Alohida so’z turkumlari



tải về 139.81 Kb.
Chế độ xem pdf
Chuyển đổi dữ liệu25.06.2024
Kích139.81 Kb.
#58024
alohida so\'z turkum 60 talik test



 
Alohida so’z turkumlari 
 
1. Ularga qarshi kurashish hammamizning burchimiz,albatta.
Ushbu gapdagi modal so’z qanday ma’noga ega?
A) ishonch munosabati B) tasdiq C) fikrni xulosalash D) fikrning tartibi
2. O! Ho‘kiz yo‘q, og‘il ko‘cha tomondan teshilgan.
Berilgan ushbu matnda alohida olingan so’zlarning qaysi bir qatnashgan?
A) modal so’z B) taqlid so’z C) undov so’z D) ishtirok etmagan
3. Qaysi qatorda his-hayajon undovi qatnashgan?
A) Abduqodir «tss» deb barmog‘ini labiga qo’ydi. B) -Xo’sh, ishlar yaxshimi, Hotamjon? - so‘radi Mirsidiq.
C) Oh, bolaginam, bolaginam. D) Hay, siz kimsiz?
4. Qaysi gapda modal so’z ishtirok etmagan?
A) Oshiqlik-shirin jondan kechmoqdir. B) Darhaqiqat, nosirlar bu ishda fidoyilik ko’rsatgan.
C) Afsuski, siz haqsiz. D) Yana bir o’ylab ko’rarsan, balki.
5. QUR-EY! QUR-EY! Jimgina quloq soldi.
Tagiga chizilgan so‘z haqidagi to‘g‘ri hukmni toping.
A) taqlid so‘z B) modal so‘z C) taklif so‘z D) undov so‘z
6. XAYRIYAT, odamlarimizga insof va diyonat qaytib kelmoqda.
Tagiga chizilgan so’z haqidagi to’g‘ri hukmni toping.
A) tasdiq so‘z B) modal so‘z C) taklif so’z D) undov so‘z
7. Taqlid so’z qatnashmagan gapni belgilang.
A) Qo’shni xonadan qizlarning qahqahasi eshitildi. B) Qars ikki qo’ldan chiqadi.
C) Taqir-tuquringni yig’ishtir D) To’g’ri javob yo’q
8. Qaysi gapda modal so’z qatnashmagan?
A) Ehtimol, bu onasidan yagona esdalik.
B) Chamasi, hammasining og‘zi tekkan ekan o’sha go’shtga.
C) Onajonim, balki, bir kun men ham sholr bo’larman.
D) U nafaqat kattalarga, balki kichiklarga ham shunday muomalada bo’lar edi.
9. Berilgan qaysi gapda undov so’z qatnashmagan?
A) Ey qotil, nega shunday katta azim terakni nobud qilding?
B) – Hoy, aylanay, o‘g‘rigina bolam, boshimda shunday musibat turgan-da ko‘zimga uyqu keladimi?
C) Ey Luqmoni Hakim, sening Dong‘ing tutdi olamni.
D) Nahot, axir, so‘nggi dam ham Farzandingni o‘ylasang.
10. Quvonch ma’nosini bildiradigan modal so’zni aniqlang.
A) Xayriyat, daraning oxiriga yaqinlashgan sayin asov soy sayozlashib, muz tobora yupqalashib bordi-yu, 
nihoyat, qoyatoshlar chekinib, yaylov ko‘rindi.
B) Xullas, Umidjon deyarli har kuni bitta yangi, ibratli ertak o‘ylab topib, buvisiga so‘zlab beradigan 
bo‘libdi.
C) Kattasi ham uyg‘onib ketdi, shekilli, qo‘shilishib yig‘lashga tushdi.
D) Ehtimol, ertalab o‘ziga isitib berish uchun shunaqa deyayotgandir.
11. Sholkrom onasining barmoqlari tars-turs yorilib ketganini endi payqadi. 
Ushbu gapdagi taqlid so’zning ma’nosini toping.
A) tovushga taqlid B) holatga taqlid C) aniq emas
12. Hammasi 0‘tkinchi, xo’sh, nima o‘tmas?
Ushbu gapdagi tagiga chizilgan so‘z haqidagi hukmni toping.
A) modal so‘z B) his-hayajon undovi C) buyruq-xitob undovi D) taqlid so‘z
13. Abduqodirning ham tomog‘iga bir narsa kelib tiqildi, shekilli, gapirolmadi.
Ushbu gapda modalning qaysi ma’no turi qo’llangan?
A) fikr tartibi B) fikrni dallilash C) gumon D) fikr xulosalash
14. AVVALO, insonning qalbi go’zal bo’lmog‘i kerak.
Ushbu gapdagi modal so’z qanday ma’noga ega?
A) ishonch munosabati B) tasdiq C) fikrni xulosalash D) fikrning tartibi
15. Qaysi javobda modal, undov va taqlid so‘zlarning har biriga misol berilgan?


A) qars-qurs, kisht, dod B) yilt-yilt, shekilli, albatta C) dag‘-dag‘, g‘a-g‘a, haqiqatan D) oh, g‘iyq, 
avvalambor
16. Qaysi gapda achinish mazmunini bildirgan modal so‘z ishtirok etgan?
A) Ularga qarshi kurashish hammamizning burchimizdir, albatta.
B) Afsuski, besh qo‘l barobar emas.
C) Masalan, o‘zbeklar va qozoqlar tarjimonsiz ham bir-birlarini tushuna oladi.
D) Balki, ustoz Oybekdek to‘lib, yozajaksan yangi bir doston.
17. HAYDASH-CHAQIRISH ma’nolarini bildiruvchi so’z turkumini aniqlang.
A) taqlid so’z B) modal so’z C) undov so’z D) kirish so’z
18. Qaysi qatorda tovushga taqlidni bildiruvchi taqlid so’z mavjud?
A) Namoz g'azabi oshib, dag!-dag‘ qaltiray boshladi.
B) Endi, ehtimol, dir-dir qaltiragan bolalar yuk ko’tarishga yaramas edi.
C) Namiqqan shuvoqlar oldin to’xtab yaxshi yonmasa ham, keyinroq chars-churs uchqun sochdi-da, 
axiyri gurillab ketdi.
19. Qaysi javobda taqlid so’zning otlashuvi kuzatiladi?
A) Ilonning vishillashiga qaldirg’ochlar balandroq chirillab javob qaytarishardi.
B) Yong’oqning shiqillashi anchadan beri ko’pchillikni qiziqtirib qo’ydi.
C) Cholimning aytishicha, tabib sigirini ham sizlab gapirarkan.” Chu” demay “chuing” derkan.
D) Daryoning shov-shuvidan quloqlarimiz bitib qolayozdi
20. Qaysi qatorda undov so’z berilgan?
A) Xonaga kirgan tovuqlarni pisht-pisht deb haydamoqda.
B) Karimjon-u, buyoqqa kel.
C) Kampir ariq bo’yida alamdan dod solmoqda.
D) Uzoqdan ot-aravaning g’irchillashi eshitilardi.
21. Qaysi gapda taqlid so’zdan yasalgan ot ishtirok etgan?
A) G’ildiraklarning bir qiyomda taraqlab tebranishidan ko’zim ilinibdi.
B) Hasharda ishchilardan haybarakallachilar ko’p edi.
C) Saroy bo’ylab gulduros qarsak yangradi.
D) Bahonada men ham varrakli bo’lib oldim.
22. Taqlid so’zlar otlashganda qanday qo’shimchalarni qabul qiladi?
A) egalik, so’z yasovchi B) kelishik, egalik, shaxs-son C) egalik, kelishik, ko’plik. D) to’g’ri javob yo’q
23. Qaysi gapda modal so’z ishtirok etmagan?
A) Shubhasiz, biz g‘olib chiqamiz . B) Aftidan, u yolg‘on gapiryapti.
C) Balki, siz haqdirsiz. D) Siz emas, balki u haqdir.
24. Gumon ma’nosini bildirmaydigan modal so’zni aniqlang. A) ehtimol B) chamasi C) shekilli D) albatta
25. Narsalarning ovoziga taqlidni bildirmaydigan so’zlarni aniqlang. A) di-dit B) taq-taq C) dag’-dag’ D) 
shi-ship 26. Ishonch munosabatini bildiradigan modal so’zni toping.
A) albatta B) darhaqiqat C) haqiqatan D) hammasi to‘g‘ri
27. Voy, g‘alati gapni gapirasiz-a, domlasi, ona o‘z bolasiga yomonlikni ravo ko‘radimi!..
Berilgan ushbu matnda alohida olingan so’zlarning qaysi bir qatnashgan?
A) modal so’z B) taqlid so’z C) undov so’z D) ishtirok etmagan
28. Ishonch ma’nosini bildiradigan modal so’zni aniqlang.
A) Avvalo, insonning qalbi go‘zal bo‘lmog‘i kerak.
B) Afsuski, besh qo‘l barobar emas. Oramizda yomon niyatli kimsalar ham uchrab qoladi.
C) Ularga qarshi kurashish hamma-mizning burchimiz, albatta.
D) Xayriyat, odamlarimizga insof va diyonat qaytib kelmoqda.
29. GUMBUR-GUMBUR, TAQ-TUQ, YARQ-YURQ, YALT-YULT tuzilishiga ko’ra qanday taqlid so’zlar 
hisoblanadi?
A) takror B) juft C) ayrimlari juft ayrimlari takror D) bu so’zlar holat ravishi
30. Elektr qurilma buzilgach hamma ishlar TAQA-TAQ to’xtadi.
Ostiga chizilgan so’z qaysi turkumiga mansub? A) Sifat B) Ravish C) Taqlid so’z D) Fe’lning ravishdosh 
shakli 
31. Qaysi qatordagi gapda otlashgan undov ishtirok etgan? 
A) E, e, bu voqeani Toshkan aholi orasidan eshitmagan qolmadi
B) Va beizn qilgan ishimdan Pushaymonim va ohim yo`qdir


C) Kura orasida arava gildiraklarining taqir-tuquri eshitilardi . 
D) Xalqning dardini eshitay deb kelibsiz-da) 
32. Qaysi qatordagi gapda otlashgan taql`id so`z ishtirok etgan? 
A) Baxmal tingir-tingir chertib uydan dutor olib chiqdi
B) Kechki sukunat bag`rini suvning bir tekis shov-shuvigina buzayotgandek ko`rinardi.
C) Mahallada shivir-shivir gap paydo bo`ldi
D) Qobil bobo og`il eshigi yonida dag`-dag` titraydi, oyoqlari bukilib-bukilib ketadi
33. Qaysi qatorda undov so`zlar berilgan? 
A) oh, qars, rahmat, piq-piq, kisht, duk-duk.
B) voy, yarq, balli, g`uv-g`uv, xo`o`sh, g`ir-g`ir.
C) uf, o`ho`, chu, beh-beh, drr, ey.
D) so`zsiz, salom, balli, lip-lip, ship-ship.
34. Yozuvda undov so’zlardan keyin ……… qo’yiladi. 
A)ikki nuqta B)nuqta C)nuqtali vergul D)vergul 
35.Xayriyat shukur modal so’zlari qanday manoni anglatadi? 
A)gumon B)achinish C)quvonish D)tasdiq 
36.Ishonch munosabati modal so’zlarini toping. 
A)albatta, balki B)xullas, afsus C)shaksiz,xayriyat D)albatta, shaksiz
37. Hayvon, parranda kabilarni kelish, ketish, to’xtash kabilarga undashni bildiruvchi so’zlar qaysi so’z 
turkumiga oid bo’ladi ? 
A)Taqlid so’zlar B) Modal so’zlar C)Undov so’zlar D) Fe’l 
38. Qulluq, qulluq, ming marta qulluq, Dilbarxon ! 
Ushbu gapdagi qulluq so’zi qaysi so’z turkumiga mansub? 
A)Ot B) Ravish C) Modal so’z D)Undov 
39. Buyruq-xitob undovi mavjud gap berilgan qatorni toping. 
A) Oh, qanday go’zal bu olam!
B) Och qoldingmi, a? Voy sen-ey, – deya Chuchuk uloqchaning shalpangquloqlaridan tortqilab qo’ydi.
C) – E, juda ajoyib ekan-ku, – dedi Elmurod ajablanib.
D) – Hoy, aylanay o’g’rigina bolam, boshimda shunday musibat turganda ko’zimga uyqu keladimi? 
40. Tarkibida undov so’z ishtirok etgan gapni ko’rsating.
A) – Bu nima gap, taqsir, – deb so’rashibdi. Mehmonga izzat-hurmat shumi?
B) Namoz g’azabi oshib, dag’-dag’ qaltiray boshladi.
C) – Shoshma, Qorako’z shoshma… Drr!
D) Boshdagi toj yal-yal yonarmish.
41. Undov so’z ishtirok etmagan gapni aniqlang.
A) Abduqodir “tis” deb barmog’ini labiga qo’ydi.
B) Dardga darmon bo’ladigan ham shu so’z, turmushga og’u soladigan ham xuddi shu so’z.
C) O’! ho’kiz yo’q, og’il ko’cha tomondan teshilgan.
D) O’h! – deb yubordi bir yigitcha. 
42. . Modal so’z ishtirok etgan gap qaysi qatorda berilgan?
A) Xullas, ana shu ajriqzordan sal o’tgandan keyin qishloqcha boshlanadi.
B) Lekin Me’morning, avvalo, raiyat, qolaversa, saltanat oldidagi mavqeyi, Xuroson-u Movarounnahrdagi 
shuhrati unga qarshi keskin chora ko’rishga yo’l qo’ymas edi.
C) Aftidan, G’ulomjon bu g’alvalarni ataylab boshlagan.
D) A, B, C
43. Avvalo, insonning qalbi go’zal bo’lmog’i kerak.
Ushbu gapdagi modal so’z qanday ma’no anglatgan?
A) ishonch B) tasdiq C) fikrning tartibi D) fikrning dalillanishi
44. Sof modal so’z ishtirok etmagan gapni aniqlang.
A) Abduqodirning ham tomog’iga bir narsa kelib tiqildi, shekilli, gapirolmadi.
B) Xullas, Umidjon deyarli har kuni bitta yangi ibratli ertak o’ylab topib, buvisiga so’zlab beradigan 
bo’libdi.
C) Chamasi, hammasining og’zi tekkan ekan o’sha go’shtga.
D) Avsuski, rejadagi ishlar ko’ngildagidek bajarilmadi.


45. Fikrning tartibi, fikrning dalillanishi, fikrni xulosalash, gumon ishonch kabi ma’no turlari qaysi 
so’zlarga mansub?
A) undov so’zlarga B) taqlid so’zlarga
C) modal so’zlarga D) yuklamalarga 
46. Vazifadosh modal so’zlar to’g’ri berilgan qatorni aniqlang.
A) aftidan, chamasi, balki, ehtimol
B) shubhasiz, attang, albatta, xullas
C) balki, avvalambor, masalan, taxminan
D) ehtimol, demak, haqiqatdan, umuman
47. Uning “ko’cha bolasi” ekanligini aftidan bilib olish qiyin emas edi. Ushbu gapdagi modal so’z qanday 
ma’noga ega? 
A) gumon B) tasdiq C) modal so’z ishtirok etmagan D) fikrni dalillash 
48. Qaysi qatordagi gapda fikrni xulosalashni ifodalagan modal so’z ishtirok etgan? 
A) Xayriyat, daraning oxiriga yaqinlashgan sayin asov soy sayozlashib, nihoyat, qoyatoshlar chekinib, 
yaylov ko’rindi.
B) Xullas, ana shu ajriqzordan sal o’tgandan keyin qishloqcha boshlanadi.
C) Xayr, o’g’rigina bolam, kelib tur.
D) Yomg’ir yog’yapti shekilli, deb o’ylab, boshini ichiga tiqib, yotaveradi, keyin bitta-bitta hiqildog’idan 
tutib xaltaga solaman. 
49. His-hayajon undovlari qaysi qatorda ko’rsatilgan? 
A) hey, voy, oh, uh B) uf, iye, voy-bo’, oh C) oh, hey, chu, o’h-ho’ D) voy, xo’sh, chip-chip 
50. Buyruq-xitob undovlari berilgan qatorni toping.
A) hey, xey, chu, beh-beh B) hoy, hey, kisht, oh C) uf, chu, voy, voy-bo’ D) xo’sh, hey, oh, chip-
chip 
51. Undov so’z ishtirok etgan gapni toping? 
A) Chiroq lip-lip etdi.
B) Tiss, – dedi Sayyora, barmog’ini labiga qo’yib.
C) Ehtimol, ertalab o’ziga isitib berish uchun shunaqa deyayotgandir.
D) Otasining xuddi o’zi. 
52. Undov so’z ishtirok etmagan gap berilgan qatorni ko’rsating. 
A) Iya, bularni nima qilasan?
B) Hammasi o’tkinchi, xo’sh, nima o’tmas?
C) Ey qotil, nega shunday katta azim terakni nobud qilding?
D) Boshidagi yal-yal yonarmish. 
53. Holatga taqlidni bildirgan so’zlar berilgan qatorni aniqlang.
A) lip-lip, jimir-jimir, voy-dod
B) jimir-jimir, dag’-dag’, lip-lip
C) yal-yal, dupur-dupur, tars-turs
D) chars-churs, tars-tars, tap-tap
54. Ovozga taqlidni bildirgan so’z ishtirok etgan gapni toping.
A) Namoz g’azabi oshib, dag’-dag’ qaltiray boshladi.
B) Shoikrom onasining barmoqlari tars-tars yorilib ketganini endi payqadi.
C) To’rtta savag’ich bilan tap-tap urib, par singari qilib titibdi.
D) Boshidagi toj yal-yal yonarmish. 
55. Holatga taqlidni bildirgan so’z qatnashgan gap berilgan qatorni ko’rsating. 
A) Endi, ehtimol, dir-dir qaltirayotgan bolalar yuk ko’tarishga yaramas edi.
B) Birovning oldiga borib “vov-vov” qilib hursa, podshoh gunohkorni yetmish ikki darra urdirar ekan.
C) Yetti qaroqchi yulduz tikkaga kelganda, g’o’ng’ir- g’o’ng’ir ovozdan uyg’onib ketdim.
D) Yangi so’yilgan kurka sho’rvasi qozonda biliq-biliq qaynardi. 
56. Qaysi qatordagi gapda gumon ma’nosini ifodalagan modal so’z ishtirok etgan? 
A) Kattasi ham uyg’onib ketdi, shekilli, qo’shilishib yig’lashga tushdi.
B) Afsuski, besh qo’l barobar emas.
C) Ularga qarshi kurashish hammamizning burchimiz, albatta.
D) Xullas, ajriqzordan o’tgandan keyin qishloqcha boshlanadi.
57. Tasdiq ma’nosini ifodalagan modal so’z ishtirok etgan gapni toping. 


A) Ularga qarshi kurashish hammamizning burchimiz, albatta.
B) Shubhasiz, biz g’olib chiqamiz.
C) Darhaqiqat, chang-to’zon ancha narilab, Karki tomonga ketardi. 
D) Aftidan, u yolg’on gapiryapti. 
58.Vazifadosh modal so’zni aniqlang. 
A)attang B)shekilli C)xullas D)to’g’ri 
59. Bay-bay, bunday shirin ovqatni birinchi marta yeyishim!!! 
Ajratib ko’rsatilgan so’zning turkumini belgilang. 
A)modal B)undov C)taqlid D)sifat 
60. Hoy, atigi balli, dod, qurey-qurey, avvalambor, tu-tu, haqiqatan, voy, koshki, alqissa. 
Ushbu so’zlardan nechtasi modal so’z hisoblanadi? 
A)3 ta B)2 ta C) 4 ta D) 5 ta
Javoblar
1 11 21 31 41 51
2 12 22 32 42 52
3 13 23 33 43 53
4 14 24 34 44 54
5 15 25 35 45 55
6 16 26 36 46 56
7 17 27 37 47 57
8 18 28 38 48 58
9 19 29 39 49 59
10 20 30 40 50 60
 
 
 
 
 
 
Tuzuvchi : ABBOS YUSUPOV 
 
Bajaruvchi ______________
 

tải về 139.81 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương