O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar.
1. Jismoiny madaniyat va sport harakatida jismoniy tarbiya tizimi qanday
tarmoqlarga va yo‘nalishlarga ega?
2. Jismoniy tarbiya tizimining tarmoqlarida harakatli o‘yinlardan qaysi yo‘llar
bilan foydalaniladi?
3. Umumta’lim o‘rta maktablarida tashkil etiladigan harakatli o‘yinlar qaysi
tamoyillar asosida bajariladi?
4. O‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida harakatli o‘yinlar qanday shakllarda
o‘tkaziladi?
5. Kasb-hunarlarga (ishchi, ziyoli, dala mehnatkashlari, yong‘inga qarshi
kurashish, harbiy xizmat va h.k)qaratilgan qanday harakatli o‘yinlarni bilasiz?
6. Oila va bog‘chalarda harakatli o‘yinlar mazmunida asosan nimalarga e’tibor
kuchli bo‘ladi?
7. Nogironlar sporti va undagi harakatli o‘yinlarni bilasizmi?
8. Davolash muassasalarida (shifoxona, dam olish uylari, sanatoriya,
sog‘lomlashtirish markazlari va h.k) harakatli o‘yinlar qanday tashkil etiladi?
9. Yangi o‘yinlarni ixtiro qilishga qiziqqanmisiz?
Milliy harakatli o‘yinlarning ijtimoiy pedogogik xususiyatlari va uni
takomillashtirish muammolari.
Ta’lim tarbiyaning kaliti pedogogik jarayonlar hisoblanadi.Shu o‘rinda jahon
poeziyasining namoyandalaridan biri Rasul Xamzatovning “Eshikni tepma, kalitini
burasang o‘zi ochiladi” – hikmatli iborasi ta’lim tarbiyaga to‘g‘ri keladi.
Respublika Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Har qaysi davlat, har
qaysi millat nafaqat yer osti va yer usti tabiiy boyliklari bilan, harbiy qudrati va
ishlab chiqarish salohiyati bilan balki birinchi navbatda, o‘zining yuksak
madaniyati va ma’naviyati bilan kuchlidir”.
Yuksak madaniyat esa, ta’litm – tarbiya jarayonida shakllanadi, rivoj topadi
va takomillashadi. Pedogogik ta’limning muhim bosqichlaridan biri jismoniy
tarbiya hisoblansa, uning mazmunlarida xilma-xil mashqlar sport turlari,
sayohatlar, tabiatning sog‘lomlashtiruvchi (quyosh, suv, havo, gigienik talablar)
omillari qatorida harakatli o‘yinlar mustahkam o‘rin egallaydi.
Boshida ta’kidlaganidek, insonlarning tabiiy harakatlarini maxsus jismoniy
mashqlar va milliy harakatli o‘yinlar orqali tarbiyalanadi, ularning rivojlanishi va
takomillashishida xizmat qiladi. Ayniqsa, jismoniy xolatlar va insoniy fazilatlarni
shakllantirish, ularni tobora kengaytirishda muhim omillardan bo‘lib hisoblanadi.
Deyarlik, barcha harakatli o‘yinlar aqliy, estetik, mehnat va ahloqiy tarbiya
bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi. Shu asosda bolalar nutqini o‘stirish, til boyligini
kengaytirish, ruhiy emotsional xolatlarni (zukko, quvnoqlik, shodlik,xursandlik va
h.k) rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir.
Onglilik ko‘rish, eshitish, his etish kabi tuyg‘ularni rivojlantirishda mazmun va
maqsad jig‘atdan qo‘llash uchun o‘yin g‘oyat ko‘p. Masalan: Tunda oy yorug‘ida
“Oq suyak” o‘yinini yoshlar va katta yoshdagi kishilar aralashib o‘ynashgan.
Bunda ko‘z yumuq xolda uzoqqa otilgan suyakning yerga tushishini eshitish, his
etish talab etiladi. Suyakni topib manzilga yetkazishda tezlik, epchillik va kuch
zarur bo‘ladi.Chunki, suyakni raqiblar tortib olishi kerak.
“Ovchilar”, “G‘ozlar”, “Kartoshka ekish”, turli estafetali o‘yinlarda hatto
harakatlar yugurish, yiqilishlar,to‘p tushirishb qo‘yish va uni ushlab olish kabi
xolatlar raqiblarining zavqini oshirsa,jamoa a’zolarining zavqini qo‘zg‘aydi.
Tomashabinlarda kulgi-shodlikni oshiradi. “oq terkami, ko‘k tera”, “G‘ozlar” kabi
o‘yinlardagi qo‘shiq she’rlarning kuylanishi-aytilishi o‘yinchilarda nutqni o‘stirish
tomoq yo‘llarini chiniqtirishda o‘ziga xos tarbiyaviy jihatlar mavjuddir.
Harakatli o‘yinlarning eng muhim va ustuvor tomonlari shundaki, o‘yin
joylari ma’lum chegara bilan belgilanadi.hamda o‘yin qoidalariga to‘liq rioya
qilishni talab etiladi.O‘yin qoidalarini bilib-bilmay buzganlarga jarima yoki shartli
jazolar beriladi.
O‘yinlarning tartibli, mazmunli va qiziqarli bo‘lib o‘tishida, o‘qituvchi va
faol o‘qvchilarning roli g‘oyat kattadir. O‘yinlarni o‘tishini nazorat qilishda
hakamlar (faol o‘quvchilar yoki jismonan ojiz bolalar) adolatli ish olib borishadi.
Bundan tarbiyaviy jihatlar milliy harakatli o‘yinlarning pedogogik jarayonlardagi
ibratli tadbirlardan deyish mumkin.
Ko‘rgazmali ya’ni didaktik tamoyillar (prinsip) va usullar, harakatli
o‘yinlarni o‘rganish, ularni o‘tkzishda ko‘p qo‘llaniladi. Maydon yoki o‘yin
joylarini chizib ko‘rsatish, qoidalarni qo‘llar bilan ifodalash, o‘yinchilarning texnik
harakatlarini chizishda (rasm sxema) ifodalashlar muhim ahamiyatga egadir.
Jadvallar chizmalar (sxema), slaydi, video tasvirlar va boshqa texnik vositalardan
foydalanishda harakatli o‘yinlarning ijrosini to‘la aks ettiriladi.Bu xolatlarni
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilari izchil va mukammal egallashlari lozim
bo‘ladi.
O‘yinlarning ijtimoiy-pedogogik xususiyatlarin mazmuniy jihatdan o‘rganish va
tahlil qilish ularni o‘quvchi-yoshlar, talabalar va katta yoshdagi kishilar o‘rtasida
tashkil qilishda ana shu maqsadlarni belgilab beradi. Shu sababdan talabalar kurs,
diplom (bitiruv) ishlarini tayyorlashda milliy harakatli o‘yinlarni chuqurroq
o‘rganish, ularning tarbiyaviy jihatlariga e’tiborni jalb qilish maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
Xalq pedogogikasi va ma’naviy ma’rifiy madaniyatimiz o‘quvchi yoshlarni
ma’naviy hamda jismoniy kamolotga yetkazish yo‘llarini aniq belgilab bergan. Bu
yo‘lda “Davlat ta’lim standartlari”, kadrlar tayyorlash milliy dasturi, sog‘lom avlod
uchun davlat dasturi va boshqa bir qator rasmiy manba’lar keng yo‘l ochib
berganligini e’tirof etmoq kerak.
Ma’lumki, aksariyat ko‘pchilik jismoniy tarbiya o‘qituvchilari harakatli o‘yinlarni
ikkinchi darajali deb hisoblashadi. Shu tufayli sport o‘yinlari, gimnastika, yengil
atletika kurash kabi darslarda harakatli o‘yinlarni nomigagina (yuzaki) tashkil
qilishadi.
“Harakatli o‘yinlar” uchun alohida ajratilgan (dasturda) soavtlarni ham
boshqa turlarga qo‘shib yuboradi.Shuningdek, milliy harakatli o‘yinlarning
ijtimoiy pedogogik xususiyatlari haqida yetarlicha ma’lumot berishmaydi,
boshqalar hatto eslamaydilar ham.
Kuzatishlar, suhbatlar, rasmiy murojaatlarning natijalariga asoslanilsa,
umuta’lim o‘rta maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari hamda oliy
o‘quv yurtlarida O‘zbek xalq milliy o‘yinlaridan yetarli darajada
foydalanilmaydi.Chunki, sof milliy o‘yinlar to‘plami hozirgacha ishlab
chiqilmagan yoki ular nashrda tayyorlanmagan. Mavjud bo‘lgan “harakatli
o‘yinlar”to‘plamlarida (adabiyot ro‘yxatiga qarang)har-xil millatlarga xos (tobe)
bo‘lgan o‘yinlar ko‘proq berilgan va shu bilan birgalikda ular aralash-quralash
xolda joylashtirilgan.
Ta’kidlash lozimki, harakatli o‘yinlar mazmunida barcha jismoniy sifatlar
mujassamlangan bo‘lsada, ularni turkumlarga ajratishda umumiy mulohazalar
berilgan Shu sababadan keyingi nashrlarda to‘plamlardagi milliy harakatli
o‘yinlarni har bir jismoniy sifatlarga (tezlik, epchillik, kuchlilik chidamlilik,
egiluvchanlik va h.k) alohida ajratish lozim. Bu o‘z navbatida o‘yinlarni
darslarning turlari (gimnastika, yengil atletika, kurash sport o‘yinlari) va sport
mashg‘ulotlarining (trenirovka)mazmuniga moslashtirib qo‘llashda qulaylik
yaratadi. Shu bilan birga o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi (guruhlar) qarab
o‘yinlarni tashkil qilish imkoniyatlari yaratiladi.
E’tiborli tomonlardan yana biri shuki,tuman-shahar va viloyatlardagi malaka
oshirish hamda qayta tayyorlash kurs-seminarlari , institutlarda milliy harakatli
o‘yinlarning ijtimoiy pedagogik xususiyatlarini keng ko‘lamda izohlabberish,
tinglovchilarni yangi o‘yinlarni yozib, ularni nashrga tayyorlash kabi faoliyatlarga
jalb etish lozim.
Milliy harakatli o‘yinlarning jamiyat va davlat oldidagi ahamiyatlari
aholining jismoniy tayyorgarliklarini yanada yaxshilash, o‘quvchi yoshlar va
talabalarning jismoniy barkamolligini oshirish va boshqa sohalardagi tadbirlarda
mazkur muammolarni keng targ‘ibot qilish zarur bo‘ladi.
Bunda quyidagi imkoniyatlardan keng va maqsadli foydalanish lozim
bo‘ladi ya’ni:
-o‘quv yurtlari va ourrli mehnat jamoalari, muassasalar, mahallahamda qishloq
joylarida “sport” devoriy gazetasi va boshqa nomdagi mahalliy matbuotlarda milliy
harakatli o‘yinlarning inson tarbiyasi dagi afzalliklarini doimo yoritib borish;
-Tuman – shahar radiolarida milliy o‘yinlarning turlari shakllari va mazmuniga
keng o‘rin berish;
-Viloyatlar va markaziy gazetalar, jurnallar hamda rasmiy to‘plamlar va
teleradiolarda milliy harakatli o‘yinlar mazmunini berib va yoritib borish;
-Mutasaddi tashkilotlar, tegishli idoralar hamkorligida milliy harakatli
o‘yinlarningto‘plamlarini ko‘proq chiqarish;
-Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlar dasturida milliy o‘yinlarga alohida o‘rin
berish;
-Ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanuvchilar, magistrlar, aspirantlar,va talabalarga
milliy harakatli o‘yinlar bilan bog‘liq dolzarb muammolarni mavzu qilib berish.
Xulosa shundaki, milliy harakatli o‘yinlarning ijtimoiy pedogogik xususiyatlari va
ularni yanada takomillashtirishmuammolari ilmiy nazg‘ariy jihatdanchuqurroq
o‘rganishni talab etadi. Ularning natijalarini esa, matbuot, nashriyot mahsulotlari
orqali ommalashtirishni hayotning o‘zi talab etadi.
Chia sẻ với bạn bè của bạn: |