Mavzu: Xotira haqida tushuncha va uning nerv-fiziologik asosi. Reja



tải về 20.6 Kb.
Chuyển đổi dữ liệu01.05.2024
Kích20.6 Kb.
#57439
MTI Xotira haqida tushuncha va uning nerv-fiziologik asosi
БИРЛИК ОМБОР ДАФТАРИ ЯНГИоооооо 4

Mavzu: Xotira haqida tushuncha va uning nerv-fiziologik asosi.
Reja:

  1. Xotira haqida tushuncha.

  2. Sòz-mantiqiy xotira.

  3. Operativ xotira.

Xotira - biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayoni.


So‘z-mantiqiy xotira - fikrlar, tushunchalarni esda olib qolish, saqlash va eslash.
Operativ xotira - inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol tezkor harakatlar, usullar uchun xizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi mnemik holat.
Xotira – shaxs psixik hayotini belgilab beruvchi xususiyat. Uning ahamiyati o‘tmish voqealarini qayd etish bilan cheklanmaydi. Axir hozirgi zamondagi hech qanday harakatni jarayonlardan tashqarida tasavvur qilib bo‘lmaydi; eng oddiy psixik aktning sodir bo‘lishida har bir elementni keyingisiga bog‘lash uchun esda saqlab qolish katta ahamiyatga ega. Bunday bog‘lanishga layoqatsiz bo‘lgan insonning rivojlanishi mumkin emas.
Faqat xotira insoniylik madaniyatining yo‘qolib ketmasligiga, tafakkurimizning tadbiq etilishiga va tuyg‘ularimizning kechishiga ko‘mak beradi. Bosh miya po‘stlog‘ida paydo bo‘ladigan tashqi olam obrazlariizsiz yo‘qolib ketmaydi. Ular uzoq vaqt davomida saqlanib qoladigan iz qoldiradilar. Psixikamizdagi xotira ularning zahirasi bo‘lib xizmat qiladi. Unda kechadigan barcha jarayonlar mnemik jarayonlar deb ataladi (yunonchadan «mnema» - xotira).
SHunday qilib, xotira – bu inson tomonidan o‘tmish tajribasini esda olib qolish, saqlash va keyinchalik eslashning psixik jarayoni. Inson hayotida xotiraning o‘rni beqiyosdir. Xotirasiz inson «abadiy go‘daklik holatida» qolgan bo‘lar edi (I.M. Sechenov). S.L. Rubinshteyn ta’kidlaganidek: «Xotirasiz daqiqa mavjudotlari bo‘lar edik. O‘tmishimiz kelajak uchun o‘lik bo‘lardi. Hozirgi zamon kechmishiga ko‘ra o‘tmishda badar yo‘qolardi» .
Xotiraning nerv-fiziologik asosida bosh miya po’stida hosil bo’ladigan shartli reflekslar, turli assotsiativ bog’lanishlar yotadi. Lekin, odam esda olib qolish paytida assotsiatsiyalar hosil bo’lganligini mutlaqo sezmaydi. Har xil assotsiatsiyalarning hosil bo’lganini odam keyinchalik biror narsani esga tushirish paytida bo’ladi. Xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlari xususida to’xtalar ekanmiz, so’nggi yillarda texnikaning g’oyat tez rivojlanishi natijasida turli esda olib qoluvchi apparatlarga bo’lgan ehtiyoj benihoya ko’payib ketganligini ta’kidlash joiz. Bu o’z navbatida xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlarini psixolog va fiziologlardan tashqari injenerlar, bioximiklar, genetiklar hamda kibernetiklar tomonidan o’rganilishiga olib keldi. Natijada xotiraning nerv fiziologik mexanizmlarini tushuntiruvchi bir qancha yangi nazariyalar maydonga keldi. Ana shunday nazariyalardan eng muhimi molekulalarning o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan bioximik nazariyadir. Bu nazariyaga ko’ra biror narsani esda olib qolish va esda saqlab turish maxsus tuzilishni o’zgarishi bilan bog’liqdir. O’tkazilgan tekshirishlarga ko’ra, biror narsa esda olib qolinganda, asosan nerv hujayralarining (neyronlarning) dendrit shoxlari tarkibida o’zgarish yuzaga keladi. Ular qandaydir boshqacharoq tuzilishga kirib oladilar. Dendritlar tuzilishidagi hosil bo’lgan o’zgarish darrov o’tib ketadigan bo’lmay, ancha mustahkam bo’ladi. SHu sababli esda olib qolgan narsa uzoq vaqt xotirada saqlanib turadi.
Xotiraning psixik jarayon sifatida o‘ziga xos xususiyati uning atrof-olamni bevosita aks ettirishga yo‘nalmaganligi, moddiy jismlar va hodisalar bilan ish eritmasligidan iborat. Jismlar olamini aks ettirish idrok va tafakkurda amalga oshiriladi. Xotira qabul qilingan obraz va tushunchalarni «ikkinchi aks ettirish» bilan ish ko‘radi.
Har bir bilish jarayoni uzluksiz xotiraga aylanadi, va har bir xotira biror bir boshqa narsaga aylanadi. Har bir psixik jarayon boshqa jarayonni amalga oshirishning sharti bo‘lib xizmat qiladi (yoki o‘sha jarayonning keyingi bosqichi). Bu uning «ikkilamchi» mahsulotga aylanib, tasavvurda amalga oshish qobiliyatiga ega bo‘lishini, jarayonning keyingi rivojlanishi uchun tayanch vazifasini o‘tashi mumkinligini bildiradi.
Xotiraning keyingi xususiyati uning bir yo‘nalishga: o‘tmishdan kelajakka qaratilganligidir. Inson xotirasining asosiy ishlash mexanizmi uning kelajakka yo‘naltirilganligidir. Xotiraning asosiy vazifasi uning kelajakka xizmat qilishidir. O‘tmishni aks ettirish kelajakda natijaga erishishning vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Xotira xususiyatlarining orasida uning quyidagi tabiiy xossalari ajratiladi:
- yodda saqlash tezligi – axborotni xotirada saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan takrorlashlar soni;
- unutish tezligi – esda qolganlarning xotirada saqlanish muddati;
- yodda saqlash hajmi – insonning ma’lum vaqt ichida esda olib qolishga qodir bo‘lgan jismlar yoki dalillar soni;
- o‘zlashtirilganlarni yodda saqlash davomiyligi – insonning zarur axborotni ma’lum vaqt oralig‘ida yodda olib qolish qobiliyati;
- qayta tiklash aniqligi insonning xotirada saqlanib qolgan axborotni aniq saqlash, asosiysi esa, aniq ishlab chiqish qobiliyati;
- xotira shayligi – talab etilganlarni darhol esga tushirish malakasi.
Xotira qaerda saqlanadi? Ming yillar davomida tibbiyot xodimlari xotiraning saqlanish joyi – bosh miya ekanligiga ishonar edilar. O‘tgan asrda avval xotiradan ko‘tarilgan voqealar haqidagi axborotni o‘timish qa’ridan yuzaga chiqarish qobiliyati uchun javobgar bo‘lgan bosh miya nuqtalarini izlash ishlari boshlab yuborilgan edi. Lekin miya qutisi qancha tadqiq etilmasin, axborot to‘plash va saqlash vazifasini bajaruvchi hech qanday soha aniqlanmadi. Ma’lum bo‘lishicha, bu vazifani yaxlit miyaning o‘zi, uning yarim sharlari bajaradi.
Xotira – shaxs psixik hayotini belgilab beruvchi xususiyatdir. Uning ahamiyati o‘tmish voqealarini qayd etish bilan cheklanmaydi. Axir hozirgi zamondagi hech qanday harakatni jarayonlardan tashqarida tasavvur qilib bo‘lmaydi; eng oddiy psixik aktning sodir bo‘lishida har bir elementni keyingisiga bog‘lash uchun esda saqlab qolish katta ahamiyatga ega. Bunday bog‘lanishga layoqatsiz bo‘lgan insonning rivojlanishi mumkin emas.
Faqat xotira insoniylik madaniyatining yo‘qolib ketmasligiga, tafakkurimizning tadbiq etilishiga va tuyg‘ularimizning kechishiga ko‘mak beradi. Bosh miya po‘stlog‘ida paydo bo‘ladigan tashqi olam obrazlariizsiz yo‘qolib ketmaydi. Ular uzoq vaqt davomida saqlanib qoladigan iz qoldiradilar. Psixikamizdagi xotira ularning zahirasi bo‘lib xizmat qiladi. Unda kechadigan barcha jarayonlar mnemik jarayonlar deb ataladi (yunonchadan «mnema» - xotira).
SHunday qilib, xotira – bu inson tomonidan o‘tmish tajribasini esda olib qolish, saqlash va keyinchalik eslashning psixik jarayoni. Inson hayotida xotiraning o‘rni beqiyosdir.
Biz xotiramizning mavjudligiga shukronalar aytmog‘imiz lozim . U bizni noto‘g‘ri ishlashdan qaytarishdan tashqari, berilgan vaqtimizni to‘g‘ri taqsimlashga, hayotimizni to‘g‘ri belgilab olishimizga yordam beradi. Oilamizni tanish, o‘zimizning tilda gapirish, uyimizni topib kelish va oziq-ovqat va suv topish imkonini beradigan jarayon, bizning xotira hisoblanadi. U tajribalarimizdan bahramand bo‘lishga,tajribalarni xayotga tatbiq qilishga va yana qayta undan zavq olishga imkon beradigan jarayon albatta bizning xotira hisoblanadi Kimlarningdir yomonliklarini unutishimizga qarshilik ko‘rsatadigan xam bizning xotiralar hisoblanadi.
Sizning esda olib qolganingizjuda katta rol o‘ynaydi. Sizning to‘plagan bilim omboringiz, o‘tgan quvonch, g‘azab tufayli alamli xotiralar, yoki aybdorlik xisi xotira jarayonisiz mavjud bo‘lmagan bo‘lar edi.
Tokio universiteti professori YAsudzi Miyasito rahbarligidagi tadqiqotchilar guruhi xotira mexanizmi bosh miya kul rang moddasining chakka qismida jamlanganini isbotladi. Xotira faoliyati chizmasini kashf etgan yaponiyalik olimlar dunyoga mashhur bo‘lgan akademik va neyrofiziolog N.P. Bextereva tasdiqlangan fikrlarni isbotladilar: miya hayotimizning har bir soniyasini esda saqlaydi, lekin bizga ayni damda u yoki bu masalalarni hal etishda zarur bo‘lganlarni yuzaga chiqaradi, xolos. Va, faqat ba’zi vaziyatlarda, masalan, cho‘kayotgan odamning ongida oxirgi daqiqalarda uning ko‘z o‘ngida butun hayoti yashin tezligida uchib o‘tadi; bunda miya unga so‘nggi imkoniyatni beradi: balki, avval senda shunga o‘xshash vaziyat bo‘lgandir, o‘sha usulni qo‘llab, omon qolishing mumkin.
Xotiraga tegishli bo‘lgan fizikaviy, kimyviy, biokimyoviy, fiziologik, axborotli-kibernetikaviy nazariyalar, shuningdek, psixologik nazariyalar guruhlarii mavjud. Bunday nazariyalar ichida xotira faoliyati qonuniyatlarini tushunish va uni boshqarish usullarini ishlab chiqishda foydali bo‘lgan psixologik nazariyalarni ko‘rib chiqamiz.
Xotiraning ilk psixologik nazariyalaridan biri XVII asrda yuzaga kelgan, birinchi bo‘lib XVIII-XIX asrlarda Angliya va Germaniyada ishlab chiqilgan assotsiativ nazariya hisoblanadi. Ushbu nazariya asosida V osnove dannoy teorii lejit ponyatie assotsiatsiya – G. Ebbingauz, G. Myuller, A. Pilseker va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan psixikaning alohida noyob hodisalari o‘rtasidagi aloqa tushunchasi yotadi. Bu nazariyaga asosan xotira o‘xshashligi, vaqt va fazoviy yaqinligi bo‘yicha barqaror bo‘lgan qisqa va uzoq muddatli assotsiatsiyalarning murakkab tizimi sifatida tushuniladi. Ushbu nazariyaga binoan, ko‘plab qonunlar, xususan, G. Ebbingauzning unutish qonuni kashf etilgan.
Dastlabki soat davomida qabul qilingan ma’lumotning 60% gacha bo‘lgan qismi unutiladi, olti kundan so‘ng esa birinchi marta yodlab olingan matnning 20% dan kamroq qismi saqlanib qoladi. Vaqt o‘tishi bilan assotsiativ nazariya bir qator hal etilishi zarur bo‘lgan muammolar bilan to‘qnashdi, ulardan asosiysi inson xotirasining tanlab o‘tkazish xususiyatini tushuntirib berish edi.
XIX asrning oxirida assotsiativ nazariya geshtalt nazariyasi bilan almashindi. Bu nazariya uchun boshlang‘ich tushuncha va shu bilan birga, asosida xotiraning noyob hodisalarini tushuntirib berish mumkin bo‘lgan bosh tamoyil sifatida birlamchi elementlarning assotsiatsiyasi emas, balki, ularning dastlabki, yaxlit tashkiloti – geshtalt namoyon bo‘ldi. Aynan, geshtaltning shakllanish qonunlari ushbu nazariya vakillari (V. Vundt, E.B. Titchener va boshqalar)ning fikriga ko‘ra, xotirani belgilab beradi. Bu nazariya tarafdorlarining asosif fikri shundan iboratki, esda olib qolish va eslashda ma’lumot, odatda, assotsiativ asosda tarkib topgan elementlarning tasodifiy to‘plami emas, balki, yaxlit tuzilma sifatida namoyon bo‘ladi. Keyinchalik geshtalt nazariyasi ham qator qiyinchiliklar, xususan, inson xotirasining filo- va ontogenezda shakllanishi va rivojlanishining murakkab muammosi bilan to‘qnash keldi. Gap shundaki, odamdagi xotira jarayonlarini ajratuvchi motivatsion holatlar va geshtaltlarning o‘zlari ham tarafdorlari tomonidan oldindan belgilangan va rivojlanmaydigan hosilalar sifatida qabul qilingan edi. Bu bilan xotira genezisi haqidagi masala ustidagi bahslar o‘z nihoyasiga etdi.
Bixeviorizm va psixoanaliz vakillari ham xotira genezisi haqida qoniqarli javob topa olmadilar. Bixeviorizmchilarning xotira yuzasidan qarashlari assotsianistchilarning qarashlari bilan mos kelgan edi. Ular o‘rtasidagi yagona farq bixeviorizmchilarning materialni esda olib qolishdagi yordamning o‘rnini alohida ta’kidlab, o‘rganish jarayonlarida xotira faoliyatini o‘rganishga katta e’tibor qaratgan edilar (D. Uotson, E. Torndayk). Lekin bixeviorizmchilar insondagi ongli faoliyat va shaxs xususiyatlarining yordamga bog‘liqligini chetlab o‘tdilar.
tải về 20.6 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương