Psixologiya va yoshlar psixologiyasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Mavzu:Qobiliyat va uning rivojlanishi



tải về 170.97 Kb.
trang34/37
Chuyển đổi dữ liệu05.12.2023
Kích170.97 Kb.
#55882
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Psixologiya va yoshlar psixologiyasi-fayllar.org

Mavzu:Qobiliyat va uning rivojlanishi.
Reja
1.Qobiliyatlar haqida tushuncha.
2.Qobiliyatlarning sifat va miqdor ko`rsatgichlari.
QOBILIYATLAR HAQIDA TUSHUNCHA.
Qobiliyatlar odamning shunday psixologik xususiyatlaridirki, bilim, ko`nikma va malakalarni orttirishning samaradorligi, tezligi shu xususiyatlarga bog`liq bo`ladi, lekin bu xususiyatlarning o`zi bilim, ko`nikma va malakalarga taalluqli bo`lmaydi. Aks holda, imtihonda qo`yilgan baho, doskada qaytarilgan javob, muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz bajarilgan yozma ishiga qarab odamning qobiliyatlari haqida qat`iy xulosa chiqarish mumkin bo`lar edi. Ammo psixologik tadqiqotlar va pedagogik tajribalarning ko`rsatishicha, ba`zan dastavval boshda nimalarnidir qila olmaydigan va buning natijasida atrofdagi boshqa odamlardan ajralib qolgan odam ta`lim olish jarayonida tez orada boshqalarni quvlab o`tib ketadi va ish ishining katta ustasi bo`lib etishadi. Unda boshqalarga qaraganda ko`proq qobiliyatlar nomoyon bo`ladi. Qobiliyatlar bilim, ko`nikma va malakalarni egallashda nomoyon bo`lsa ham, ular bilim, ko`nikma va malakalarga taalluqli bo`lmaydilar.
Qobiliyatlar va bilim, ko`nikma va malakalar biri-biri bilan aynan bir narsalar emas. Bilim, ko`nikma va malakalarga nisbatan odamning qobiliyatlari qandaydir IMKONIYAT tarzida nomoyon bo`ladi. Erga tashlangan urug` ana shu urug`dan o`sib chiqishi mumkin bo`lgan boshoqqa nisbatan faqat imkoniyat bo`lgani kabi odamning qobiliyatlari bilim, ko`nikma va malakalarni egallash uchun faqat imkoniyat hisoblanadi. Bu bilim, ko`nikma va malakalar egallanadimi yoki egallanmaydimi, imkoniyat haqiqatga aylanadimi yoki yo`qmi - bularning hammasi juda ko`p sharoitlarga bog`liqdir. Bolada nomoyon bo`lgan musiqa qobiliyati uning musiqachi bo`lishiga hech bir kafolat bermaydi. Bola musiqachi bo`lishi uchun unga maxsus ta`lim berilishi, qat`iylik, salomatligining yaxshi bo`lishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa ko`p sharoitlar bo`lishi kerak. Bularsiz qobiliyat taraqqiy etmayoq so`nishi mumkin.
Qobiliyatlar faqat FAOLIYATDA nomoyon bo`ladi, shunda ham faqat ana shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi mumkin bo`lmagan faoliyatlardagina nomoyon bo`ladi. Agar odamni hali rasm solishga o`rgatmagan bo`lsa, agar u tasviriy faoliyat uchun zarur bo`lgan hech qanday malakalarni egallamagan bo`lsa, uning rasm solishga nisbatan qobiliyatlari haqida hech qanday gap bo`lishi mumkin emas. Rasm chizishga, tasviriy san`atga maxsus o`rgatish jarayonida o`quvchining qobiliyati bor yoki yo`qligi nomoyon bo`lishi mumkin.
Qobiliyat va bilim, ko`nikma va malakalarning birligi nimada ifodalanadi? Qobiliyat bilim, ko`nikma va malakalarning o`zida ko`rinmaydi, balki ularni eGALLASh DINAMIKASIDA nomoyon bo`ladi, ya`ni, boshqacha qilib aytganda, mazkur faoliyat uchun zarur bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirish jarayoni turli sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, engil va mustahkam amalga oshirilishida nomoyon bo`ladi. Xuddi mana shu erda yuzaga chiqadigan farqlar qobiliyatlar bizga haqida gapirish imkonini beradi.

tải về 170.97 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương