Reja: Kirish «Daromad-iste’mol» chizig’i va uning tahlili


Daromad va almashtirish samaralari



tải về 97 Kb.
trang2/4
Chuyển đổi dữ liệu11.05.2024
Kích97 Kb.
#57568
1   2   3   4
Reja Kirish «Daromad-iste’mol» chizig’i va uning tahlili

Daromad va almashtirish samaralari. «Daromad-iste'mol» chizig‘ini tahlil qilganimizda, daromad o‘zgarishini ( narxlar o‘zgarganda) iste'molga ta'sirini o‘rgangan edik. «Narx-iste'mol» chizig‘i orqali narxlarning o‘zgarishini bir ne'mat bilan boshqa bir ne'matni nisbiy almashtirishga ta'siri o‘rganiladi. Endi biz X1 ne'matga bo‘lgan talabni o‘zgarishining qancha qismi narx bilan bog‘liq va qancha qismi daromad bilan bog‘liqligini ko‘rib chiqamiz (35-rasm). Narxning har qanday o‘zgarishi, birinchidan: real daromadni oshiradi, natijada befarqlik egri chizig‘i siljiydi va iste'molchi sotib olishi mumkin bo‘lgan ne'matlar tarkibini o‘zgartiradi; ikkinchidan - narxlar nisbatini o‘zgartiradi va bir ne'mat (B) bilan boshqa ne'mat (A) almashtiriladi.
Ne'matlar majmuasiga (A va B ne'matlar) bo‘lgan talab o‘zgarishining qancha qismi real daromad ta'siri va qancha qismi narxning pasayishi bilan bog‘liq ekanligini aniqlamoqchimiz. 5.13-rasmda byudjet chizig‘ining boshlang‘ich holati BA va A ne'mat narxi pasaygandan keyingi holati BA' keltirilgan. Boshlang‘ich byudjet chizig‘ida U befarqlik egri chizig‘iga mos keluvchi optimal majmua E nuqta bilan ifodalangan.



5.13-rasm. Normal tovarlar uchun daromad samarasi.


E nuqtada iste'molchi B ne'matdan B1 miqdorda, A ne'matdan A1 miqdorda sotib oladi. A ne'matning narxi tushgandan keyin, yangi optimal majmua BA' byudjet chizig‘i bilan U2 befarqlik egri chiziqlari kesishgan E3 nuqtaga o‘tadi. E3 nuqtada iste'molchi B3 miqdorda B ne'matdan va A miqdorda A tovardan sotib oladi.
Demak, A ne'mat narxining pasayishi iste'molchining real daromadini, uning tovar sotib olish imkoniyatini oshiradi, ya'ni uning o‘z ehtiyojini qondirish darajasini oshiradi. Bu yerda A ne'matni iste'mol qilish hajmining umumiy o‘zgarishi (uning narxi tushishi hisobidan) rasmda AA bilan belgilangan. Iste'molchi boshida 04 miqdorda A ne'matdan sotib oladi, narx o‘zgargandan keyin sotib olish hajmi 0A3 ga o‘zgaradi. B tovarni sotib olish hajmi 0B1 dan 0B3 ga qisqardi.

tải về 97 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương