Budjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar hisobi


Budjet mablag`lari bo`yicha joriy yilga moliyaviy natijalar hisobi



tải về 148 Kb.
trang2/3
Chuyển đổi dữ liệu23.04.2024
Kích148 Kb.
#57339
1   2   3
bugalteriya

Budjet mablag`lari bo`yicha joriy yilga moliyaviy natijalar hisobi
Budjet tashkilotining budjet mablag`lari bo`yicha joriy yilga moliyaviy natijalari bu tashkilotning budjet mablag`lari hisobiga moliya yili mobaynida, ya’ni hisobot yilining 1-yanvaridan 31 dekabriga qadar bo`lgan davr mobaynida amalga oshirilgan kassa xarajatlari (bunda moliya yiliga qo`shimcha vaqt mobaynida o`tgan moliya yili uchun amalga oshirilgan kassa xarajatlari ham hisobga olinishi lozim) va mazkur vaqt mobaynida budjet mablag`lari hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlarini solishtirish natijasida olingan ko`rsatkichdir. Budjet mablag`lari bo`yicha moliyaviy natija 23 “Budjet mablag`lari bo`yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” schyotida hisobga olinadi.
23 “Budjet mablag`lari bo`yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” schyoti hisobda quyidagi subschyotlarga bo`linadi:
230 “Budjet mablag`lari bo`yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”;
231 “Budjet mablag`lari bo`yicha xaqiqiy xarajatlar”;
232 “Budjetdan moliyalashtirish”.
231 “Budjet mablag`lari bo`yicha xaqiqiy xarajatlar” subschyotida tashkilotni saqlash va boshqa tadbirlar uchun budjet mablag`lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlari hisobga olinadi.
Budjet mablag`lari bo`yicha amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar yil davomida 231 “Budjet mablag`lari bo`yicha xaqiqiy xarajatlar” subschyotning debetida aks ettirilib boriladi, bunda, hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi subschyotlar kreditlanadi. 
Yil oxirida 231 “Budjet mablag`lari bo`yicha xaqiqiy xarajatlar” subschyot debetida aks ettirilgan barcha xaqiqiy xarajatlar budjet mablag`lari bo`yicha joriy yilga moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi 230 “Budjet mablag`lari bo`yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotining debetiga yozib, hisobdan o`chirish yo`li bilan yopiladi va subschyot bo`yicha yil oxirida qoldiq qolmaydi.
Buxgalteriya hisobida budjet tashkilotlarining joriy yilga moliyaviy natijalari quyidagi schyotlarda yuritiladi:
23 “Budjet mablag`lari bo`yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”;
24 “To`lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo`yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”;
25 “Ta’lim muassasalarida o`qitishning to`lov-kontrakt mablag`lari bo`yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”;
26 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg`armasi mablag`lari bo`yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”;
27 “Boshqa daromadlar bo`yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”.
Yakuniy moliyaviy natijalar hisobi 28 “Yakuniy moliyaviy natijalar” schyotida yuritiladi. 

tải về 148 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương