Buyuk siymolarini tanishtirish


Buyuk siymolar bilan tanishtirishdan



tải về 0.87 Mb.
Chế độ xem pdf
trang2/3
Chuyển đổi dữ liệu24.05.2024
Kích0.87 Mb.
#57730
1   2   3
156-158
harakatli-oyinlarning-maktabgacha-yoshdagi-bolalar-jismoniy-rivojlanishiga-tasiri
Buyuk siymolar bilan tanishtirishdan maqsad: bolalarga ota-bobolarini
tanisinlar, ulardan qolgan merosdan bahramand bo‘lsinlar, ota-bobolardan


 
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
 

 

http://www.newjournal.org/

Выпуск журнала № – 14
Часть–5_ Февраль–2023  
157 
2181-3187 
faxrlansinlar. Bolalarga vatan tuyg‘usini ota-bobolarimiz ibrati bilan singdirish. 
Masalan, Jaloliddin Manguberdi Vatanni tashqi dushmandan himoya qilgan
va jonini fido etgan, Amir Temur o‘z xalqi, Vatanning osoyishtaligi, uning milliy
g‘ururi yo‘lida jang qilgan, Bobur o‘z Vatanidan yiroqda bo‘lishiga qaramay, o‘z
xalqini, Vatanini e’zozlab, ularni qumsab yashagan. Navoiy, Nodira, Uvaysiy kabi
mutafakkirlarimizning insoniyligi, buyukligi, Vatanga hurmati, mehr-muhabbatini
ifodalovchi qator rivoyatlar mavjud.
Xalq, haqiqat va nafosat o‘lmaydi, ularni ardoqlagan, kuylagan ulug‘lar ham mangudir. 
Bobokalonlarimiz Navoiy va Bobur ham o‘z asarlari orqali barhayotdir. Ular quyosh 
yang‘lig‘ so‘nmas sehrli badiiyat yaratdi. Bu ikki zamondosh shoir o‘z asarlarida yuksak 
insoniy tuyg‘ularni tarannum etdi. Mana shunday o‘lmas tuyg‘ulardan biri — bu Vatan 
tuyg‘usidir. Har ikki ijodkor lirik she’rlarida ham, epik asarlarida ham Vatan mavzusini 
mahorat bilan ulug‘ladi. Hatto Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” singari 
ilmiy asari ham yuksak vatanparvarlik ruhida yaratildi 
“Navoiyxonlik” va “Boburxonlik” oyligini o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar rejasini tuzishda 
faqat shoirlarning tavallud kunlari emas, balki “Navoiyxonlik” va “Boburxonlik” oyligi 
davomida amalga oshiriladigan tadbirlar nazarda tutilishi lozim.Navoiy va Bobur 
hayoti, ijodi va faoliyatini o‘rganish bo‘yicha keng ko‘lamdagi ishlar reja asosida 
muntazam yo‘lga qo‘yilishi kerak. Navoiy va Boburning nurli siymolari, hikmatli 
so‘zlari, ularning ijodi va faoliyati bilan bog‘liq ko‘rgazmalar tashkil qilinishi talab 
etiladi 
Bolalarni buyuk allomalar bilan tanishtirish.Bobolarimizni yaratgan asarlarini bizga 
qoldirgan ma’naviy merosini qadrlashni o’rgatish va mazmun mohiyatini
tushuntirish.Buyuk allomalarimiz asarlaridagi odamiylik, vatanparvarlik, adolat, 
muhabbat, do’stlik, vafo, halollik va mardlik kabi go’zal fazilatlarni bolajonlar ongiga 
singdirish.Bolalarni zukkolik, tez fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish,xotira va 
tafakkurini rivojlantirish,buyuk allomalarimizga bo’lgan hurmatni oshirish. 
Xulosa 
Har bir maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari insonparvarlik
va vatanparvarlik qoidalariga rioya qilgan holda, bu faoliyat insonni har
tomonlama himoya qilishga, uni ulug‘lashga, milliy g‘ururlanishga qaratilishi
lozim. Asl vatanparvar bo’lish uchun insonga juda katta mas’uliyatli
ma’naviy-axloqiy vazifalar yuklanadi.
Bolalarda kattalarga hurmat, milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘ulari,
xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar
tarbiyalanadi. Shu tuyg’ular bilan tarbiyalashda buyuk siymolarni tanishtirish, ular 
qoldirgan merosni o’rganish ,ularning hayotini ibrat sifatida ko’rsatish muhim 
ahamiyat kasb etadi.Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni milliy ruhda, milliy 
g‘urur 
ruhida



tải về 0.87 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương