O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


-jadval O’zbekiston Respublikasida moliyaviy hisobot tuzish va uning auditi



tải về 2.74 Mb.
Chế độ xem pdf
trang24/110
Chuyển đổi dữ liệu02.02.2024
Kích2.74 Mb.
#56520
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   110
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

3.1-jadval
O’zbekiston Respublikasida moliyaviy hisobot tuzish va uning auditi 
jarayonini tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjatlar tarkibi
37
 
Me’yoriy 
hujjatlar 
turkumlari 
Normativ-huquqiy hujjatlar nomi 
Qonunlar 
O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonuni (yangi 
tahriri, 13.04.2016 yil) O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati 
to’g’risida»gi qonuni (yangi tahriri, 26.05.2000 yil) 
Qonunosti 
hujjatlari
O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi. 2019 yil. (25.12.2018 y. 
03/18/508/2365-son 2019 yil 1 yanvardan kuchga kirgan.), O’zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik Kodeksi (Yangi tahriri) O’zbekiston Respublikasining 
21.12.1995 y. 163-I-son va 29.08.1996 y. 256-I-son Qonunlari bilan 
tasdiqlangan. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 29.08.1996 y. 257-I-son 
Qaroriga muvofiq 01.03.1997 y. e’tiboran amalga kiritilgan, O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 -yil 5 -fevraldagi 54-son qarori 
«Mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish bo’yicha xarajatlar tarkibi 
hamda moliyaviy natijalarni shakllanitirish haqidagi Nizom (Yangi tahriri), 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi PF-4947-son 
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar 
strategiyasi to’g’risida”gi, 2015 yil 24 -apreldagi PF-4720-son «Aktsiyadorlik 
jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-
tadbirlari to’g’risida»gi Farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2018 yil 19 sentyabrdagi PQ-3946-son «O’zbekiston Respublikasida auditorlik 
faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi,2007 yil 4 
apreldagi «Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda 
ular ko’rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to’g’risida»gi 
PQ-615-sonli qarori, 2008 yil 2 iyuldagi «Auditorlik tashkilotlarining moliyaviy 
barqarorligini oshirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-
907- sonli qarori va 2017 yil 12 maydagi «Auditorlik tashkilotlari faoliyati 
huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishni ta’minlashning qo’shimcha chora-
tadbirlari to’g’risida»gi 274-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 28 
36
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O’zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni
37
Muallif tomonidan ishlab chiqilgan 


60 
iyulda 207-conli “Davlat ulushi bo’lgan aktsiyadorlik jamiyatlari va boshqa 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini 
joriy etish to’g’risida”gi qarori, Moliya vazirining 2018 yil 21 dekabrdagi 
“Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash 
haqida”gi 3105 son buyrug’i, O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirining 
24.01.2003 dagi 1209-son “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to’ldirish 
bo’yicha qoidalarni tasdiqlash to’g’risida”gi buyrug’i va boshqalar
Buxgalteriya 
hisobi va audit 
standartlari va 
boshqa tartibga 
soluvchi uslubiy 
ko’rsatmalar 
hamda 
tushuntirishlar 
Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi (IFAC) tomonidan ishlab chiqilgan auditning 
xalqaro standartlari (International Standards of Auditing), Moliyaviy hisobotning 
xalqaro standartlari (IFRS), Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti 
(AICPA) standartlari, ichki auditorlar instituti (Institute of internal Auditors) 
standartlari, AICPAning «Kasbiy etika asoslari» Kodeksi, O’zbekiston 
auditorlarning kasbga oid axloq Kodeksi va boshqa auditga oid normativ-
huquqiy hujjatlar, auditorlik milliy standartlari 
Ichki hujjatlar 
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining hisob siyosati to’g’risidagi buyrug’i, 
auditorlik tashkilotlarining ichki standartlari 
O’zbekistonda moliyaviy hisobot shakllari va undagi ko’rsatkichlar Moliya 
vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Moliyaviy hisobotlarning namunaviy shakllari, 
tayyorlash qoidalari, taqdim etish muddatlari, ularni ko’rib chiqish va tasdiqlash 
tartibi O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni va 
korxonalarning chorak va yillik moliyaviy hisoboti shakllarini to’ldirish qoidalari 
bilan tartibga solinadi. Respublikamizda moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim 
etiladi: 
– soliq organlariga; 
– ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga; 
– davlat statistika organlariga; 
– qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisobotni hisobot yilidan keyingi 
yilning 15 fevralidan kechiktirmay topshiradi. Vazirliklar, idoralar, boshqa 
boshqaruv organlari va ayrim sub’ektlar uchun O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi hisobot taqdim etishning boshqa muddatlarini ham belgilaydi. Bozor 
iqtisodiyotini erkinlashtirish sharoitida, moliyaviy hisob-kitob ma’lumotlarini 
investor, kreditor, aktsiyadorlar o’rtasida elektron nashr qilishning ahamiyati katta. 
Bugungi kunda Moliya vazirligining 2012 yil 18 sentyabrdagi buyrug’iga muvofiq 
O’zbekiston Respublikasining “Hisob siyosati va moliyaviy hisobotlar” 
buxgalterlik hisobining milliy standartiga o’zgartirish kiritildi. O’zbekiston 


61 
Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16 iyuldagi “Statistika, soliq, moliyaviy 
hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-
tamoyillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoniga muvofiq 
yillik moliyaviy hisobotlardagi “Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot” 
shakli bekor qilindi. 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-
sonli buyrug’iga kiritilgan oxirgi o’zgartirishlardan so’ng moliyaviy hisobotlar 
tarkibi kuyidagilardan tashkil topgan (yirik korxonalar uchun): 
1. Yillik hisobot bo’yicha: 
1-sonli shakl – “Buxgalteriya balansi”; 
2-sonli shakl – “Moliyaviy faoliyat to’g’risida hisobot”; 
3-sonli shakl – “Pul oqimlari to’g’risida hisobot”; 
4-sonli shakl – “Xususiy kapital to’g’risida hisobot”. 
2a-sonli shakl – Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo’yicha ma’lumotnoma”; 
2. Choraklik hisobot bo’yicha: 
1-sonli shakl – “Buxgalteriya balansi”; 
2-sonli shakl – “Moliyaviy faoliyat to’g’risida hisobot”; 
2a-sonli shakl – Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo’yicha ma’lumotnoma”. 
Endi buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarida moliyaviy hisobotlar 
qanday yoritilganligini o’rganib chiqamiz. Buxgalteriya hisobini xalqaro standarti 
1-sonli “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish”da moliyaviy hisobotlarga shunday 
ta’rif berilgan. “Moliyaviy hisobotlar korxonaning ko’rinishi va holatini taqdim 
etish shakli hisoblanadi”. Ushbu standartda keltirilishicha, moliyaviy hisobotlarni 
asosiy maqsadi iqtisodiy qarorlarni qabul qiluvchilarning keng ommasi uchun 
foydali bo’lib, korxonaning moliyaviy holati va moliyaviy ko’rinishi hamda pul 
oqimlari to’g’risidagi axborot bilan ta’minlashdir. Moliyaviy hisobotlar korxona 
boshqaruv bo’g’inlariga ishonib topshirilgan resurslardan foydalanish natijalarini 
ham tasvirlaydi. Yuqoridagi maqsadlar jamlanib, moliyaviy hisobotlar korxona 
to’g’risidagi kuyidagi axborotlar bilan ta’minlaydi: aktivlar; majburiyatlar; kapital; 
daromad va xarajatlar, o’z ichiga tushum va zararlarni oladi; taqsimlangan ulushlar 


62 
va pul oqimlari. 
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlar 
kuyidagi tarkibda berilgan: davr oxiridagi moliyaviy ahvol hisoboti; davr 
davomidagi umumiy daromad hisoboti; davr davomidagi xususiy aktivlar 
o’zgarishi hisoboti; davr davomidagi pul oqimlari hisoboti; qaydnomalar va boshqa 
tushuntirishlar; korxona hisob dasturida nazarda tutilgan boshqa to’lovlar. 
Sertifikatlangan jamoatchi buxgalterlarning Amerika institutining ta’rifiga 
muvofiq, moliyaviy hisobotlar qayd etilgan hujjatlar birlashishini, ma’qullangan 
hisob tamoyillari va xususiy tamoyillarni, ularning muhimligiga ta’sirlarni nazarda 
tutadi. 
Fikrimizcha, moliyaviy hisobotlar xo’jalik jarayonlarini qayd etish bilan 
boshlanadigan buxgalteriya hisobi jarayonini yakuniy mahsulidir. Biznes 
faoliyatida moliyaviy hisobotlar turli xil iqtisodiy manfaati mavjud bo’lgan 
doiralarga xizmat qiladi. Quyida moliyaviy hisobotlarni ahamiyatli maqsadlarini 
tahlil qilib ko’raylik: 
Birinchidan, moliyaviy hisobotlarni asosiy maqsadi iqtisodiy manfaatdor 
tomonlar bilan aloqalar o’rnatish hamda iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda foydali 
bo’lgan miqdoriy va maqsadli axborotlarni etkazish; 
Ikkinchidan, moliyaviy hisobotlar investorlar va kreditorlarni maxsus talablarni 
qanoatlantirishni ko’zda tutadi; 
Uchinchidan, moliyaviy hisobotlar biznes korxonalarning daromadlari haqida 
ishonchli axborot bilan ta’minlash uchun tayyorlanadi hamda ularni kelajakda 
foyda olish salohiyatini belgilaydi. Bunday axborotlardan manfaatdor tomonlarga 
investorlar, kreditorlar, ta’minotchilar va ishchilarni kiritish mumkin; 
To’rtinchidan, moliyaviy hisobotlar soliq to’lovlari holati uchun asos bo’lib 
xizmat qiladi; 
Beshinchidan, moliyaviy hisobotlar kelajakda kutilayotgan foyda olish 
imkoniyatini aniqlashda axborotlar bilan ta’minlash vositasi hisoblanadi; 
Oltinchidan, moliyaviy hisobotlar iqtisodiy resurslar o’zgarishi haqida 
ishonchli axborotlar bilan ta’minlash vositasi hisoblanadi; 


63 
Ettinchidan, moliyaviy hisobotlar iqtisodiy faoliyat natijasida aniqlangan foyda 
hamda korxona sof aktivlaridagi o’zgarishlar haqida axborotlar bilan ta’minlash 
uchun tuziladi. 
O’zbekiston Respublikasida zamonaviy korporativ boshqaruv printsiplari to’la-
to’kis joriy etilishi uchun xalqaro talablarni hisobga olgan holda aktsiyadorlik 
jamiyatlarida 
korporativ 
boshqaruv 
tizimining 
samaradorligini 
oshirish, 
shuningdek, ularning investitsiya jarayonlarida hamda iqtisodiyotdagi tarkibiy 
o’zgarishlarni amalga oshirishda keng ishtirokini ta’minlash bugungi kunda 
dolzarb masalalardan biridir. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2015 yil 24 apreldagi “Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ 
boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4720 
Farmonining qabul qilinishi aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatini rivojlantirishda 
muhim hisoblanadi. Mazkur Farmonning 8-bandiga muvofiq “Aktsiyadorlik 
jamiyatlari faoliyatining ochiqligini oshirish, ular tomonidan xalqaro standartlar 
asosida audit va moliyaviy hisobot axborotini nashr qilish”
38 
belgilab qo’yilgan. 
Bu holat o’z-o’zidan aktsiyadorlik jamiyatlarida xalqaro audit standartlari asosida 
auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishni talab qiladi. 
MHXSga muvofiq buxgalteriya hisobi yuritish aktsiyadorlik jamiyatlarining 
har xil faoliyat turlari, faoliyat hududlari va yakuniy hisobda, butun mamlakat 
iqtisodiyot bo’yicha hisobotlar ularning asosida shakllantiriladigan umumiy 
iqtisodiy ko’rsatkichlar tizimini yaratish imkonini beradi. 
Hozirgi paytda taqdim etiladigan axborotning o’rinlilik va foydalilik nuqtai 
nazaridan moliyaviy hisobot sohasida eng e’tirof etilgan standartlar sifatida, 
shubhasiz, moliyaviy hisoboti xalqaro standartlari (MHXS) tan olinishi mumkin. 
MHXS taqdim etilayotgan axborot sifatini va uning muhim iqtisodiy qarorlar qabul 
qilishdagi foydaliligini ta’minlash uchun eng keng tarqalgan va tan olingan asos 
hisoblanadi. 
38
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy 
korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4720 Farmoni. 
www.lex.uz
  


64 
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi jarayoni moliyaviy hisobotlarni tuzish 
uchun me’yorlar bir xilligini, ya’ni millati, fuqaroligi va boshqa xususiyatlaridan 
qat’i nazar, dunyoning barcha ishbilarmonlari uchun tushunarli bo’lgan «universal 
til»ni talab qiladi. 
MHXSni ishlab chiqish barcha aktsiyadorlik jamiyatlari uchun bir xilda 
taqqoslanishi mumkin bo’lgan moliyaviy hisobotning standart shakllari va 
buxgalteriya hisobi tizimlarini yaratish zarurati bilan asoslanadi. Jahon fond 
bozorlarida ishlaydigan kompaniyalar moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun MHXS 
qo’llash tobora dolzarblashib bormoqda, chunki yirik moliyaviy operatsiyalar 
borasida asoslangan qarorlarni to’g’ri qabul qilish MHXS tavsiya qilgan barcha 
hisob me’yorlarini qo’llash bilan ta’minlanadigan, ishonchli va bir ma’noda 
tushuniladigan moliya axboroti asosidagina qilinishi mumkin. 
O’zbekistonda biznesning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi, chet el 
investitsiyalarini jalb qilish uchun sharoitlar yaratilishi butun jahon uchun 
tushunarli bo’lgan iqtisodiy muloqotdagi universal biznes tili – moliyaviy 
hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) o’rganish va foydalanish zaruratini 
taqozo etadi. Dunyo bozoriga chiqish, xalqaro kredit olish, xorijiy investitsiyalarni 
jalb qilish uchun moliyaviy hisobotni MHXSlari bo’yicha tuzish maqsadga 
muvofiqdir
39

O’zbekistonda moliyaviy hisobotlarini shakllantirish hozirgi paytda MHXS 
talablariga moslashish bilan bog’liq katta o’zgarishlarga uchramoqda. Hozirgi 
paytda O’zbekistonda MHXSga talab katta ekanligi asosida yotadigan bir nechta 
sabab mavjud. MHXSga o’tishning asosiy sabablaridan biri bu – tashkilotlarning 
moliyaviy natijalari va haqiqiy moliyaviy holati haqida ishonchli axborot yo’qligi 
tufayli O’zbekistonga investitsiyalar oqimining etarli emasligidir. Bugungi kunda 
milliy kompaniyalarning jahonagi eng yirik fond bozorlariga chiqish yo’li ularning 
MHXS tan olishidadir. Masalan, ayrim fond birjalariga milliy va xorijiy 
kompaniyalarni kiritish uchun shart bo’lib MHXS ga muvofiq tayyorlangan 
39
Tashnazarov S.N. Moliyaviy hisobotning MHXS bo’yicha transformatsiyasi zarurati, mohiyati va bosqichlari // 
“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2017 yil 


65 
moliyaviy hisobotlari mavjudligi hisoblanadi, masalan, Avstriya, Frantsiya, 
Germaniya, Italiya birjalarida. Boshqa birjalarda listingga kiritish uchun milliy 
qoidalar bo’yicha tayyorlangan moliya hisobotlari bilan bir qatorda MHXS 
bo’yicha moliyaviy hisoboti taqdim etishga ruxsat etiladi (masalan, Avstraliya, 
Daniya, Turkiya birjalarida).
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi 
“O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3946-son Qaroriga binoan O’zbekiston Respublikasida 
auditorlik tashkilotlari o’z faoliyatini to’liq auditning xalqaro standartlari asosida 
yuritishi belgilangan
40

MHXSga o’tishning boshqa bir sababi korxonalarning o’z aylanma mablag’lari 
kamchiligini kiritish mumkin bo’lib, shu boisdan kredit tashkilotlari tomonidan 
qarz oluvchi uchun foydali bo’lgan shartlarda taqdim etiladigan kredit resurslariga 
ehtiyoj o’sadi. Jahon xo’jalik aloqalarining kengayishi va globallashuv 
sharoitlarida mahalliy korxonalarning muvaffaqiyatli va yuqori sur’atlarda o’sishi 
uchun arzon qarz mablag’lari jalb qilish masalasi dolzarb hisoblanadi. Ma’lumki, 
rivojlangan mamlakatlar banklarida kreditlash shartlari O’zbekiston banklari 
shartlariga nisbatan foydaliroqdir. Bundan tashqari, rossiyalik kompaniyalar 
foydali shartlarda xorijiy kredit resurslari olishining asosiy shartlaridan biri bu 
tashkilotlarda MHXS bo’yicha tuzilgan moliyaviy hisobotlari mavjudligi 
hisoblanadi. Bu esa shu bilan bog’liqki, MHXS bo’yicha hisobot tashqi 
foydalanuvchilarga kompaniyaning mulkiy va moliyaviy holati haqida eng o’rinli 
axborot beradi, binobarin, bunday axborot investorlar va kreditorlar tomonidan 
boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun foydalanilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi hududida moliyaviy hisoboti xalqaro standartlarining 
rasmiy tan olinishi va joriy qilinishi mamlakatda kapital bozorining axborot nuqtai 
nazaridan ochiqligini ta’minlash hama qulay investitsiya muhiti yaratish yang 
muhim qadam hisoblanadi.
40
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida auditorlik 
faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3946-son Qarori. 
www.lex.uz
  


66 
O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobining milliy standartlari 
bo’yicha tayyorlangan moliyaviy hisobotlarining muammolari buxgalteriya hisobi 
metodologiyasi bilan asoslanadi. Buxgalteriya hisobi milliy standartlarini xalqaro 
standartlarga yaqinlashtirish variantlari quyidagi rasmda (3.1-rasm) aks ettirilgan. 
Milliy buxgalteriya standartlari ularning maksimal darajada bir xil bo’lishini 
ta’minlab, MHXSga moslashtirishda davom etmoqda. 

tải về 2.74 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   110




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương