O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


-jadval Moliyaviy hisobot auditining maxsus usullari tavsifi



tải về 2.74 Mb.
Chế độ xem pdf
trang17/110
Chuyển đổi dữ liệu02.02.2024
Kích2.74 Mb.
#56520
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   110
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

2.4-jadval
Moliyaviy hisobot auditining maxsus usullari tavsifi
19
 
№ 
Usullarning 
nomlanishi 
Usullarning tavsifi 

Hujjatlashtir
ish 
Tekshirilgan ob’ekt, xo’jalik muomalalari yoki texnologik jarayonlarni amaldagi me’yoriy 
hujjatlar talablariga mosligi va ular bo’yicha moliyaviy hisobotdagi ko’rsatkichlarning 
ishonchliligiga oid auditor fikri(xulosasi)ni barcha uchun tushunarli va mazmunli bo’lgan 
tilda muayyan shakldagi hujjatlarda aks ettirish usulidir. Bunda, tekshiruv ob’ekti holati 
yuridik asosga ega bo’lgan, davlat tilidagi shakl va mazmundagi hujjatda to’g’ri, to’liq va 
o’z muddatida aks ettirilsa, auditorlik ma’lumotlarining ishonchliligi ta’minlanadi 

Inventarizats
iya 
Tekshirilayotgan korxona mulki va mablag’larining hujjatdagi va haqiqatdagi miqdori 
hamda holatini miqdor va sifat jihatdan baholash usulidir. Bunda inventarizatsiya 
komissiyasi a’zolari tomonidan korxona mulki va mablag’larining hujjatdagi va haqiqatdagi 
miqdori sanash, tortish, o’lchash va ko’z bilan ko’rish orqali o’rtadagi tafovut va ularning 
holatiga baho beriladi 

Haqiqiy 
holatni 
baholash 
Sub’ektda amalga oshirilgan murakkab texnologik jarayonlar yoki muomalalarni haqiqiy 
holatini bevosita auditorlar tomonidan barcha zarur vosita va amallarni qo’llash orqali 
muomala yoki jarayon amalga oshirilgan joyning o’zida tekshirish usulidir.

Skanerlash
Tekshirilayotgan sub’ekt moliyaviy faoliyatidagi noodatiy yoki odatda kam kuzatiladigan 
muomalalarni o’zaro bog’liqlik darajasini yoki to’g’ri hisobga olinganligini tekshirish 
usulidir. Masalan, favqulodda foyda(zarar)ni paydo bo’lish sabablarining ob’ektiv 
18
Shermuxamedova N. Falsafa. /. -T.: “NOSHIR”, 2012 y. – 1216 bet. 
19
Muallif tomonidan tayyorlangan 


40 
baholanganligi va ular bo’yicha dastlabki hamda yig’ma hisob hujjatlaridagi 
ma’lumotlarning o’zaro muvofiqligini baholash jarayonini misol qilish mumkin. 

Baholash 
Tekshirilayotgan korxona mulki va mablag’larining haqiqatdagi qiymatini aniqlash, amalga 
oshirilgan 
xo’jalik 
muomalalarining 
qonuniyligi 
hamda 
moliyaviy 
hisobot 
ko’rsatkichlarining ishonchlilik darajasini aniqlash orqali korxona faoliyatiga baho berishdir 

Kalkulyatsiy

Tekshirilayotgan sub’ekt tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot(ko’rsatilgan ish yoki 
xizmat)lari tannarxini to’g’ri baholanganligini tekshirish jarayonidir 

Statistik 
tahlil 
Tekshirilayotgan korxonada amalga oshirilgan xo’jalik muomalalari va moliyaviy hisobot 
ko’rsatkichlarini miqdor hamda sifat jihatdan maxsus statistik qoidalar asosida o’rganish 
jarayonidir. Bunda sub’ekt rasmiy statistik hisoboti ma’lumotlarining to’g’riligi va 
ishonchliligi baholanib, statistik va moliyaviy hisobot ko’rsatkichlari o’zaro taqqoslanadi 

Taftish 
Huquqni muhofaza qiluvchi yoki nazorat qiluvchi organlar tashabbusiga ko’ra audit 
o’tkazish jarayonida tekshirilayotgan korxonada aniqlangan kamchilikka mas’ul bo’lgan 
shaxslarni kamchilikni tuzatish yuzasidan javobgarlikka tortish bo’yicha qaror qabul qilish 
orqali tekshirish usulidir 

Muqobil 
balans tuzish 
Tekshirilayotgan sub’ekt tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot(bajarilgan ish va xizmat)lar 
bo’yicha sarflangan xom-ashyo va materiallarni me’yordan chetga chiqish holatlarining 
mavjudligi hamda ularni moliyaviy natijaga ta’sirini baholash jarayonidir.
10 
O’zaro 
solishtirish 
yoki 
taqqoslash
Tekshirilayotgan korxona mulki va mablag’larining miqdor va sifat ko’rsatkichlarini o’zaro 
solishtirish yoki taqqoslash. Bunda tekshirilayotgan korxonaning o’zaro bog’liq bo’lgan 
amalga oshirilgan xo’jalik muomalalari va moliyaviy hisobot ko’rsatkichlari o’zaro qarama-
qarshi usulda solishtiriladi 
11 
Prognozlash
tirish 
Prognozlashtirish – tekshirilayotgan korxonada aniqlangan kamchiliklarni kelgusida 
takrorlamasligini ta’minlash yuzasidan rivojlantirish yo’llari hamda muddatlarini kafolatli 
tarzda belgilab berish usulidir. Bunda korxonani kelgusida rivojlantirish bo’yicha aniq 
kafolatlangan amaliy tavsiya(masalan biznes-reja yoki smetalar tuzish, moliyaviy hisobotni 
qaytadan shakllantirish)lar qo’shimcha professional xizmatlar orqali amalga oshiriladi 
12 
Gipoteza 
Gipoteza 

tekshirilayotgan 
korxonada 
aniqlangan 
kamchiliklarni 
kelgusida 
takrorlamanmasligini ta’minlash yuzasidan rivojlantirish yo’llarini kafolatlanmagan(hujjatli 
ravishda tasdiqlanmagan) ravishda operativ yoki og’zaki shakldagi tavsiya(xulosa)lar berish 
usulidir. Bu usul ko’pincha muhim bo’lmagan (oddiy)kamchiliklarni qisqa muddat va 
operativ tarzda bartaraf etishda qo’llaniladi 
13 
Testlash yoki 
anketa 
savolnomalari 
Tekshirilayotgan korxonada amalga oshirilgan xo’jalik muomalalarining qonuniyligi va 
moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining ishonchliligini aniqlash maxsus tuzilgan testlar yoki 
anketa savolnomalari orqali tekshirish amalga oshiriladi 
14 
Ekspertiza 
Tekshirilayotgan korxonadagi muhim va o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan xo’jalik 
muomalalarini maxsus usullar yoki laboratoriya usullarini qo’llash orqali tekshirish 
jarayonidir. Bu usul ko’pincha huquqni muhofaza qiluvchi yoki nazorat qiluvchi organlar 
tashabbusiga ko’ra audit o’tkazish jarayonida qo’llanilib, bunda, kamomadlar, qo’shib 
yozishlar va zararlarning miqdor va sifati maxsus usullar yordamida aniqlanadi 
15 
Tizimli 
tekshirish 
Tekshirilayotgan sub’ekt va uning tarkibiy bo’limlari faoliyatiga oid ma’lumotlarni o’zaro 
mosligini aniqlash va boshqaruv sifatini baholash maqsadida tekshiruv ob’ektiga aloqador 
jarayonlarni boshidan oxirigacha tekshirish usulidir. Bu usul yuqori boshqaruv organi 
tomonidan sub’ekt tarkibiy bo’limlarini boshqarish yoki nazorat qilish tizimining 
samarasizligi yoki mavjud emasligi aniqlangan hollarda qo’llaniladi 
16 
So’rov 
Tekshirilayotgan korxonada amalga oshirilgan xo’jalik muomalalarining qonuniyligi va 
moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining ishonchliligini aniqlash maqsadida mas’ul javobgar 
shaxslarni so’roq qilish jarayonidir. Bu usul ko’pincha, korxona mulki va mablag’larining 
haqiqiy holati va ulardan foydalanish holatini aniqlashda qo’llaniladi 
17 
Kuzatish 
Tekshiruvda qo’llanilayotgan usullar va amallarni maqsadli qo’llanilayotganligini aniqlash 
hamda usullardan foydalanish samaradorligini baholash
18 
Tasdiqlash 
Auditorga taqdim etilgan mijozning xo’jalik muomalalari, texnologik jarayonlar va 
hisobotlari bo’yicha ma’lumotlarini mijoz yoki uchinchi shaxslar ma’lumotlariga mosligini 
tasdiqlash maqsadida mijoz mas’ul shaxslaridan yozma axborot olish usulidir. Bunda 
debitorlik qarzlari va kreditorlik majburiyatlari holati, bank, sug’urta tashkilotlari va boshqa 
tashkilotlar bo’yicha ma’lumotlar rasmiy tarzda mijoz rahbariyatidan olinishi mumkin. 
19 
Tahliliy 
amallar 
Tekshirilayotgan moliyaviy hisobot ko’rsatkichlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklar holati va 
moliyaviy hisobotda jiddiy buzilish faktlarining mavjudligini baholash maqsadida hisobot 
ko’rsatkichlarini o’zaro solishtirish, tahlil qilish va samaradorligini baholash amallari 
majmuidir. Bunda tahlil etilgan muomala, texnologik jarayon yoki moliyaviy 
ko’rsatkichlarni shakllanishining qonuniyligi, o’zaro bog’liq ko’rsatkichlari aniqlanadi 


41 
Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilganda, moliyaviy hisobot auditi amaliy fan 
sifatida, iqtisodiy nazariyalar va to’plangan auditorlik amaliyoti ta’siri ostida 
shakllanadi. Auditni mustaqil fanga ajratishda bozor munosabatlari tizimida 
auditorlik faoliyati sub’ektlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar mohiyatidan kelib 
chiqqan holda tushuntirish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda iqtisodchi 
olimlar va amaliyotchi mutaxassislar tomonidan moliyaviy hisobot auditini 
o’tkazishga asosiy to’rt xil yo’ndashuvlar mavjud bo’lib, ular buxgalterlik, yuridik, 
maxsus tarmoqlararo yondashuvlarga ajratiladi. 
Xalqaro amaliyotdan ma’lumki, auditorlik dalillarni to’palshda test usulini 
qo’llash ijobiy samara beradi. Chunki test usuli orqali olinadigan ma’lumotlarni 
operativ tahlil qilish imkonini beradi. Auditning xalqaro standarti bo’ycha test 
usulini - “dalillarni tasdiqlash maqsadida nazorat samarasini o’z ichiga oluvchi
riskni baholashda yoki mohiyatan tekshirish natijasida ma’lumotlarning etarli 
bo’lmagan xolatida foydalanish tavsiya etiladi”.
20
Milliy auditorlik tashkilotlarimiz 
tomonidan ko’p xollarda mohiyatan tekshirish amallari amalga oshiriladi, biz 
bilamizki bu xolat ko’p mehnat talab qiladi.
Bizningcha, №330 AXSga muvofiq nazorat testlarini xajmini aniqlashda 
quyidagi savollarni ko’rib chiqishi lozim: 
birinchidan, sub’ekt tamonidan davr maboynida nazoratni amalga oshirish 
chastotalarni; 
ikkinchidan, auditor nazorat samaradorligiga tayanganda, audit davrini 
davomiyligi; 
uchinchidan, testlar asosida olinadigan auditorlik dalillarini ko’lamini; 
to’rtinchidan, nazorat samaradorligi riskini baholashda, audtiorni unga tayanish 
rejasi; 
beshinchidan, nazoratlardan kutilayotgan og’ishishlarga.
Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda biz quyida moliyaviy hisobot auditi 
jarayonida test usulini qo’llash samarali deb o’ylab, uni tashkil etish rasmsini 
20
Сборник международных стандартов аудита, выражения уверенности этики. №330 МСА, МФБ. 2014 г. стр.322


42 
keltiramiz (2.3-rasm). 

tải về 2.74 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   110




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương