O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



tải về 2.74 Mb.
Chế độ xem pdf
trang23/110
Chuyển đổi dữ liệu02.02.2024
Kích2.74 Mb.
#56520
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   110
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

Takrorlash uchun savollar 
1. Moliyaviy hisobot auditi usullarining turkumlari va turlarini tushuntirib 
bering. 
2. Moliyaviy hisobot auditining tashkil etish bosqichlarini izohlab bering. 


57 
3. Moliyaviy hisobot auditining xususiy usullari mazmunini tavsiflab bering. 
4. Moliyaviy hisobot auditi usullariga iqtisodchi olimlar va amaliyotchi 
mutaxassislarning yondashuvlarini tushuntirib bering. 
5. “Moliyaviy hisobot auditi” fanining usullari va fan sifatida shakllanishida 
V.I.Podolskiy hamda A.D.Sheremetning yondashuvlarining o’xshash va farqli 
jihatlarini tushuntirib bering. 
6. “Moliyaviy hisobot auditi” fanining umumilmiy metodlarini tavsiflab bering 
va bu metodlarning ahamiyatini izohlang.
 
Tayanch tushunchalar: 
1. Moliyaviy hisobot usullariga yo’ndashuvlar; 
2. Analiz va sintez usuli; 
3. Gepoteza va prognozlashtirish usuli;
4. Inventarizatsiya; 
5. Kuzatish va tasdiqlash; 
6. Muqobil balans tuzish; 
7. O’zaro solishtirish yoki taqqoslash usuli; 
8. Taftish usuli; 
9. Baholash va kalkulyatsiya usuli; 
10. Testlash yoki anketa savolnomalari; 
11. Umumilmiy metodlar; 
12. Moliyaviy hisobot transformatsiyasi. 


58 
3-MAVZU. XO’JALIK SUB’EKTLARI HISOBOTINING AUDITI 
3.1. Moliyaviy hisobotlar to’g’risidagi asosiy me’yoriy hujjatlarga sharh 
va izohlar 
Bugungi kunda, iqtisodiyotning integratsiyalashuvi sharoitida moliyaviy 
hisobot unifikatsiyasi, rivojlanayotgan mamlakatlarda investitsion muhitni 
yaxshilash maqsadida buxgalteriya hisobi milliy standartlarini xalqaro 
standartlarga 
muvofiqlashtirish, 
moliyaviy 
hisobot 
konvergentsiyasi 
va 
garmonizatsiyasi masalalari, moliyaviy hisobot elementlarini tasniflash, tan olish, 
baholash hamda hisobotlarda aks ettirishga yo’naltirilgan ilmiy izlanishlarga 
alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu tadqiqotlar natijasida moliyaviy instrumentlar, 
operatsion segmentlar, qo’shma tadbirkorlik faoliyatlari natijalari, adolatli 
qiymatda baholash, shartnomalar bo’yicha tushumlarni tan olish hamda moliyaviy 
hisobotlarda aks ettirish va qo’shimcha moliyaviy hisobot masalalarini 
takomillashtirishga erishilgan. Lekin, moliyaviy hisobotning nazariy va 
metodologik masalalarini takomillashtirishda qayd etilgan natijalar MDH 
mamlakatlarida to’liq joriy qilinishiga erishilgan emas, shuningdek MHXSlarini 
qo’llash har bir mamlakatda o’ziga xos xususiyatlarni inobatga olishni taqozo 
etmoqda.
Mamlakatimizda moliyaviy hisobotni MHXSlarga muvofiqlashtirish hamda 
uning me’yoriy-huquqiy asoslarini mustahkamlash borasida keng ko’lamli ishlar 
olib borilib, muayyan natijalarga erishildi. Jumladan, moliyaviy hisobotning 
xalqaro standartlariga o’tish, ularni xalqaro audit standartlari asosida auditdan 
o’tkazish va nashr ettirish tartiblari amaliyotga joriy etildi. Xalqaro standartlarning 
amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimizda “700 dan ortiq aktsiyadorlik 
jamiyatlari, 6000 dan ortiq xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar”
35
MHXSlar asosida moliyaviy hisobot tuzishga o’tdilar. Biroq, ushbu erishilgan 
yutuqlar respublikamizda moliyaviy hisobot muammolarini to’lig’icha hal 
etilganligini bildirmaydi. Yuqoridagilar bilan bir qatorda, ta’kidlash joizki strategik 
35
O’zbekiston hududlarining yillik statistik to’plami. Toshkent 2018. 146-bet.


59 
vazifalardan kelib chiqib moliyaviy hisobotni takomillashtirish borasida o’z 
echimini kutayotgan qator muammolar mavjud. 2017-2021 yillarda O’zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar 
strategiyasida “korporativ boshqaruvining zamonaviy standartlar va usullarni joriy 
etish, korxonalarni strategik boshqarishda aktsiyadorlarning rolini kuchaytirish”
36
ustuvor vazifasining qo’yilishi ham sifat menejmentiga o’tishda asosiy standartlar 
sifatida MHXSlarini tan olish va uni keng joriy etish borasida aniq vazifalarni 
belgilab berdi. Quyidagi 3.1-jadvalda O’zbekiston Respublikasida moliyaviy 
hisobot tuzish va uning auditi jarayonini tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjatlar 
tarkibi keltirilgan. 

tải về 2.74 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   110




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương