Reja: gatning Davlat kadastrlari yagona tizimi


Geografik axborot tizimining elektron hukumat tizimidagi oʻrni



tải về 148.83 Kb.
trang2/4
Chuyển đổi dữ liệu28.03.2024
Kích148.83 Kb.
#56989
1   2   3   4
GPS dan arxeologik tadqiqotlarda foydalanish usullari 24

Geografik axborot tizimining elektron hukumat tizimidagi oʻrni


Axborotlashtirish sohasidagi islohotlar izchil olib borilayotganligi natijasida respublikamizning barcha tarmoqlari va davlat boshqaruvi organlari oldiga qoʻyilgan vazifalardan kelib chiqib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va telekommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish hamda ularni hayotga keng joriy qilishga erishilmoqda.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yoʻnaltirilgan koʻp tarmoqli axborot sanoatini tashkil etish, AKTni iqtisodiyotning turli sohalarida keng joriy qilish orqali jamiyatimizning ichki mustahkamligi va ijtimoiy birligiga erishish, rivojlangan davlatlar standartlariga chiqish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bir qancha farmonlar va hukumat qarorlari qabul qilinib, amalda tatbiq qilinmoqda.
Axborot texnologiyalarining davlat boshqaruviga kiritilishi shu sohada kuzatishlar olib borgan mutaxassislar tomonidan 60 dan ortiq mamlakatda olib borilgan tadqiqotlar aynan rivojlangan davlatlardagina AKT iqtisodiy oʻsish bilan uzviy bogʻliqligini koʻrsatdi, ya’ni rivojlanayotgan mamlakatlarda AKTning ta’siri kam boʻlib, uning rivojlanishi faqat ma’lum bir darajaga yetganidan keyingina yalpi ichki mahsulotning jon boshiga oʻsishini ta’minlash mumkinligi qayd etilgan. Respublikamiz iqtisodiy sektorida AKTga jalb etilgan investitsiyalar hajmi, oxirgi yillar mobaynida tahlil qilingan davlat boshqaruvi organlari va korxonalari boʻyicha sof foyda miqdori ortganligi fikrimizning isboti boʻla oladi.
Xalqaro tajriba shuni koʻrsatadiki, davlat boshqaruvida AKTni qoʻllash uning natijaviy samaradorligini, xususan, axborotning oʻzaro ta’siri, qayta ishlanishi va izlanishini amalga oshirish uchun vaqt qisqarishi hisobiga unumdorlikni oʻrtacha 20 foizga koʻpaytirish imkonini yaratadi. Davlat islohotlarining amalga oshirilishida xoʻjalik boshqaruvi hamda hokimiyat organlarida axborot texnologiyalari faol oʻzlashtirilmoqda va keng joriy etilmoqda.
Mustaqillik yillari mobaynida mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar negizida AKTning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi Oʻzbekiston Respublikasining global axborot hamjamiyatida munosib oʻrin egallashiga sezilarli ta’sir koʻrsatmoqda. Oʻtkazilgan kuzatuvlar shuni koʻrsatadiki, davlat AKTni rivojlantirish uchun bor imkoniyatlarini ishga solmoqda. Bir vaqtning oʻzida AKTni davlat boshqaruviga kiritish boshlandi. Davlat tashkilotlarini real vaqt – Onlayn tizimiga ulash, davlat sektori va fuqarolar oʻrtasidagi aloqani yagona elektron vosita bilan ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasi zamonaviy axborot asriga kirishga jiddiy maqsadlar qoʻyayotganligini koʻrsatdi.
AKTni davlat boshqaruviga kiritishga katta e’tibor qaratilganligini hisobga olib, davlat hukumati tomonidan 2003–2010- yillarda davlat boshqaruvida elektron texnologiyalarni joriy etish dasturi tayyorlangan edi. Ushbu dastur davlat boshqaruvida elektron hujjatlar aylanishini keng targʻib qilish, fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmatlar darajasini yaxshilash va hukumat tomonidan qabul qilinayotgan qaror va qonunlarning oshkoraligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidadir.
Dastur asosida birinchi bosqichda davlat boshqaruv organlarida davlat xizmatlari haqidagi ma’lumotlar (jumladan, mansabdor shaxslarning qabul vaqti, xizmat telefonlari) joylashtirilgan veb-sahifalar ochiladi. Ikkinchi bosqichda ma’lumotlarni toʻliq jamlagan davlat organlarini qidirish imkoniyatini beradigan ma’lumotlar bazasi tuzilib, qilingan murojaatlarga elektron pochta orqali javob berilishi ta’minlanadi. Ular fuqarolarning davlat portaliga kirib, bir qator “interaktiv xizmatlar” orqali turli shakllarni toʻldirish imkonini koʻrsatadi. Keyingi uchinchi bosqichda moliyaviy va huquqiy xizmatlar koʻrsatish, fuqarolarva xususiy korxonalar litsenziya hamda ruxsatnoma sotib olishi, soliq deklaratsiyasini taqdim etishi, jarima toʻlashi va ijtimoiy imtiyozlar soʻrab murojaat qilishlari mumkin boʻladi.Bugungi kunda elektron hukumat mavzusi juda ommalashib ketdi. Biroq soʻnggi vaqtlarda e’lon qilinayotgan materiallarda mazkur mavzuga yondashishda tizimlilik va konseptual qat’iylik yoʻqligi tashvishga soladi. Davlat boshqaruvida AKT haqida gapirilganda, odatda platformalar, portallar, hujjatlar aylanishi, u yoki bu firmalarning texnologiyasidan foydalanish toʻgʻrisida soʻz yuritishadi yoki boʻlmasa, elektron hukumat deb atalish huquqiga talabgorlik qilayotgan, aslida esa bunday boʻlmagan axborot-kommunikatsiya tizimlarining amalga oshirilganligi va muvaffaqiyatli joriy etilganligi haqida misollar keltiriladi.Axborot texnologiyalarining ijtimoiy hayotga joriy etilishining koʻchkisimon jarayonidan soxta koʻtarinkilik holatiga tushish davrimizning xarakterli belgisi hisoblanadi. Tegishli davlat dasturlari qabul qilinishi bilan mustahkamlangan ushbu jarayon davlat boshqaruvi organlarining yalpi axborotlashtirilishi darajasiga chiqqanidan keyin koʻpchilik AKTning davlat boshqaruviga joriy etilishi mana shundan boshlanadi, deb hisoblamoqda. AKTning joriy etilishi davlat boshqaruvi tizimi faoliyatining jamiyat uchun koʻproq ochiqligini ta’minlaydi. Davlat boshqaruvi organlarining kompyuterlashtirilishi va “onlayn” interfeysi bilan jihozlanishi muhim qadam hisoblanadi, biroq AKTni joriy etish bilan bogʻliq vazifalarning butun kompleksi bu bilan tugamaydi.
AKT tizimi davlat bilan jamiyat oʻrtasidagi aloqalar tartibotini ancha soddalashtiradi, biroq bu ularning yakka-yu yagona va asosiy afzalligi emas. AKTning davlat boshqaruvida amalda joriy etilishining asosiy maqsadi va kutilayotgan natijasi keng koʻlamda davlat boshqaruvining bazaviy jihatdan yangi sifatga oʻtganligi deb hisoblash mumkin. Davlat boshqaruvida AKT – bu nafaqat davlat boshqaruvining tegishli sifat darajasida axborot-texnik tashkil etilishi, balki istalgan mamlakat jamiyatida mavjud boʻlgan munosabatlar va aloqalarni sifat jihatidan boshqacha tashkil etish va boshqarish hamdir.Soddalashtirilgan shaklda har qanday mamlakatning ijtimoiy hayotini uch muhim subyekt (davlat, mamlakat fuqarolari, biznes subyektlari) ning munosabatlari dinamik tengligi shaklida tasavvur qilish mumkin. Fuqarolar bir boʻlib fuqarolik jamiyatini ifodalab, biznes subyektlarining jami esa mamlakat iqtisodiyotini ifodalasa, davlat integratsiyalovchi tizim hisoblanadi. Bunda davlatning integratsiyalovchi roli uchta nimtizimli munosabatlarda namoyon boʻladi:

  1. Hukumat muassasalarining oʻzaro va mahalliy davlat boshqaruv organlari bilan hamkorlik qilishi (G2G).

  2. Hukumat muassasalari bilan mamlakat fuqarolari oʻrtasidagi oʻzaro aloqa(G2C).

  3. Hukumat muassasalari bilan biznes subyektlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqa (G2B).

Mulkchilik, egalik munosabatlari va hokazolar emas, balki fuqaroviy- huquqiy, ijtimoiy munosabatlar tegishli oʻzaro hamkorlikning ustuvor mazmunini tashkil etadi. AKTni joriy etish jarayonida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish vazifasi quyidagi muammolarni hal etishga yoʻnaltiradi:

  • umumiy vazifalarni hal etish maqsadida har xil hukumat tuzilmalarining samaraliroq oʻzaro hamkorligini qay tarzda tashkil etish mumkin (G2G);

  • fuqarolarning manfaatlarini qanday qilib eng koʻp darajada hisobga olish va tegishli davlat muassasalarida ularga xizmat koʻrsatish sifatini qanday oshirish mumkin (G2C);

  • davlatning biznes subyektlari bilan oʻzaro foydali munosabatlarini qanday qilib tashkil etish mumkin (G2B).

Davlat integratsiyalovchi funksiyasini bajaradigan jamiyatning har xil subyektlari (G2G, G2C, G2B) oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar sxemasi yirik biznesda, ayniqsa, zamonaviy gorizontal-integratsiyalashgan korporatsiyada oʻzaro hamkorlik tashkil etilishi sxemasidan asosiy jihatdan farq qilmaydi. Davlat boshqaruvida AKT– bu davlat boshqaruv organlarida ichki va tashqi aloqalarningbarchasini tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan qoʻllab- quvvatlash va ta’minlash tizimidir. Bunga quyidagilar kiritiladi:

  • kommunikatsiya tarmoqlari orqali axborotni qayta ishlash, uzatish va yoyishning elektron vositalari (shu jumladan Internet) asosida davlat boshqaruvini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash;

  • davlat hokimiyati barcha tarmoqlari organlarining fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar orqali xizmat koʻrsatishi;

  • davlat organlarining ishi toʻgʻrisida fuqarolarga elektron vositalar orqali xabar berish.




tải về 148.83 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương