Ilmiy kashfiyotlar, kashfiyot obyektlari, kashfiyotni aniqlash tartiblari


Bir–biri bilan o‘zaro aloqador konstruktiv elementlar (detallar, bo‘g‘inlar va hokazo) ning majmui



tải về 0.5 Mb.
trang2/4
Chuyển đổi dữ liệu23.04.2024
Kích0.5 Mb.
#57346
1   2   3   4
Ilmiy kashfiyotlar, kashfiyot obyektlari, kashfiyotni aniqlash t

1. Bir–biri bilan o‘zaro aloqador konstruktiv elementlar (detallar, bo‘g‘inlar va hokazo) ning majmui;
Misol: “o‘t o‘chirish mashinasining ichki yonuv dvigateli uzatmalar qutisi, tishlashish muftasi, kardan vali, oraliq tayanchlarni o‘z ichiga olgan transmissiyasi, shu bilan farklanadiki, u ichki yonuv dvigateli uzatmalar qutisi bilan tishlashish muftasi orqali ulangan gidrodinamik mufta bilan jihozlangan (ixtirochilar M.X.Mahmudov va A.T.Irgashev, 1994 y.).
2. Elementlar (detallar va bo‘g‘inlar)ning o‘zaro joylashishi;
Misol: favvora bo‘lib yonib turgan quduqlarni o‘chirish qurilmasi ichida tortish mexanizmlari bilan kanat vositasida bog‘langan to‘r joylashgan korpusdan iborat bo‘lib, shu bilan farklanadiki, u qo‘shimcha to‘rli rama bilan jihozlangan, korpus esa giperboloid shakliga ega bo‘lgan diffuzor ko‘rinishida ishlangan, bunda to‘r diffuzorda uning kichik asosida, qo‘shimcha to‘rli rama esa diffuzorning tashqi tomonida uning katta asosi darajasida joylashtirilgan (ixtirochilar B.E.Qosimov va boshqalar, 1992 y.).
3. Qurilma elementlari (detallari va bo‘g‘inlari) o‘rtasida aloqa mavjudligi.
Bu aloqalar konstruktiv, funksional yoki aralash bo‘lishi mumkin.
Yana bir misol: “Olovni o‘chirish zarrachalarini uzatish vositasiga ega bo‘lgan yonuvchi suyuqliklar rezervuari shu bilan farklanadiki, olovni o‘chirish zarrachalarini uzatish vositasi rezervuar tubining butun maydoni bo‘ylab joylashgan o‘zaro bir–biriga ulangan truboprovodlar shaklida ishlangan bo‘lib, trubalarning yuzasida butun uzunligi bo‘ylab teshiklar ochilgan, bunda trubaning; chiqish uchi olovni o‘chirish zarrachalari sig‘imi bilan ulangan” (ixtirochilar A.Y.Bikovsev va boshqalar, 1999 y.)
4. Konstruktiv aloqalarni bajarish shakli.
Misol: “Asosan silindrli zagotovka va trubalarni qirqish uchun mo‘ljallangan qurilma aylantiriladigan shpindel o‘rnatilgan stanina, aylanuvchan korpus va krivoshiplarda montaj qilingan qirquvchi asboblardan iborat bo‘lib, ular aylantiriladigan shpindel va aylanuvchan korpus bilan kinematik bog‘langan, shu bilan farqlanadiki, u aylanuvchan shpindelda joylangan kamida ikkita kosolli val-shesternya bilan ta’minlangan bo‘lib, staninaning ichki qismida tishli chambaraksimon detal mahkamlangan va val-shesternyalar bilan ilintirilgan, val-shesternyalarning konsollarida krivoshiplar o‘rnatilgan bo‘lib, ularning aylantiriladigan shpindel va aylanuvchan korpus bilan kinematik aloqasi aylanuvchan korpusda qattiq mahkamlangan to‘rtburchakli polzunli shtirlar ko‘rinishida bajarilgan, ular o‘z navbatida krivoshiplarning tarnovchalarida o‘rnatilgan va siljish imkonlariga ega...” (Ixtirochilar V.N. Baranov va b., 2000 y.).
5. Har qanday detal, qurilma bo‘g‘inining ijro shakli, xususan, geometrik shakli, agar u masalani hal qilishning estetik tomonini emas, balki texnik mohiyatini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lsa.
Misol: “Ko‘pik hosil qilgichning ko‘pik baki, enjeksion pnevmoaralashtirgich va berkituvchi kranli ko‘pik hosil qilgichni tashish trubasidan iborat uzatish tizimi trubaning yuqori nuqtasida vertikal o‘rnatilgan patrubkaga ega bo‘lgan U–simon trubacha shaklida ishlanganligi bilan ajralib turadi, bunda trubkaning bir uchi enjeksion aralashtirgich bilan ulangan, ikkinchi uchi esa ko‘pik bakiga tushirilgan, berkituvchi kran Y–simon trubkaning patrubkasida o‘rnatilgan” (ixtirochilar B.E.Qosimov va boshqalar, 1993 yil).

tải về 0.5 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương