O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova


Psixologiyaning fan sifatida shakllanishi



tải về 2.94 Mb.
Chế độ xem pdf
trang7/346
Chuyển đổi dữ liệu17.03.2024
Kích2.94 Mb.
#56861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   346
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya
oilaviy-tizimni-tadqiq-etish
Psixologiyaning fan sifatida shakllanishi 
Insonda jismoniy tanadan tashqari undan farqlanuvchi yana nimadir borligi 
haqidagi tasavvurlar qadimdanoq mavjud bo’lgan. Eng qadimgi davrlardayoq 
inson tush ko’rish hodisasi orqali ayrim odamlarning noyob qobiliyatlari (masalan, 
ovdagi muvaffaqiyatlar) o’lim va boshqa hodisalarning sabablarini tushuntirishga 
intilgan. Ammo dastlabki qarashlar mifologik xarakterda edi. Ular fikrlash orqali 
emas, ko’r-ko’rona ishonch vositasida egallanardi. Ruh haqidagi qarashlar 
ko’pincha nafas bilan bog’lanardi, ruhni esa uchar mahluq sifatida tasavvur 
etardilar. 
Psixologiya haqidagi fikrlar qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ilk 
davrlarda psixologik xususiyatlarni jonning ishi deb tushuntirilgan. Jonning o’zi 
esa odam tanasidagi maxsus ikkilamchi jism deb qaralgan. Bunday tasavvurlar 
"animizm" deb ataladi. Animizm so’zi -anima "jon" degan ma'noni anglatadi. Jon 
o’z mohiyatiga ko’ra olovsimon uchqundan iborat ekanligi Geraklit tomonidan, 
yoki olovsimon atomdan iboratligi Demokrit tomonidan ta'kidlangan. 
Platonning "ideyalar tug’ma bo’ladi" degan g’oyalari psixologik fikr 
taraqqiyotiga juda katta hissa qo’shdi. Platon ta'limotiga ko’ra "ideyalar" mohiyati 
abadiy va o’zgarmas, ularning tabiiy olamdan tashqarida oliy olam mavjud bo’lib, 
ularni odam ko’zi bilan ko’ra olmaydi. 
Platon psixologiyada "dualizm" oqimining asoschisi hisoblanadi. Dualizm 
so’zi ikki yoqlamalik yoki ikki mustaqil fikr degan ma'noni anglatadi. Dualizm 
ta'limoti mohiyati moddiy va ruhiy olam tana va psixikaning bir-biriga bog’liq 
bo’lmagan holda mavjud bo’lib, azaldan qarama-qarshi narsalar deb tushuntiradi. 
Platonning dualizm shogirdi Arastu (Aristotel eramizdan oldingi IV asr 
384-322 yillar) tomonidan birmuncha muvaffaqiyatli bartaraf etildi. Aristotelning 

tải về 2.94 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   346




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương