Universiteti fakulteti


Amir Shayx Nuriddin hayoti



tải về 36.22 Kb.
trang2/2
Chuyển đổi dữ liệu03.04.2024
Kích36.22 Kb.
#57059
1   2
Amir shayx nuriddin

Amir Shayx Nuriddin hayoti.
Temuriylar davrida oʻtkazilgan qurultoy, kengash, shohona qabullar va dabdabali saroy marosimlariga oʻrta asrlar davlatchiligining oʻziga xos anʼanalari mujassam etilgan. Tantanali izdahom tartibiyu qoidalaridan tortib, aʼyonlarning toʻyona libosu oʻrinlarigacha eʼtibor berilgan. Mac, pacmiy marosimlarda amir ulumaro, beklar begilar, amirlar, noʻyonlar, sardorlar, ulus, tumonot va qoʻshunot amirlari, shuningdek, mingboshilar, yuzboshilar mansab va martabalariga qarab hukmdorning soʻl tomonidan; sayyidlar, qozilar, ulamo, fuzalo mashoyix, ulugʻ va oliy tabaqadagi kishilar oʻng tarafidan oʻrin olganlar. Devonbegi va vazirlar — taxt roʻparasidan, kalontarlar (shahar hokimlari), kadxudolar (qishloq oqsoqollari) vazirlarning orqasidan joy olgan. Bahodurlar, qilichboz yigitlar — taxt orqasida, uning oʻng tarafidan, qorovullar esa, taxt orqasining chap tarafidan oʻrin olishgan.
Amir Temur hayotlik davridayoq davlatni boshqarish uslubiga bagʻishlangan maxsus asar yaratilib, u "Temur tuzuklari" nomi bilan shuhrat topgan. Unda davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toju taxt egalarining tutumi (yoʻnalishi) va vazifalari, vazir va qoʻshin boshlikdarini saylash, sipoxlarning maoshi, mamlakatni idora etish tartibi, davlat arboblari va qoʻshin boshliqlarining burchi va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida koʻrsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqa bayon etiladi. Shunday qilib, T.da davlat tuzilishi, qonunqoidalarni tartibga solish bilan bir katorda, oliy dargoh hayoti bilan bogʻliq anʼanalar ham qaror topgan.
Mamlakat obodonligi. Amir Temur va T. mamlakat mustaqilligi, elyurt osoyishtaligi va uni obod etishga katta ahamiyat berdilar. Bu davrda Chingizxon hujumi va moʻgʻullarning betoʻxtov bosqinlari oqibatida vayronaga aylangan Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv, Banokat (Shohruxiya) kabi qad. shaharlar, kdlʼa va istehkomlar qayta tiklandi, yaʼni shaharlar va qishloqlar qad koʻtardi. Markaziy shaharlar va ularning tevarak atrofida kurkam maʼmuriy, maʼrifiy va jamoat binolari, suv inshootlari qurilib, bogʻu boʻstonlar barpo etildi (qarang Amir Temur bogʻlari). Daryo va soylardan yirik sugʻorish tarmoqlari qazib chiqarilib, minglab gektar qoʻriq va boʻz yerlar oʻzlashtirildi, sugʻorma dehqonchilik maydoni kengaytirildi. Soliq tizimining tartibga solinishi bilan mamlakat iktisodiyotining asosi boʻlgan dehqonchilik, hunarmandchilik hamda ichki va tashqi savdo rivojlandi.
Sohibqiron Kesh shahriga alohida eʼtibor berib, uni Turkiston diyorining maʼnaviy markaziga aylantirishga harakat qiddi. Bu shahar "Qubbat ulilm valadab" ("Ilm va adabning gumbazi") deb yuritildi. Samarqand saltanat poytaxtiga aylantirilgach, unda Isfahon, Sheroz, Xalab, Xorazm, Buxoro, Nasaf va Keshning meʼmoru binokorlari qoʻli bilan saroylar (Boʻstonsaroy, Koʻksaroy), masjidlar, maqbara va xonaqohlar qurildi. 1403—04 yillarda Samarqandda boʻlgan Ispaniya elchisi Rui Gonsales de Klavixo Amir Temurning olib borayotgan binokorlik ishlaridan hayratda qolgan.
14-asrning oxiri — 15-asrlarda Samarqandda kurkam va muhtasham binolardan tashqari, turlituman hunarmandlar mahallalari yuzaga keldi. Klavixoning yozishicha, hunarli birorta kishining Movarounnahrni tark etishiga yoʻl qoʻyilmagan. Aksincha, Amir Temurning amri bilan Damashqning eng mohir toʻquvchilari, Xalabilaning mashhur paxta yigiruvchi va Anqaraning movut toʻquvchilari, Turkiya va Gurjistonning zargarlari, xullas, kasbhunar sohasida qaysi shaharda nom chiqargan hunarmand boʻlsa, SamarqaNdga koʻchirilib kelingan. Shaharda turli mazhab va dinlardagi kishilar yashagan.
Amir Temurning obodonchilik faoliyati anʼanaga aylanib, uning vorislari tomonidan davom ettirilgan. Temuriy shahzodalar, nufuzli amiru vazirlar, viloyat va ulus hokimlari, hatto ayrim malikalar oʻz shaxsiy mablagʻlarining kattagina qismini masjidu madrasalar, xonaqohu shifoxonalar, hammomu bozorrasta (chorsu)lar, rabotu karvonsaroilar, suv inshootlariyu bogʻrogʻlar barpo etishga sarf qilganlar. Masjid va madrasalar, shifoxona va xonaqoxlarning sarfu xarajati uchun ekin maydonlari, tegirmon, objuvoz, moyjuvoz va doʻkonlar vaqf etilib, mudarrisu talabalarga dahʼyak (maosh) belgilangan.
Hirot, Mashhad, Balx va Marv sh.lari va qasabalarining obod etilishida Shohrux Mirzo hamda Ulugʻbekning onasi Gavharshod begimshsht hissalari katta boʻlgan. Mac, 1410 y. Hirotda 2 Madrasa, xonaqoh va hashamatli saroy bino qilingan. Hirotning Saripuli Injil mavzeida 1432 yilda qad koʻtargan Madrasa, Mashhadning Jome masjidi Gavharshod begimning nomi bilan bogʻliq. Ushbu madrasalar qurilishiga Qavomuddin meʼmor Sheroziy boshchilik qilgan. Shayx Shahobuddin ibn Shayx Ruknuddin madrasaga bosh mudarris qilib tayinlangan.
15-asrda Movarounnahrda, xususan, Samarqand, Buxoro, Xoʻjand, Toshkent va boshqa shaharlarda binokorlik ishlariga, ayniqsa, Mirzo Ulugʻbek katta ahamiyat bergan. Uning davrida Madrasa, masjid, xonaqoh, hammom, sardoba va karvonsaroilar qad koʻtargan. Qabriston va ziyoratgoxlar obod etilgan. Bu davrda shahar obodonchiligi, xususan, meʼmorligi rivoj topgan. Samarkand Registoni qayta rejalashtirilib, unda Madrasa, 210 gumbazli Koʻkaldosh jome masjidi, karvonsaroy, Muqatta masjidi, Mirzoiy hammomi qad koʻtargan.
Bu ulkan va noyob qurilishlar orasida 15-asrning 20 yillarida Samarqandda bino qilingan Ulugʻbek rasadxonasi alohida oʻrin tutadi.
15-asrda Xuroson shagʻarlari, ayniqsa, uning poytaxti Hirotning obod etilishi sulton [[Husayn Boyqaro va uning vaziri Alisher Navoiy nomlari bilan bogʻliq. Xurosonda, xususan, Hirot va uning tevarak atrofida Navoiy va uning safdoshlari tashabbusi bilan 300 dan ortiq jamoat binolari (masjid, Madrasa, maqbara, xonaqoh, hammom, shifoxona, saroy, koʻshk, istirohat bogʻlari, rabotlar) hamda sugʻorish inshootlari (hovuz, koʻprik, band — suv omborlari) barpo etilgan. Qurilishlarning aksariyati Navoiyning bevosita homiyligi bilan yoki uning mablagʻiga amalga oshirilgan. Xondamirning yozishicha, Navoiy 52 rabot, 19 hovuz, 16 koʻprik, 9 hammom va bir nechta Madrasa, masjid, shifoxona va xonaqohlar qurdirgan.
Movarounnahr va Xurosonning T. davri binokorligida shifoxonalar, hammomlar va istirohat bogʻlari alohida oʻrin tutadi. Bunday inshootu istirohat maskanlari Oʻrta Osiyo va Yaqin Sharqsa 8—9-asrlardayoq qad koʻtarib, 15-asrda esa Samarqand, Buxoro, Gurganj, Toshkent, Marv, Hirot, Gʻazna, Ray, Hamadon va Isfahon kabi Sharqning nufuzli shaharlarida barpo etilgan. Mana shunday shifoxonalardan biri temuriy malikalardan Mulkat ogʻo tomonidan qurilgan Dor ushshifoga mavlono Darvishali bosh hakim etib tayinlangan. Barcha muolaja ishlari unga topshirilgan. Shifoxonalarda maxsus dorixonalar boʻlib, doripazlar bemorlar uchun doridarmonlar tayyorlab berganlar. Bu davrda Hirot Dor ushshifosi, ayniqsa kahhollari (okulist) gʻoyat shuhrat topgan. Navoiyning inoyati bilan yetishib chiqqan Gʻiyosuddin Muhammad, Nizomuddin Abdulhay, Darvishali, Muhammad Yusuf, Abdulhay Tuniy, Muhammad Muʼin kabi mashhur tabiblar uzoq vaqt faoliyat koʻrsatganlar. Umuman, Navoiyning homiyligida 12 ming tolibi ilm, olim, tabib, shoir, muzahhib, musavvir, zargar, duradgor va binokorlar kamol topgan.
Saltanatda hukm surgan nisbatan barqarorlik, yirik shahar va viloyatlarda amalga oshirilgan obodonchilik, sugʻorma dehqonchilikning kengayishi bilan mamlakatning iqtisodiy hayotida muhim oʻrin tutgan hunarmandchilik va tovarpul munosabatlari rivoj topgan. Ilk oʻrta asrlarda shakllangan 3 qism (ark, shahriston va rabod)li voha shaharlari kengayib, koʻp darvozali yagona mudofaa devori bilan oʻralgan yangi qiyofadagi yirik va gavjum shaharlar qad koʻtargan. Bu davrda Samarqand, Buxoro, Toshkent, Kesh(Shahrisabz), Shohruxiya, Termiz, Nasaf va Axsikat kabi shaharlar oʻzining topografik qiyofasi, aholisining kasbikori, ichki va xalqaro tashqi tijorati bilan oʻrta asrlar Sharqining namunali hunarmandchilik va gavjum savdo markazlariga aylangan. Hunarmandchilikning turli tarmoklari rivoj topib, shaharlarning tarixiy topografiyasi tubdan oʻzgargan. Ularda hunarmandchilik mahallalarining soni ortib, guzar, koʻchakoʻy, bozor rastalari, toqu ravok,li, gumbazli timlar —chorsular qad koʻtargan. Koʻpgina yirik shaharlarda "zargaron" ("zargarlik"), "misgaron", "suzangaron"("ignasozlik"), "sovutsozon", "sangtaroshon" ("toshtarovchi"), "shishapazon", "charmgaron"("koʻnchilik") kabi maxsus hunarmandchilik mahallalari tashkil topgan. Hunarmandchilik sohasida toʻqimachilik, kulolchilik, chilangarlik va binokorlik yetakchi oʻrin tutgan. Samarqandda, ayniqsa, qogʻoz ishlab chiqarish. alohida ahamiyat kasb etgan. Shahar yaqinida Obirahmat anhori sohilida qogʻoz ishlab chiqariladigan maxsus objuvozlar va korxonalar joylashgan (qarang Noshirlik).
Tashqi savdo va pul munosabatlari. Xitoydan Oʻrta dengiz boʻylari tomon yoʻnalgan qad. karvon yoʻli kesib oʻtgan yuyat ulkan hududda yagona saltanatning barpo etilishi bilan bu xalqaro muloqot yoʻlida T. shubhasiz sarbonlik qilish imkoniga ega boʻlishgan. Ular savdo karvonlari qatnovi xavfsizligini taʼminlashga, Sharq va Gʻarb mamlakatlariaro savdo va elchilik aloqalarini har tomonlama kengaytirishga jiddiy eʼtibor berishgan. T.davrida Xitoy, Hindiston, Tibet, Oltin Oʻrdaga tobe Rusiya, Volga boʻyi, shuningdek, jan. Sibir bilan muntazam savdosotiq qilingan. Xitoydan, asosan, shoyi, chinni, gavhar va mushk; Hindistondan ip mato, nil(boʻyoq), muskat yongʻogʻi, qalampirmunchoq, dolchin va anbar; Rusiya va Sibirdan qimmatbaho moʻyna, teri va mum olib kelinardi; Yevropadan gazmollar, movut va koʻpgina boshqa tovarlar keltirilgan.
Samarqanddan chet mamlakatlarga: boʻz, duxoba, shoyi gazlama, qogʻoz, quruq meva, guruch, paxta va kalava (yigirilgan ip) va boshqa chiqarilgan.
Tashqi savdoni kengaytirishda T.ning turli mamlakatlar bilan olib borgan elchilik aloqalari muhim ahamiyatga ega boʻlgan. 15-asrning 20— 40y.larida Shohrux va Ulugʻbek idora etgan davlatlar bilan Xitoy, Tibet va Hindiston oʻrtasida muntazam elchilar almashib turilgan. 1418 yilda Ardasher boshliq Shoxrux elchilari katta karvon bilan Xitoyda boʻlgan. 1419 yilda esa, bunga javoban Li Di va Jong Ku Xitoydan Samarqand va Hirotga elchi boʻlib kelganlar. 1420 y. Shohrux va Ulugʻbek 530 nafarli elchilik karvonini Xitoyga joʻnatishgan. Shohrux elchilariga Shodixoja bilan amir Koʻkcha, Ulugʻbek elchilariga esa Sultonshoh bilan Muhammad baxshi boshchilik qilgan.
Bu davrda T. Tibet va Hindiston bilan ham elchilik munosabatlarini oʻrnatishgan. 1421 y. Tibetdan Buxoro va Samarqandga elchilar kelgan. 1441—42 ylarda Shohrux Hindistonga Bijayanagar saroyiga tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy boshliq elchilarni yuboradi. U Kermon, Hurmuz va Fors qoʻltigʻi orqali Hindistonga qilgan sayohatini yozib qoldirgan.
14-asrning oxiri va 15-asrning 1yarmida T. davridagi iqtisodiy taraqqiyotga (hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo) mamlakatda oʻtkazilgan pul islohotlari turtki boʻlgan. Dastlab, Amir Temur, soʻngra ayrim T. mamlakatda yagona pul birligini joriy etishgan. Amir Temur vazni 6 g li "tanga" va 1,5 g li "miri" deb yuritiladigan 2 xildagi kumush tangalarni zarb etgan. Bu kumush tangalar Suyurgʻatmishxon va Sulton Mahmudxon nomlari bilan Movarounnahr, Xuroson, Eron, Ozarbayjon va Iroqning 40 dan ortiq yirik shaharlarida chiqarilgan. Shohrux Astrobod, Buxoro, Dom/on, Isfahon, Kushoniya, Kermon, Qum, Nishopur, Marv, Samarqand, Sabzavor, Sultoniya, Tabriz, Xorazm, Hirot, Sheroz va boshqa shaharlarda oʻz nomi bilan kumush tangalar zarb etib, pulning ichki savdodagi muomalasini tartibga solgan. Bu borada 1428 yilda Ulugʻbek oʻtkazgan fulusiy (mis) pullar islohoti ayniqsa katta ahamiyat kasb etgan.
Mehnatkash aholini ichki chakana savdoga kengroq jalb etish maqsadida Ulugʻbek mahalliy hokimiyatning yengil vazndagi barcha chaqa pullarini man etgan. Bir vaqtning oʻzida u Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruxiya va Andijonda zarbxonalar barpo qilib, bir xil vazndagi salmokdor fuluslar zarb ettirib, muomalaga chiqargan. Xalqoʻrtasida Ulugʻbekning chaqalari "fulusi adliya", yaʼni "adolatli chaqa" nomi bilan shuhrat topgan. Shu bilan birga Ulugʻbek tashqi savdodan keladigan daromadni oshirish maqsadida "tam/a" — savdo bojini bir muncha koʻpaytirgan.
T.da ichki va tashqi savdoning kengayishi, kasbhunar tarmoklarining rivoj topib, hunarmandchilik mahsulotlari hajmining ortib borishiga turtki boʻlgan.
Dehqonchilik va sugʻorish ishlari. Mamlakatning iqtisodiy hayotida dehqonchilik asosiy oʻrin tutgan. Shu bois T. dehqonchilikning bosh omili boʻlgan sugʻorish ishlariga katta ahamiyat berishgan. 14-asrning oxiri — 15-asrning 1yarmida Movarounnahr va Xurosonda yirik sugʻorish tarmoqlari qazilib, korizlar, suv omborlari — bandlar va hovuzlar barpo etilib, suv tanqis viloyat va vohalar, shahar, qishloklarning suv taʼminoti yaxshilangan. Qoʻriq va boʻz yerlar oʻzlashtirilib, obikor yerlarning maydoni kengaytirilgan. Yangiyangi qishloqlar, chorbogʻlar va sayilgoh boʻstonlar barpo etiladi. Amir Temur Samarkand vohasi, poytaxt va uning tevarak atrofini obod etilishi ga alohida eʼtibor bergan. Obirahmat, Mazdahin, Bozor, Korand va Nahri jadid kabi sugʻorish tarmoklari orqali obod etilgan qishloqlarning soni 72 taga yetgan. Yangi qishloqlarning bir qismi Sharqning mashhur shaharlari: Damashq, Qohira, Bagʻdod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan ulugʻlangan.
Sohibqiron Xuroson, Eron, Kavkaz va boshqa viloyatlarda ham bir qancha yirik sugʻorish ishlarini amalga oshirgan. Uning farmoni bilan Murgʻob daryosidan 20 dan ortiq sugʻorish tarmoqlari qazilib, Marv vohasi qayta obod etilgan. 1401 y. Kavkazning Baylaqon mavzeida Arake daryosidan chiqarilgan Barlos kanali zamonasining yirik irrigatsiya inshootlaridan biri boʻlgan. Kanalning uz. 10 farsax (60–70 km) boʻlib, kemalar qatnay olgan.
Shogʻrux va Ulugʻbek hukmronligi davrida sugʻorish ishlari yanada kengaygan. Dashtlarga suv chiqarilib, boʻz yerlar oʻzlashtirilgan. Xususiy sohibkorlar esa, hatto birikki yil davomida soliq va toʻlovlardan ozod etilgan. Bu davrda T. Samarqand, Qashqadaryo, Marv vohalari, Tuye vodiysi va Xirotda yirik sugʻorish inshootlari barpo etilib, dehqonchilik maydonlarining suv taʼminotini tubdan yaxshilashgan. Mas., Angor kanali qayta tiklanib, Zarafshon daryosi suvining bir qismi Kashqadaryo vohasiga tashlangan. Moʻgʻullar tomonidan vayron etilgan Murgʻob daryosining bosh toʻgʻoni — Sultonband tiklanib, Marv sh. va vodiysi suv bilan toʻla taʼminlangan. Mirzo Ulugʻbek tomonidan Buxoroning Somonjuq dashtiga suv chikarilib, yangi yerlar oʻzlashtirilgan. Navoiyning tashabbusi bilan Tuye viloyatida Turuqband suv ombori qurilib, undan 10 farsax masofada kanal orqali Mashhadga suv keltirilgan. Bu davrda q. x.da gʻallakorlik, sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilikka ahamiyat berilgan. Chorvachilikda — yilqichilik, qorakoʻlchilik, tuyachilik muhim oʻrin tutgan.
T.davrida mulkchilik munosabatlari yanada takomillashgan. Mulkning , asosan, 4 shakli: "mulki devon" (davlat yerlari), "mulk" (xususiy yerlar), "mulki vaqf" (madrasa va masjidlar tasarrufidagi yerlar) va "jamoa yerlari" boʻlgan. T. yerlarining katga qismi davlat mulki hisoblangan, ularni "suyurgʻol" yoki "tarxon" tarzida inʼom qilish keng tarqalgan. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, Shohrux davrida Xorazm — Shohmalik; Fargʻona — Mirzo Ahmad; Tus, Mashhad, Obivard, Nisoni qamragan Xuroson — Boysungʻur; Kobul, Gʻazna va Qandahrr viloyatlari Mirzo Qaydu bahodirning suyurgʻoli edi. Suyurgʻol yorligʻiga ega boʻlgan viloyat hukmdorlari markaziy hokimiyatga nomigagina karam boʻlib, odatda, ular deyarli mustaqil boʻlishgan.
Tarxonlik yorligʻini olgan mulkdorlar barcha soliq, toʻlov va majburiyatlardan ozod etilgan. Tarxonlik amirlar, beklar, saroy amaldorlari, sayyidlar va boshqa yuqori tabaqa vakillariga berilgan. Shu boisdan davlat soligʻidan tushadigan daromadning talaygina qismi tarxonlar qoʻlida toʻplangan. Mamlakatning siyosiy hayotida ular gʻoyat katta kuchga aylangan.
15-asrda yer maydonlari, suv manbalari, doʻkon, korxona, tegirmon, objuvoz, bozor rastalari, karvonsaroylar va boshqa Madrasa, masjid, xonaqoh, shifoxonalarga biriktirilib, ular "mulki vaqf" deb yuritilgan. Ulardan tushgan daromad xayriya ishlariga (masjid, Madrasa, shifoxona xarajatlari; jihozi; mutavalli, mudarris, tabib va talabalar uchun) sarf etilgan. Davlat yoki vaqf, tarxon yoki suyurgʻol yerlarda koranda boʻlib mehnat qiluvchi ziroatchilar "muzaraʼ" deb atalgan. Ularning hissasi yer egasining urugʻlik, omoch, hoʻkiz, ot va arava kabilar bilan taʼmin etishiga qarab, 1/3, 1/4 yoki 1/5 hajmda belgilangan. Sugʻorma dehqonchilik yerlardan "mol" soligʻi olingan. Daryo, buloq va koriz suvlari bilan sugʻoriladigan obikor yerlardan "mol" soligʻi hosilning 1/3 (33%) miqdorida undirilgan. Lalmi yerlardan hosilning 1/6 dan to 1/8 miqdorida soliq solingan. Mulk yerlarining bir qismi "ushr" miqdorida soliq toʻlagan. Bunday yerlar ilmfan, maʼrifat va maʼnaviy hayotning namoyandalari (sayyid, xoja, ulamo, shayxlar) tasarrufida boʻlgan. Mac, 15-asrning yirik mulkdori Xoja Ubaydulloh Ahror 1300 ushriy mulkidan har yili Samarqand hokimi Sulton Ahmad xazinasiga gʻallaning oʻzidan 80 ming botmon (1 botmon — 20 kg) miqdorida ushr toʻlagan.
Yuqorida qayd etilgan soliklardan tashqari fuqarodan soliq yigʻuvchi (muxassilona), hosilni belgilovchi (sohib jamona), kirimni boshqaruvchilar (zobitona, "dorugʻona"), suv taqsimlovchi ("mirobona") kabi toʻlovlar undirib olingan. Shuningdek, aholi favqulodda xarajatlar uchun "avorizot" va "tavojjuhoti xorijiy" kabi odatdan tashqari soliqlarni xam toʻlagan.
Madaniy hayot. 15-asr va 16-asr boshlarida Samarqand, Hirot, Buxoro va Gʻijduvon kabi bosh shaharlarda Amir Temur anʼanalari davom ettirilib, olimu muhandis, shoiru bastakor, meʼmoru binokor va naqqoshu musavvirlarning guruhi toʻplangan edi. Movarounnahrda, xususan, Samarqandda ilmfan va sanʼatning taraqqiyotida Ulugʻbek va uning atrofida yigʻilgan olimlarning oʻrni va hissasi nihoyatda buyukdir. Movarounnahr va Xurosonning boy va serqirra madaniyatiga, islom dunyosining maʼnaviy anʼanalariga suyangan hamda oʻz davrining madaniy tajribalaridan toʻla foydalana bilgan Ulugʻbek mamlakatning ravnaqi, ayniqsa, uning maʼnaviy kamolotida ilmfanning va sanʼatning naqadar muhimligini yaxshi tushunardi. U mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotini boshqarish bilan bir qatorda ilmiy ishlar bilan shugʻullandi. Ilmiy munozaralar oʻtkazdi. Ulugʻbek Movarounnahr shaharlarini, xususan, Samarkand va Buxoroni ilmu maʼrifat dargohiga aylantirishga intildi. Uning farmoni bilan Buxoroda (1417), Samarqandda (1417—20) va Gʻijduvonda (1433) madrasalar barpo qilindi. Hatto, Buxoro madrasasining darvozasiga: "Bilim olish har bir musulmon ayolu erkakning burchidir", degan kalima yozib qoʻiilgan. Bu madrasalar zamonasining dorilfununi hisoblanib, ularda Qurʼon, hadis, tafsir, fiqh (din va shariat qonunqoidalari), riyoziyot (mat.), handasa (geom.), joʻgʻrofiya (geogr.), ilmu aruz (poetika), arab tili va uning morfologiyasi kabi dunyoviy ilmlar ham oʻqitildi. Samarqand madrasasida Shamsuddin Havofiy, Qozizoda Rumiy, Gʻiyosuddin Jamshid, Ulugʻbek, Alouddin Ali Qushchilar turli fanlardan dare berishgan. Bu davrda Samarqandda Ulugʻbek madrasasidan tashqari Xonim, Firuzshoh, Shohmalik, Xojabek, Mirabduvali va Qutbiddin Sadr nomli madrasalar ham qad koʻtargan.
15-asrda Movarounnahr va Xurosonda tarix fani xam rivoj topdi. Hofizi Abru, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Isfizoriy, Davlatshoh Samarqandip va boshqa koʻpgina tarixchilar Samarqand yoki Hirotda yashab ijod qildilar. "Zubdat attavorix" muallifi Hofizi Abru, "Matlai saʼdayn va majmai bahrayn" nomli asarni yozgan Abdurazzoq Samarqandiy oʻz asarlarini Amir Temur va T. hukmronlik qilgan davrga bagishladilar. Mirxond "Ravzat ussafo" va Xondamir "Habib ussiyar" oʻz asarida Sulton Husayn hukmronlik qilgan davr voqealarini bayon qildi. Muiniddin Isfizoriy esa Hirot tarixini yezdi.
T.davrida adabiyot badiiy uslub jihatidan takomillashdi, yangi pogʻonaga koʻtarildi. Nasr va nazmda koʻplab nodir asarlar yaratildi. Bu davrda zamonasining yetuk shoiru adiblari: Qutb, Sayfi Saroyi, Xaydar Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Yaqiniy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfip va boshqa yashab ijod qiladilar. Durbekning "Yusuf va Zulayho" dostoni, Atoiy devoni, Lutfiyning "Zafarnoma" va "Gul va Navroʻz" dostonlari shu davr badiiy adabiyotining durdonalaridandir. Bu davrda oʻzbek shoirlari ichida Lutfiy alohida oʻrin tutdi. Navoiyga qadar oʻzbek sheʼriyatida Lutfiy darajasiga yetadigan shoir oʻtmagan. U oʻzbek tilida asarlar, fors tilida qasidalar yezdi.
Bu davr badiiy adabiyoti taraqqiyotida Abduraqmon Jomiy hamda Alisher Navoiyning xizmati gʻoyat buyukdir.
15-asrda ilmfan va adabiyot bilan bir qatorda kitobat sanʼati, yaʼni qoʻlyozma asarlarni koʻchirib yozish va u bilan bogʻliq boʻlgan xattotlik, musavvirlik, lavvohlik (lavha chizish) va sahhoflik (muqovasozlik) sanʼati ham nihoyatda taraqqiy etadi. Bosmaxona va kitob nashr etish hali vujudga kelmagan zamonda kitob yaratish va uning nusxalarini koʻpaytirish ogʻir mehnat va koʻp vaqt sarf etiladigan mushkul ish boʻlgan. Ayniqsa, nafis kitob yaratish oʻta murakkab va juda mashaqqatli bir jarayon boʻlib, u qogʻozrez (qogʻoz tayyorlovchi), xattot, musavvir, lavvoh kabi bir necha xil mutaxassislarning mehnati va malakasi bilan bogʻliq edi. 15—16-asrlarda bir qancha isteʼdodli xattot, musavvir, lavvohlar yetishadi. Abdurahmon Xorazmiy, Sultonali Mashhadiy, Sultonali Xandon, Mirali Qilqalam, Xalvoiy, Rafiqiy shular jumlasidandir.
15-asr va 16-asr boshlarida T.da tasviriy sanʼat ham taraqqiy topadi. Kamoliddin Behzod, Mirak Naqk,osh, Qosimali, Mahmud Muzahhib, Xoja Muhammad Naqqosh va Shoh Muzaffar kabi moʻyqalam sohiblari yetishadi. Behzod asos solgan Hirot musavvirlik maktabi ulkan yutuqlarga erishadi. Bu davr tasviriy sanʼat obidalari oʻzining mavzui va voqeliligiga qarab portret, hayotiy lavhalar, tabiat manzaralari, bino va badiiy asarlarga ishlangan tasvirlardan iborat boʻlgan. Bizgacha Jomiy, Navoiy, Abdulla Xotifiy, Behzod, [[Husayn Boyqaro, Bobur va Shayboniyxon portretlari saqlanib qolgan.
14—15-asrlarda musiqa sanʼati taraqqiyotida xdm yangi bosqich boʻldi. Bu davrda yangi kuy va qoʻshiqlar, cholgʻu asboblari va musiqa nazariyasiga doir asarlar yaratildi. Mahoratli sozandalar, bastakorlar va hofizlar yetishadi. Abduqodir Nayi, Qulmuhammad Shayxiy, Husayn Udiy, Shohquli Gʻijjakiy, Qosim Rabboniy, Darvesh Ahmad Qonuniy, Xoja Yusuf Andijoniy, Us tod Shodiy, Najmiddin Kavkabiy shular jumlasidandir. Omilkor musiqachilar bilan bir qatorda Ulugʻbek, Navoiy, Jomiy va Binoiy kabi mutafakkir va shoirlar ham musiqa sohasida ijod qildilar. Mac, Ulugʻbek "bulujiy", "shodiyona", "axloqiy", "tabriziy", "usuli ravon" va "usuli otligʻ"; Navoiy "isfahoniy" kuylarini ijod qiladi. Jomiy va Binoiy musiqa nazariyasiga doir asarlar yaratdilar. Shubhasiz, musiqa sanʼati ham 14— 15-asrlarda sanʼatning boshqa turlari va sheʼriyat bilan uzviy aloqada yangi taraqqiyot pogʻonasiga koʻtariladi. Mohir sanʼatkormashshoklar, bastakor va hofizlar yetishadi, nodir va bebaho sanʼat asarlari vujudga keladi.
Shunday qilib, Amir Temur asos solgan davlat Qad. Sharkda 3 yoʻnalishda (oʻtroq dehqonchilik, dasht chorvachiligi va shaharsozlik) shakllangan sivilizatsiyalar qorishgan TuronTurkiston hududlarida rivoj topib qiyomiga yetgan davlatchilikning nodir namunasi edi.
Biroq 15-asr oxirida T. oʻrtasida avj olib ketgan ixtiloflar, ayrim viloyat hokimlarining uzluksiz oʻzaro kurashlari shaharlarda hunarmandchilik va savdosotiqqa zarar yetkazib, vohalarda dehqonchilik xoʻjaliklarini xonavayron qilgan. Bunday ogʻir ahvolda davlatning iqtisodiy va maʼmuriy hayotida muhim mavqega ega boʻlgan yuqori tabaqa vakillarining bir kismi T. ga nisbatan sotqinlik yoʻlini tutdi. Bu asnoda Fargʻona hokimi Bobur saltanatini shayboniylardan himoya qilish va uning barqarorligini saqlab qolish yoʻlida astoydil kurashgan. Biroq bunday sharoitda Bobur ham uz Vatanini tark etib, oʻzga yurtlarga yuzlanishga majbur boʻddi. U avval Afgʻonistonni, soʻngra Shim. Hindistonni boʻysundirib, Boburiylar saltanatiga asos soldi. Bu davlat T. davlatchiligi udumlarini davom ettirib, 3 asrdan ortiqroq hukm surdi.).





tải về 36.22 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương