Mavzu: Jahon xo’jaligi va uning evolyutsiyasi


Valyuta kurslariga bevosita ta‘sir ko’rsatuvchi omillar



tải về 32.97 Kb.
trang11/13
Chuyển đổi dữ liệu25.11.2023
Kích32.97 Kb.
#55779
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Valyuta kurslariga bevosita ta‘sir ko’rsatuvchi omillar ham mavjud:

  • Milliy daromad va ishlab chiqarish xarajatlar darajasi;

  • Milliy iste‘molchilarning real xarid qilish layoqati va mamlakatdagi inflyatsiya darajasi;

  • Valyutalarga talab va taklifga ta‘sir ko’rsatuvchi to’lov balans holati;

  • Mamlakatdagi foiz stavkasi darajasi;

  • Valyutaga jahon bozoridagi ishonch h.k.

Xalqaro valyuta fondi (XVF) o’ziga a‘zo mamlakatlarning valyuta kursi va to’lov balanlarini tartibga soladi, kreditlar ajratadi, to’lov tizimlarini va tashqi qarzlarini nazorat qiladi.
Yevropa valyuta tizimi 1979 yilda Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga kiruvchi davlatlar tomonidan valyuta kurslarini barqarorlashtirish maqsadida tashkil etilib, bu davlat o’rtasidagi to’lov jarayonlarida amal qiluvchi Yevropa valyuta birligi EKYu muomalaga kiritiladi.
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi (IVI) - Yevropa valyuta tizimi amal qilishi natijasida tashkil etilib, u quyidagilarni taqozo etadi:

  • Moliya bozorlarining to’liq itegratsiyalashuvi;

  • Kapitallar harajatining to’liq erkinlashuvi;

  • Barcha valyutalarning to’liq konvertatsiyasining ta‘minlash va piravordida milliy valyutalarni yagona valyuta bilan almashtirish.

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB) ham faoliyati halqaro valyuta-moliyaviy munosabatlarni tartibga solishga yo’naltirilgan bo’lib, u o’zining ikkita filiali – Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) hamda xalqaro rivojlantirish assotsiatsiyasi (XRA) bilan birgalikda Jahon banki tarkibiga kiradi.
Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK)ning faoliyati ustun ravishda rivojlanayotgan mamlakatlarning xususiy sektorini moliyalashtirishga yo’naltiriladi.
Xalqaro rivojlanish assotsiyasi (XRA)ning asosiy faoliyati esa ko’proq qoloq mamlakatlarga imtiyozli yoki foizsiz kreditlar ajratishga qaratilgan.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IRHT) tarkibiga barcha sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlar keradi.
Xalqaro hisoblashuvlar banki (XHB) Shveytsariyaning Bazel shahrida joylashgan bo’lib, u xalqaro moliyaviy tashkilot hisoblansada, bank faoliyatining xalqaro tartibga solishda yetakchi rol o’ynaydi. U o’z tartibiga 70 dan ortiq markaziy banklarni kiritgan bo’lib, ular o’zlarining oltin-valyuta zahiralarini XHB hisob varaqalarida saqlaydilar.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) sharqiy Yevropa hamda sobiq ittifoq mamlakatlariga valyuta –moliya sohasidagi ko’maklashishni muvofiqlashtirish maqsadida 1990 yilda tashkil etildi. Bugungi kunda ko’rsatib o’tilgan davlatlararo tashkilotlarning xalqaro valyuta-moliya sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va yanada takomillashtirishga qaratilgan faooliyatning ahamiyati tobora oshib bormoqda . Bundan keyin ham bu banklarning moliyaviy-iqtisodiyo yordami zarur bo’lib keladi.



tải về 32.97 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương