxsini shakllantirishga mo'ljallangan tarbiya turi bu…


120.Fuqarolik tushunchasning mohiyatini anglatish orqali o‘quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ulami xalq, Vatan, jamiyat manfaatlari yo’lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon bu…


121.Tarbiyani yo'lga qo'yish chog'ida o'quvchilarni ilm-fan, texnika va texnologiya borasida qo'lga kiritilayotgan yutuqlardan, yangilik va kashfiyotlardan boxabar etish, ularga ijtimoiy fanlar asoslari xususidagi bilimlarni berish tarzida ularda tafakkur qobiliyatini qaror toptirish, dunyoqarashini shakllantirish bu ...


122.Tarbiyalash jarayonida bolalarni shaxs, jamiyat va tabiat biriligi hamda aloqadorligi, ekologiyaning inson, insoniyat, jamiyat taraqqiyotidagi muhim o'rni va ahamiyati borasida tushunchalarni qaror toptirish bu ...


123."Bozor infrastrukturasi qoidalariga amal qilish, ichki bozorni to'Idirish, kichik va o'rta biznesni yaratish borasidagi faoliyat jarayonida ishtirok etish, ko'nikma va


malakalarni hosil qilish, inson mehnati bilan bunyod etilgan moddiy boyliklarni
asrash, ularni ko'paytirish borasidagi qayg'urish tuyg'ularini qaror toptirish.Bu qaysi tarbiya turi ?"

124.Tarbiyani tashkil etish jarayonida o'quvchilarda o'z sog'liqlarini saqlash va mustahkamlash, organizmni chiniqtirish, jismoniy jihatdan to'g'ri rivojlanishni hamda uning ishlash qobiliyatini oshirish borasida g'amxo'rlik qilish tuyg'usini yuzaga keltirish, ularda yangi harakat turlari borasida ko'nikma va


malakalarni hosil qilish. Bu qaysi tarbiya turi haqida?

125. Tarbiyani tashkil etish jarayonida o'quvchilarni ijtimoiy axloqiy me’yorlar mazmunidan xabardor etish, ularga axloqiy me’yorlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini tushuntirish, ulardan ijtimoiy axloqiy me’yorlar asosida aqliy ong madaniyatini shakllantirish.Bu qaysi tarbiya turi haqida?


126.“Ekologiya” tushunchasini ilk bor qaysi olim tomonidan qo'llanilgan?


127.Bugungi kunda koinotimiz uchun eng dolzarb tarbiya turini aniqlang?


128.Aqliy tarbiya-bu...


129.“Namunali ta’lim” risolasida ta’lim oluvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan materialni yaxshi yo’sinda bayon qilish masalasiga alohida to’xtalib, o’qitishning ikkita turini, yangi prinsipini tavsiya etgan: ularning biri bevosita sezgi, ikkinchisi aql bilan bog’liqdir. Kimning pedagogik qarashi va asaridir?

130.Dunyoni o’rganib bo’ladi va insoniyat aniqlagan va amaliyotda sinab ko’rilgan qonuniyatlarni o’rgansa bo’ladi.Ta’lim-tarbiya jarayoni, ilmiy faoliyat orqali to’plangan, obyektiv olam to’g’risidagi ma’lumot tizimini o’sib kelayotgan avlodga bildiradi.Beriladigan bilimlar ma’lum bir ketma-ketlikda berilishini taqozo yetadi. Qaysi tamoyilga ta’rif berilgan ?


131. “Matematika” so`zining lug`aviy ma`nosi nima?


132. 1- sinfda o‘quv yilining 1-2-choraklarida “ Alifbe” haftasiga necha soatdan o’qitiladi?


133.Qaysi boshlang’ich sinflarda haftasiga 4 soat “Ona tili” va 3 soat “O ‘qish” fani o’qitiladi?


134.Boshlang’ich sinflarda matematika fani haftasiga necha soatdan o’qitiladi ?


135. Boshlang’ich ta’limda “Atrofimizdagi olam”fani qaysi sinflarda o’qitiladi?


136.Boshlang’ich ta’limda “Tabiatshunoslik” fani qaysi sinflarda o’qitiladi?


137.Boshlang’ich sinflarda “Atrofimizdagi olam” fani haftasiga nechi soatdan o’qitiladi?


138.Boshlang’ich sinflarda “Tabiatshunoslik” fani haftasiga nechi soatdan o’qitiladi?


139. Boshlang’ich sinflarda “Tasviriy san’at” fani haftasiga necha soatdan o‘qitiladi?


140.Boshlang’ich ta’limda “Rus tili” fani qaysi sinflarda o’qitiladi?


141.Boshlang’ich sinflarda “Rus tili ” fani haftasiga necha soatdan o‘qitiladi?


142.Boshlang’ich sinflarda “Chet tili ” fani haftasiga necha soatdan o‘qitiladi?


143.Boshlang’ich ta’limda “Chet tili” fani qaysi sinflarda o’qitiladi?


144.O‘quv yilining davomiyligi 1- sinflar uchun necha haftani tashlik qiladi?


145.O‘quv haftasining davomiyligi 1-4 sinflar uchun necha kunni tashkil qiladi?


146.Matablardagi dars mashg‘ulotining davomiyligi necha daqiqa davom etadi?


147.Pedagog kadrlar salohiyati hamda moddiy-texnika bazasi yetarli bo’lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining ruxsati bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining Pedagogik kengashlariga dars jadvalini tuzishda tayanch o‘quv rejadagi umumiy soatlar hajmidan oshmagan holda, ma’lum bir fanlami chuqurlashtirib o‘qitish maqsadida necha foizgacha o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi?


148.Qysi sinfi o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til beriladi.


149.Dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffus davomiyligi necha daqiqa?


150. 1- sinflarda nechta fan o‘qitiladi?


151. 2- sinflarda nechta fan o‘qitiladi?


152. 3- sinflarda nechta fan o‘qitiladi?


153.4- sinflarda nechta fan o‘qitiladi?


154. 1- sinflarda haftalik yuklama necha soatni tashlik qiladi?


155. 2- sinflarda haftalik yuklama necha soatni tashlik qiladi?


156. 3- sinflarda haftalik yuklama necha soatni tashlik qiladi?


157. 4- sinflarda haftalik yuklama necha soatni tashlik qiladi?


158.Bugun dunyoda yuz berayotgan to‘rtinchi sanoat tamaddunining dvigateli — harakatga keltiruvchi kuchi bu…


159.Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish uchun dastlab bu tushunchaning nimasini bilish lozim?


160.“Tasavvur — bilimdan muhim” bu kimni fikri?


161.Odatda tabiiy kuzatish orqali o’quvchilarning fanlarni o’zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomalalardagi o’zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta’limiy-tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish yo’llarini belgilash uchun qo’llaniladigan ilmiy tadqiqot metodi bu…


162.Tadqiqotchi tekshirayotgan shaxs bilan bevosita aloqada bo’lish vaqtida og’zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini yozmasdan erkin muomala formasida qo’llaniladigan ilmiy tadqiqot metodi bu…


163.Xalq ta’limi sohasida ajratilgan mablag’larning doimiy o’sib borishi, darslik va o’quv qo’llanmalari, ko’rgazmali qurollar, o’qituvchi kadrlar tayyorlash, maktab qurilishi, xo’jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag’lar statistika usuli orqali aniqlanadigan ilmiy tadqiqot metodi bu…


164.O‘qitish nazariyasi, amaliyotida hisoblash matematikasi va kibernetikasi mashinalari yordamida bir tildan ikkinchi tilga tarjima, dasturli ta’lim va uni mashina orqali boshqarish, o’qitishni mustahkamlash, baholash orqali ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish differensial va individual ta’lim berish, maktab hisobotini mashinalar yordamida to’zish kabi jarayonlardir.Bu qaysi ilmiy tadqiqot metodi?


165.O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni qaysi yillarda qabul qilingan?


166. O‘qitish usulini muvaffaqiyatli amalga oshirishda yordam beruvchi o‘quv materiali bu?


167. Maktablarda eng ko‘p qo‘llaniladigan dars turi qaysi?

168. Qaysi jarayon uzoq muddat davom etadi?


169.O‘zbekiston Respublikasida nechta uzluksiz ta’lim turlari bor?


170.Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning o’qish fanidan og’zaki nutqini, o’qish malakalarini baholovchi modelni ko’rsating?


171. O’quvchilarning 4-2-sinf matematik savodxonligini baholash modelini


ko’rsating?

172. EGRA baholash modelining maqsadi nima?


173. EGMA baholash modelining maqsadi nima?


174.Umumiy o‘rta ta’lim sifatini nazorat qilishning nechta turlari mavjud?


175.O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasasining monitoring guruhi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat bu…


176.Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat organlari, hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat bu…


177.Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladigan nazorat bu…


178.Hukumatning tegishli qarori hamda xalqaro shartnomalar asosida xalq ta’limi boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va xalqaro tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladigan nazorat bu…


179.Davlat ta’lim standarti bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning malaka talablarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi darajasini hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan mezonlar majmuidan bu…


180.Davlat ta’lim standarti nechta tarkibiy qismlardan iborat?


181.O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda nechta tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi?


182.Boshlang’ich sinflarda ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Bu qaysi kompetensiyadir?


183.Media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Bu qaysi kompetensiyadir?


184.Doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash Bu qaysi kompetensiyadir?


185.Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Bu qaysi kompetensiyadir?


186.Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Bu qaysi kompetensiyadir?


187.Aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Bu qaysi kompetensiyadir?


188.Boshlang‘ich ta’limda – o‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash, ularni og‘zaki va yozma nutqida adabiy nutq me’yorlariga rioya qilishga o‘rgatishdan iborat. Mazkur ona tili o‘quv dasturi nechta bo‘limlarni o‘z ichiga oladi?


189.Boshlang’ich ta’limning ona tili darsida nechta faniga oid kompetensiyalarni rivojlantiramiz?


190.Ta’lim sifatini nazorat qilish va samarali boshqarish maqsadida qo’llaniladi.Bunda turli darajadagi testlar, muammoli vaziyatlarni hal qilish (keyslarni yechish) asosida shaxsning kreativlik sifatlari va ijodiy faoliyatni tashkil eta olish ko’nikmalariga egaligi, ularning darajasi o’rganiladi hamda baholanadi bu…


191. Pedagogik kvalimetriyaning fan sifatida shakllanishi hamda rivojlanish tarixini shartli ravishda necha davrga bo‘lib o‘rganish mumkin?


192.Kvalimetriyaning nechta —tarmoqlari bor?


193.Ilk o‘rta va o‘rta asrlar, ya’ni hali ilmiy asoslanmagan, empirik rivojlanishi bu pedagogik kvalimetriyaning nechanchi davri?


194.Ilk o‘rta va o‘rta asrlar, ya’ni hali ilmiy asoslanmagan, empirik rivojlanish davrida ta’lim muassasalarining asosiy vazifasi bilim oluvchilarning ongiga falsafiy-diniy mazmundagi bilimlarni yetkazish bo‘lib, ta’lim muassasalarida ixtiyoriy ravishda san’atning nechta yo‘nalishi o‘rgatilgan?


195.XVI — XIX asr oxiri — ta’lim-tarbiya jarayonining sifati bo‘yicha dastlabki tasavvur paydo bo‘lgan.Bu pedagogik kvalimetriyaning nechanchi davri?


196.Pedagogik kvalimetriyaning yangi va eng yangi rivojlanish davri, ya’ni ilmiy asoslangan, metodologik asoslari aniqlangan, nazariy, maxsus va amaliy tarmoqlariga, ilmiy o‘lchov parametrlariga ega. Bu pedagogik kvalimetriyaning nechanchi davri?


199.Kim o’zining asarida pedagogika faniga “bilimlarni nazorat qilish va baholash”,“imtihon”,“kollekvium”,“diktant”kabi yangi atama va tushunchalarni kiritdi?


200.O’quv maqsadlariga erishadigan amallarni ularning murakkabligi darajasi dastlab nechanchi yilda AQSh pedagogi Benjamin Blum amalga oshirgan?


201. Qaysi asrning boshlarida AQSh va Yevropa mamlakatlarida obyekt va mahsulotlarni ballar vositasida baholash va standartlashtirish yo‘lga qo‘yildi?


202.Hozirgi zamon nuqtayi nazaridan kvalimetriyaning sifat ko‘rsatkichlari nechta yirik guruh ajratib o‘rganiladi?


203.O‘qituvchi muammoni to‘liq yoritadi va uni yechimini topib beradi, qarshi savollar yordamida o‘quvchilarni fikrlashga ixtiyoriy yondashadi. Bu muammoli ta’limning nechanchi bosqichi?

204.O‘qituvchi muammoni qo‘yib, uning mazmunini ifodalaydi. Keyin o‘quvchilarni muammo yechimini mustaqil izohlashga yo‘naltiradi. Bu muammoli ta’limning nechanchi bosqichi?


205.O’qituvchi muammoni bayon etmaydi, balki muammoli vaziyat yaratadi. O’quvchilar mustaqil fikr yuritib, muammoli vaziyatdan chiqish yo’llarini izlab topadilar. Bu muammoli ta’limning nechanchi bosqichi?

206.Bunda o’qituvchi izlanish sohasini belgilaydi xolos, muammoga yaqinlashib boradi, lekin uning mazmuni va yechimini ko’rsatmaydi.Bu muammoli ta’limning nechanchi bosqichi?


207.O‘quv-axborot materiallarini etkazib berish bu muammoli o’qitishni tashkil etishning nechanchi sharti?


208.Muammolarni yechish usulini xilma-xilligini taminlash bu muammoli o’qitishni tashkil etishning nechanchi sharti?


209.O‘quvchining ushbu mavzuni o‘zlashtirishdan manfaati, maqsadi va bilish imkoniyatlaridan foydalana olishi bu muammoli o’qitishni tashkil etishning nechanchi sharti?


210.Nomutanosiblik , favqulodda, nizo, inkor, faraz bu…


211.Taqqoslashga, umumlashtirishga, xulosalar chiqarishga undaydi. Aniq savollar qo‘yadi, yechimini so‘raydi. Muammoli topshiriqlarni qo‘yib, yechimini so‘raydi bu…


212.Diktant turi yaqinda yoki ilgari o'rganilib, mashqlar bilan mustahkamlangan qoidalarni o'quvchilar qay darajada o'zlashtirganliklari aniqlanadi. Qaysi diktanti biror bo'lim o'rganilgandan so'ng yoki chorak oxirida o'tkaziladi?


213.Bu diktantdan qoidani amaliyotga tatbiq etish usullarini yaxshi bilib olish maqsadida foydalaniladi.Matnni yozishdan oldin, uni yozish jarayonida, izohli yozuvdagi kabi, o'quvchilar so'zni qanday yozishni va nima uchun shunday yozilishini tushuntiradilar. Qaysi diktant turiga ta’rif berilgan?


214.Bu diktant o'quvchilarning qobiliyatiga qarab ikki xil o'tkaziladi. O'quvchi, odatda, o'qituvchining ko'rsatmasi bilan ma'lum so'zning yozilishini diktant yozishdan oldin yoki keyin izohlaydi. So'zning yozilishini bo'g'in-tovush, tovush harf tomondan tahlil qiladi, unga qoidani tatbiq etadi. Qaysi diktant turiga ta’rif berilgan?


215.Bu diktantda o'quvchilar diktovka qilingan gaplar yoki matnning hammasini yozmaydilar. Uning o'qituvchining topshirig'iga mos qisminigina (o'rganilgan qoida asosida yoziladigan so'zlarni, so'z birikmalarini) yozadilar.Qaysi diktant turiga ta’rif berilgan?


216.Bu diktantda o'quvchilarga mazmunni buzmay, gap tuzilishini o'zgartirish, bir so'zni unga yaqin ma'noli so'z bilan almashtirish erkinligi beriladi. Diktant uchun 3-5 qismli matn tanlanadi. O'qituvchi avval matnni bir marta ifodali o'qib beradi, so'ngra matn mazmuni yuzasidan suhbat o'tkazadi. Qaysi diktant turiga ta’rif berilgan?

217.2020 yil 23 sentabrda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida” dagi qonun nechta bob va moddan iborat?


218.1997 yil 29 avgustda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida” dagi qonun nechta bob va moddan iborat?


219.Kvalimetriya - tushunchasining lug‘aviy ma’nosini toping?


220.Pedagogik kvalimetriya asosiy metodlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?


221.B.Blum o‘quv maqsadlar taksonomiyasini ketma-ketligini to‘g‘ri ko‘rsating?


222.Sharq uyg‘onish davrida baholash mezoni qanday izohlangan?


223.Ilmiy bilimni rivojlantirish zarurligini ifodalashning subyektiv shaklidir. U mammoli vaziyatda, ya’ni jamiyat rivojlanish jarayonida bilish va bilmaslik o’rtasida obyektiv ravishda vujudga keladigan vaziyat bu...


224.Muammoli o’qitish yetarli darajada bo’lishi uchun – yaxlit o’quv-tarbiya jarayoning … bo’lishi kerak.


225.“Yomon o’qituvchi haqiqatni taqdim etadi, yaxshi o’qituvchi uni topishni o’rgatadi”. Bu kimning pedagogik qarashi?


226.Muammoli o’qitishning asosida qaysi amerikalik psixolog, filosof va pedagog (1859-1952) g’oyalari yotadi?


227.«Zamonaviy texnologiya ta’limni modernizasiyalashda harakatlantiruvchi kuch». Bu kimning pedagogik qarashi?


228.Qandaydir yangi, betakror narsa yarata olish layoqati, badiiy shakl yaratish, fikrlash, g’oya va yechimga olib keluvchi aqliy jarayon javobi qaysi javobda to’g’ri berilgan?


229.Kognitiv tushunchasining ma’nosi qaysi javobda ko’rsatilgan?


230.Mafkura tushunchasi qaysi tildan olingan va lug‘aviy ma’nosi?


231.Ma’rifat so‘zi qaysi tildan olingan va lug‘aviy ma’nosi?


232.Kompetensiya tushunchasiga to‘g‘ri ta’rif berilgan qatorni aniqlang?


233.Kuzatish metodiga- to‘g‘ri berilgan ta’rifni toping?


234.Ta’lim mazmunida bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlar va mavzularni qo‘shib o‘qitish, fanlar sonini kamaytirish va ixchamlashtirish bu...?


235.“Baliq skeleti”, “BBB”, “Qanday?” “Konseptual jadval” bular ...?


236. “Venn diagrammasi”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?” bular ...?


237.Davlat ta’lim standarti bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning malaka talablarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi darajasini hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan mezonlar majmui bu…


238.Darslikdagi har bir mavzuni samarali o‘qitish metodikasi, qo‘shimcha sinov topshiriqlari va o‘qituvchining darsni qiziqarli tashkil etishiga oid boshqa metodik ko‘rsatmalar berilgan, har bir darsning maqsadi, darsda foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish usullari bu…


239.Fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika va uslubiyat.Bu ona tili fanining qaysi kompetensiyasining mazmuni?


240.Qaysi sinfda o’quvchilar gapni bosh harf bilan boshlab yoza oladilar, rasmlarga qarab gap tuzadi va yoza oladi, harflarni yozuvda imlo va husnixat qoidalariga amal qilgan holda harflarni bir-biriga ulab, ko‘chirib, namunaga qarab yoza oladi. Bir mavzu doirasidagi savollarga javob yoza oladi, 15-20 so‘zli diktant yoza oladilar?


241.Qaysi sinfda o’quvchilar qarama-qarshi ma’noli shaxs, narsa, harakat, belgi bildirgan so‘zlarni aniqlay oladi, bir mavzu doirasidagi savollarga javob yoza oladi, rasmlar va berilgan reja asosida 5-6 ta gapdan iborat ijodiy matn yarata oladilar?


242. Qaysi sinfda o’quvchilar talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila olashi,tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi hamda 30-40 so‘zli diktant yoza oladilar?


243.2-sinf o’quvchilarning ta’lim sifatini nazorat qilishda necha so’zli diktant yoza oladilar?


244.Qaysi sinfda o’quvchilar matndagi gaplarni mazmunan o‘zaro bog‘lay oladi, matnga sarlavha topish va matn mazmunini yozma qayta hikoya qila oladi,reja asosida matnni yozma bayon qila oladi, xatboshiga, imlo va husnixat qoidalariga amal qilgan holda tabriknoma, qisqa xatlar yoza oladi?


245.Qaysi sinfda o’quvchilar so‘z tarkibini tahlil qila oladi,rasmlar asosida 6-7 ta gapdan iborat ijodiy matn yarata oladi,mavzuga oid so‘z va iboralarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi?


246.Qaysi sinfda o’quvchilar nutqida ot, sifat, son, fe’l so‘z turkumlaridan o‘rinli foydalanib, matn yoza oladi hamda 55-65 so‘zli diktant yoza oladi?


247.Qaysi sinfda o’quvchilar voqeaband bir rasm yoki turkum rasmlar hamda o‘yinlari, sayr-sayohatlari, tabiatni kuzatish haqida sinf jamoasining oldindan ko‘rgan hozirligi bilan og‘zaki yoki yozma kichik hikoyalar yozadilar?


248. Qaysi sinfda o’quvchilar sodda matnning asosiy mazmunini tushunadi va tushuntira oladi,matn mazmunini tushunib ifodali o‘qiy oladi hamda 7-8 gapdan iborat xabar yoki rasm asosida matn tuza oladilar?


249.Ona tili darslarida “Husnixat daqiqa”lari uchun necha daqiqa vaqt ajratiladi?


250.Qaysi sinfda o’quvchilar bir daqiqada 20-25 ta so‘zni o‘qiy oladi?


251.Qaysi sinfda o’quvchilar o‘qish uchun kitoblar (badiiy asar namunalari)ni mustaqil tanlay oladi, kichik hajmdagi 4-5 ta she’rni yoddan aytib bera oladilar?


252. 1- sinfda haftada bir marta oxirgi o‘qish darsida sinfdan tashqari o’qishga necha daqiqasi ajratiladi?


253.1- sinfda sinfdan o’qish darslari haftasiga necha marta o’tkaziladi?


254.1-sinfda sinfdan tashqari o‘qish uchun necha betli kichik hajmdagi asarlardan tuzilgan bolalar bop kitoblar tanlanadi?


255.2- sinfda sinfdan tashqari o‘qish uchun necha betli hajmdagi bolalarbop badiiy, ilmiy-adabiy kitoblar tanlanadi?


256.Qaysi sinfda o’quvchilar ifodali, to‘g‘ri, tez va bir daqiqada 30-35 ta so‘zni o‘qiy oladi?


257. 3- sinfda sinfdan tashqari o‘qish necha haftada bir marta o‘tkaziladi va o‘qish uchun ajratilgan 17 soatdan foydalaniladi?


258.2- sinfda sinfdan tashqari o‘qish necha haftada bir marta o‘tkaziladi va o‘qish uchun ajratilgan 17 soatdan foydalaniladi?


259.4- sinfda sinfdan tashqari o‘qish necha haftada bir marta o‘tkaziladi va o‘qish uchun ajratilgan 17 soatdan foydalaniladi?


260.Qaysi sinfda o’quvchilar kichik hajmdagi 10-12 ta she’rni yoddan aytib bera oladi?


261.Qaysi sinfda o’quvchilar ixcham matn asosida yaratilgan audiomatn, videotasvirlarni tinglab tushuna oladi,ertak, topishmoq, maqol, tez aytish, rivoyat, hikoyat, masal, xalq qo‘shiqlari, hikoya, she’rlarni o‘qib tushunadi va mazmunini qayta so‘zlab beradilar?


262.Qaysi sinfda o’quvchilar 0 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni o‘qiydi, yozadi to‘g‘ri va teskari tartibda sanay oladi hamda 0 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni taqqoslaydi, tartibga sola oladi?


263.Qaysi sinfda o’quvchilar 2 arifmetik amalli (qavssiz) sonli ifodaning qiymatini hisoblaydi,o‘lchamlari ma’lum bo‘lgan yassi geometrik figuralarni (kesma, to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat) chizg‘ichdan foydalanib yasay oladilar?


264.Qaysi sinfda o’quvchilar noldan 1000 gacha bo‘lgan nomanfiy butun sonlarni o‘qiy oladi, yoza oladi, taqqoslay oladi, tartibga soladi, qo‘shish va ayirish amallarini og‘zaki va yozma bajara oladi hamda modellarda tasvirlay oladilar?


265. Qaysi sinfda o’quvchilar miqdorlar (narx-navo, massa, vaqt, uzunlik, yo‘l, yuz, tezlik) orasidagi bog‘lanishlarni qo‘llab, kundalik hayot bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni arifmetik usulda (2-3 qadamli) yecha oladilar?


266.Qaysi sinfda o’quvchilar nomli kattaliklar (massa, vaqt, uzunlik, yuza, tezlik) va ular orasidagi munosabatlardan ( kilogramm-gramm, soat-minut, minut-soniya, kilometr-metr, metr-detsimetr, detsimetr-santimetr, metr-santimetr, santimetr-millimetr) foydalanib, kattaliklarni o‘qiy oladi va yoza oladilar?


267.Qaysi sinfda o’quvchilar Yer yuzasidagi materik va okeanlar, tog‘ va tekisliklarni,O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasidan tog‘lar, tekisliklar, suv havzalarini aniqlab, ko‘rsata oladilar?


268.Ta’lim tizimida eng ko‘p qo‘llaniladigan dars turi keltirilgan qatorni toping?


269.O‘qitish deganda nima tushuniladi ?


270.Pedagogik muhit deganda nimani tushunasiz?


271.Har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish bu tarbiya jarayonining.....


272. «Pedagogika» atamasining ma’nosi to’g’ri berilgan qatorni toping?


273.Shaxs shakllanishi uchun uchta asosiy omillarni ko’rsating?


274. Boshlangich ta’lim pedagogikaning milliy asosi nima?


275. Boshlangich ta’lim pedagogikasi qanday fan ?


276.Markiziy Osiyoda birinchi bo‘lib ta’lim-tarbiyaga ta’rif bergan alloma?
277.Qaysi sinfda o’quvchilar 0 dan 1000 000 gacha bo‘lgan nomanfiy butun sonlarni o‘qiy oladi, yoza oladi, taqqoslay oladi, tartibga solidi hamda modellarda tasvirlay oladilar?

278.Qaysi sinfda o’quvchilar fazoviy (parallelepiped, kub, shar) figuralarni tasavvur qila oladi, taniydi va nomlay oladi hamda real obyektlarni geometrik figuralar modellari bilan bog‘lay oladi va fazoviy figuralarni ularning tekislikdagi ko‘rinishlari bilan bog‘lay oladilar?


279.4-sinfda nazorat ishidan keyin xatolar ustida ishlashga necha soat ajratiladi?


280.Alisher Navoiyning didaktikaga oid asosiy asarini belgilang?


281.Yangilanish”, “o‘zgartirish”, “yangilik kiritish” degan ma’noni bildiradigan so'z qaysi qatorda berilgan?


282.Qaysi sinfda o’quvchilar quyosh va oyning atrofimizdagi tabiat va inson uchun ahamiyatini tushunadi hamda tun va kun, yil fasllari almashinishi kuzatadilar?


283.Qaysi sinfda o’quvchilar Yerning Quyosh atrofida aylanishini , Oy - Yerning tabiiy yo‘ldoshi ekanligini, Oyning Yer atrofida aylanishi hamda O‘zbekistonning tabiiy va siyosiy ma’muriy xaritasidan o‘z hududiga chegaradosh davlatlarni topib ko‘rsatib, ayta oladilar?


284.Qadimgi yunon olimidan qaysi biri “Tabiat bilan tarbiya bir-biriga o‘xshaydi” deb aytgan?


285.Platon darida bolalarga 7 yoshdan 12 yoshgacha davlat maktablarida qanday fanlar o‘rgatilgan?


286.Bolalarning harakatiga o‘ynashiga bir joyda o‘tirib qolmasilikni hamisha harakatda bo‘lishni tavsiya etagan pedagog olim kim?

287. Chex olimi Yan Amos Komenskiy boshlang‘ich maktab va gimnaziya o‘quvchilarni necha soatdan o‘qitishni taklif etadi?


288.Sinf rahbari tomonida ota-onalar majlisini tashkil qilishda nechta masalalar ko’rilib, muammoli tomonlari tahlil qilinib hamda o’z yechimini topish kerak bo’ladi?


289.Qaysi yilda «Oila yili» deb e’lon qilindi ?


290.Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchining faolligini nechta asosiy tomonini ko’rish mumkin:


291.Major doimiy tetiklik, tarbiyalanuvchilarning faoliyat (harakatga tayyorligi),o’z jamoasi qadriyatlarining mohiyatini tushunish, uning uchun guruhlanish asosida o’z qadr-qimmatini anglash hamda uning a’zolari o’rtasidagi do’stona birlik”. Bu kimning sinf jamoasini tashlik qilishdagi pedagogik qarashi?

291. Bugungi kunda pedagog-olimlar (L.I.Novikova va boshqalar) bolalar jamoasi rivojlanishi jarayonini tahlil qilar ekanlar, uni nechta bosqichga bo’ladilar?


292.Jamoani dastlabki jipslashtirish va jamoani shakllantirish uning har bir a’zosini inlividual rivojlantirishning qurolidir deb uni ikki bosqichga bo’lib o’rganishning muhimligini aytgan olimlar?


293.Sinf rahbari shaxsga xos bo‘lgan xususiyatlarning shakllanishiga xizmat qiluvchi omillarni bilishi lozim. Bu qaysi omilga kiradi: imkoniyatlar, layoqatlar, qobiliyatlar, tana rangi?


294. Bola rivojlanishiga doir o‘zgarishlarni, yosh davrlariga xos xususiyatlarni bilish nima uchun kerak?


295. Qanday xususiyatlar yosh xususiyatlari deyiladi?


296.Pedagogikaning bosh masalasi deganda nima tushuniladi?


297.Qaysi olimning asarida pedagogikaga alohida fan maqomi berilgan?


298. Jamoada tarbiyalash va jamoa munosabatlariga katta e’tibor qaratgan Rossiyalik olimni ko’rsating?


299.Qaysi fan pedagogikaning metodologik asosi hisoblanadi?


300.Mashq qilish natijasida hosil bo’lgan harakatlar yig‘indisi nima?


301. O‘quv jarayonining zaruriy qismi va o‘qitishning eng muhim vositasi nima?


302. Ta’limning individual shakli deganda nimani tushunasiz?


303.Puxta o‘zlashtirishning muvaffaqiyati nimalarga bog‘liq?


304.Pedagogik innovatsiya deganda nimani tushunasiz?


305.O'quv jarayoniga texnik vositalarni joriy etish boshlanganda, “ta’lim texnologiyasi” termini vujudga kelgan yil to’g’ri berilgan qatorni toping?


306.Faqat kompyuter va texnologik vositalarni qo'llash emas, bu ta’lim samaradorligini oshiradigan faktorlarni tahlil qilish yo‘li bilan umumta’lim jarayonini optimallash usullarini ishlab chiqish va prinsiplarini aniqlash bu ...


307.O‘qituvchi muammoni qo‘yib, uni o'zi hal qilishi va yechimning ahamiyatini o‘quvchilarga tushunarli ziddiyatlar orqali ko‘rsatishdan iborat metod bu ...


308.O'quv materialini o'quvchilar ongida ilmiy izlanishga o‘xshash bilish vazifalari va muammolarini vujudga keltiradigan yo'sinda o 'rgatish bu...



309.Ta’limni tashxislashning asosiy tarkibiy qismlari berilgan qatorni toping?
310.Nazorat qilish va hisobga olishning asosiy vazifalari berilgan qatorni toping?
311. Boshlang’ich ta’limda tashxis turlari to’gri berilgan qatorni toping?

312. Boshlang’ich sinfda diktant, insho, masala, bayon va misol qaysi mashqlar sirasiga kiradi ?


313.Bir xil yosh va taxminan bir xil tayyorgarlik darajasiga ega bо‘lgan о‘quvchilardan tarkib topadi.O‘quv faoliyati yagona yillik reja va dasturga kо‘ra turg‘un dars jadvali bо‘yicha tashkil etiladigan jarayon to'g'ri berilgan qatorni toping ?


314 Vazifalarini bajarishdagi mustaqillik darajasini aniqlashga imkon beradigan baholash mezoni bu...?


315.Jismoniy sifatlarni, qobiliyatlarni rivojlantirish, jismoniy madaniyat va sport sohasiga taalluqli maxsus bilimlarni o‘zlashtirishdan iborat.Bu qaysi tarbiya turidir?


316.Boshlang’ich ta’limda go’zallik, did, nafosat,orzu, baholash va nafosat qonunlari asosida qayta yaratishga qodir bo'lgan inson shaxsini shakllantirishga mo'ljallangan tarbiya turi to’gri berilgan qatorni toping?


317. Sinf rahbari o’quvchilarini o‘zga millat va elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, tili hamda vijdon erkinligini hurmat qilishga o’rgatadi.Ma’naviy-axloqiy fazilatlardan biri berilgan qatorni toping ?


318.Boshlang’ich sinf o’quvchilarini fuqarolik madaniyati, ularni xalq, Vatan, jamiyat manfaatlari yo’lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga yo’naltirilgan tarbiya turi to’g’ri berilgan qatorni toping?


319.Boshlangich sinf o’quvchilarida bilim, ko‘nikma hamda malakalarini o‘quv dasturida ko‘rsatilgan etalon (ko‘rstakich, qolip, o‘lchagich)lar bilan solishtirish bu...


320.Ta’lim jarayonida ta’lim oluvchining bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash, o'lchash va baholash jarayonini nima deb ataladi?


321.Nazoratning tarkibiy qismi bo'lib, didaktik vazifasi o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida aks aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o'quv materialini o'zlashtirish haqida obyektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlash jarayonini nima deb ataladi?



322. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi fani qaysi fanlar bilan aloqador?

323.O'quv jarayonining predmetli qo'llab-quvvatlanishi, yangi materialni o'zlashtirish jarayonida o'qituvchi va o'quvchilar tomonidan foydalaniladigan obyekt...


324.O‘rgatish, o'rganish, o'qitish, ta’lim, bilim, ko'nikma, malaka, kompetensiya, maqsad, mazmun, tashkil etish, shakl, metod, vosita, natija bu...


325.Boshlang’ich sinfda o‘qitishning qaysi vazifasi o‘quvchi nutqining, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional- irodaviy, intellektual sohalarini rivojlantirishda o‘z aksini topadi?

326. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini intellekti, bilish imkoniyatlarini, iqtidor va qobilyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan tarbiya turi to’g’ri berilgan qatorni toping?


327.Mehnat, aqliy,axloqiy, nafosat va iqtisodiy tarbiyalar bu...


328.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ta'lim jarayoniga va o'qituvchilar malakasini oshirishga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish to'g'risida" gi qarori qachon qabul qilingan?


329.Ibn Sino o’zining asarlarida tarbiyaning qaysi turlarini tavsiya qiladi?


330.....- malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimining tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi?


331.Jismoniy tarbiyaning ilk bor ilmiy-pedagogik jihatdan bir butun tizim ekanligini yaratgan alloma?


332.Boshlang’ich sinf o‘qituvchining suhbati ta’limning qaysi metodiga kiritiladi?


333.O‘zbekiston Respublikasida tayanch o‘quv reja qaysi davlat organi tomonidan tasdiqlanadi?


334.Davlat ta’lim standartining tashkiliy qismi hisoblanuvchi asosiy me’yoriy hujjat bo’lib, u namunaviy va amaliy o’quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. O’zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan reja bu…


335.Tayanch o’quv rejasi asosida uzoq muddatga mo’ljallab tuziladi va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan reja bu…


336.Namunaviy o’quv rejalari asosida o’quv muassasalarining mavjud sharoitlarini hisobga olgan holda yaratiladigan reja bu...


337. Milliy modelda Shaxs- bu..?


338. “Pedagog” so‘zi tushunchasining ma’nosi?


339. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi besh tashabbusining birnchisi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?


340.Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi besh tashabbusining ikkinchisi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
341.Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi besh tashabbusining uchunchisi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
342.Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi besh tashabbusining to‘rtinchisi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
343.Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi besh tashabbusining beshinchisi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
344. Boshlangich ta’limda xususiy didaktikaga to‘g‘ri berilgan ta’rifni toping?

345.Boshlang’ich ta’limda bevosita o‘qituvchi rahbarligida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli bu...?


346.Boshlang’ich ta’lim jarayonining funksiyasini to‘g‘ri keltirlgan tushunchalarni toping?




347.Shakl – tushunchasi izohlangan javobini ko’rsating?


348.Boshlang’ich ta’lim samaradorligini ta’minlovchi subyektiv va obyektiv omillar bu...?

349.Ma’lum bir shaxsning vazifa va majburiyatlarini bajarishdagi ruhiy holati, xatti-harakatlar mohiyatini ochib berishga qaratilgan o‘yin - bu...?


350.Boshlang’ich sinfda har bir o‘quvchining bilim, ko‘nikma va malakasi bilan mukammal tanishish uchun foydalaniladigan nazorat shakli to’g’ri berilgan qatorni toping?


351.Boshlang’ich sinf o‘qituvchi o‘quvchilarga materialning ma’lum bir hajmi bo‘yicha savol beradi, o‘quvchilar unga qisqa javob qaytaradigan nazorat shakli.


352.Tarbiya jarayonining eng muhim xususiyati bu…
353.Boshlang’ich sinf o‘quvchilarning ma’lum bir qismi nazorat qilinadi, o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar guruhiga vazifa beriladi va uni shu guruh bajaradigan nazorat shakli?

354.Bilim mazmuni bu...?




355. Boshlang’ich sinf o‘quvchilarda tejamkorlikka o‘rgatuvchi tarbiya turi- bu?
tải về 60.42 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương