Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Davlat byudjeti. Uning shakllanishi va taqsimlanishi



tải về 98.22 Kb.
trang4/9
Chuyển đổi dữ liệu01.04.2024
Kích98.22 Kb.
#57026
1   2   3   4   5   6   7   8   9
moliyaning mohiyati va vazifalari (3)

2. Davlat byudjeti. Uning shakllanishi va taqsimlanishi 
Davlat byudjeti davlat moliyasi tizimida markaziy o`rinni egallaydi. Byudjet tizimi murakkab mexanizm bo`lib, u muayyan mamlakatning o`ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy tizimi, shuningdek davlat qurilishini aks ettiradi.
Mamlakat byudjetining tarkibi, avvalo, davlat qurilishiga bog`liqdir. 
Davlat byudjeti mamlakat pul resurslarining markazlashtirilgan jamg`armasi bo`lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag`lar sarfi yo`nalishlari va miqdori belgilab beriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjeti iqtisodiyotni tartibga solish, xo`jalik konьyukturasiga ta`sir ko`rsatish va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishning qudratli vositasi bo`lib xizmat qiladi.
Mamlakat byudjetining tarkibi, avvalo, davlat qurilishiga bog`liq bo`lib, u daromadlar va xarajatlar qismlaridan iboratdir.
Byudjetning daromad qismini shakllantirishda, mulk shaklidan qat`iy nazar, barcha xo`jalik yurituvchi sub`ektlar ishtirok etadi. Ularning ishtiroki asosan soliqlar to`lash shaklida yuz beradi.
Byudjet kamomadi, odatda, daromadlar va xarajatlarni muvofiqlashtirish orqali bartaraf etiladi, ya`ni daromadlar ko`paytiriladi yoki xarajatlar kamaytiriladi. Ammo asosiy yo`l iqtisodiyotni o`stirish orqali byudjet daromadlarini ko`paytirgan holda kamomadni normal holga keltirishdan iboratdir.
Byudjetdagi taqchillikka, avvalambor, iqtisodiyotni moliyaviy sog`lomlashtirish bo`yicha amalga oshiriladigan tadbirlar orqali barham berish, shu jumladan, etishtirilgan xomashyo va materiallarni shu erning o`zida qayta ishlab, tayyor mahsulotga aylantirishni yo`lga qo`yish orqali erishish mumkin.
Mahalliy byudjetlarga keng iqtisodiy erkinlik berish tumanlar, shaharlar, viloyatlar mustaqilligini ta`minlaydi. Byudjetlarning shakllanishi va undan foydalanishdan manfaatdorlik oshadi. Shu bilan birga davlat byudjeti intizomiga rioya qilish iqtisodiyotni barqarorlashtirishning asosiy omillaridan biri bo`lib xizmat qiladi.
Byudjet defitsiti bilan davlat qarzi bir-biriga bog`liq bo`lgan tushunchalardir. Hozirgi kunda deyarli hamma mamlakatlarda davlat qarzlarining ortishi kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan byudjetni tartibga solish masalasi har qanday hukumatning oldida turuvchi markaziy muammolardan biridir.
Davlat byudjetini shakllantirish borasida to`plangan tajriba uni tartibga solishga qaratilgan siyosatni ishlab chiqishni taqozo etadi.
O`zbekiston hukumati o`zining davlat byudjeti siyosatini amalga oshirishda makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlash va iqtisodiy o`sish sur`atlarini jadallashtirish byudjet kamomadini bartaraf etishning hal qiluvchi omili, deb qaraydi. Chunki iqtisodiy o`sish davrida byudjetga soliqlar tushumi avtomatik ravishda ko`payadi, makroiqtisodiy barqarorlik esa buni rag`batlantiradi. Demak, byudjet kamomadi avtomatik ravishda o`z-o`zidan yo`q bo`ladi.
Hukumat o`z mamlakatining sharoitlaridan kelib chiqqan holda byudjet siyosatini ishlab chiqadi. Bunday siyosat mamlakatning pul salohiyati doirasida moliyaviy ishlarning aniq dasturiga ega bo`lishni, byudjet kamomadi ustidan nazorat o`rnatilishining va uni qoplash manbaalarini qidirishni, katta samara beradigan iqtisodiy dasturlarga byudjetdan mablag` ajratishni talab qiladi.

tải về 98.22 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương