Ul tuta ot quyrug‘indan, «bo‘l uzun soch» deb qo‘ya, «Tek nega boshda tugul?» Tanqidga muhtoj deb qo‘ya



tải về 52.25 Kb.
trang3/4
Chuyển đổi dữ liệu11.02.2024
Kích52.25 Kb.
#56547
1   2   3   4
MAYIZ YEMAGAN XOTIN

SAN’ATKOR

Konsert odatdagicha «navbatdagi nomerimizda... Kelgan- laringga rahmat, o‘rtoqlar» bilan tamom bo‘ldi. Nomi chiqqan ashulachi – san’atkordan boshqa hamma xursand bo‘lib tarqaldi. San’atkor tajang edi: tanaffus vaqtida zalga chiqqan edi, bir traktorist uni savodsizlikda aybladi. Traktorist tanqid qilganiga san’atkor asti chiday olmas edi: traktor qayoq- da-yu, masalan, «chorzarb» qayoqda, traktorist qayoq- da-yu, ashulachi qayoqda!


San’atkor uyiga ketgani izvoshga o‘tirganida yana tutaqib ketdi: «Hech bo‘lmasa aytadigan ashulangni o‘rgan, so‘zlarini to‘g‘ri ayt» emish! Nimasini bilmayman, nimasi to‘g‘ri emas? Meni shu vaqtgacha muxbirlar, yozuvchilar ham tanqid qilgan emas, formalizm, naturalizmlardan o‘tdim – hech kim otvod
bergani yo‘q. Otvod berish qayoqda, hech kim meni og‘ziga ham olmadi. Endi bir traktorist tanqid qilar emish!..
San’atkor izvoshchini hayron qoldirib, o‘zidan-o‘zi g‘ul- dirab borar edi. Uyda xizmatchi ovqat qilib qo‘ygan ekan, san’atkorning tomog‘idan hech narsa o‘tmadi – ikki piyola choy ichdi, xolos. Unga turib-turib nasha qilar edi: «Ashulani mexaylistik aytar emishman! Tovushim yomon bo‘lsa nega plastinkaga oldi? Tanqid deganiga endi bu kishining ham tanqid qilg‘ulari kelipti... Amali traktorist... Obbo!..»
– O‘qishga bordingizmi? – dedi xizmatchiga qovog‘ini solib.
– Bordim... – Xizmatchi ikki haftadan beri savod mak- tabida o‘qir edi.
– Xizmatchisi savod maktabida o‘qiyotgan bir kishini trak- torist savodsiz, desa alam qilmaydimi? – dedi san’atkor o‘zicha bo‘g‘ilib, – «labingdan bo‘lsa olsam, e, shakarlab», deganim u kishiga yoqmapti, «bo‘lsa» emas, «bo‘sa» emish! O‘zi bil- maydi-yu, menga o‘rgatganiga kuyaman! Senga o‘xshagan savodsizlar «bo‘sa, bo‘masa» deydi. Artist kulturniy odam – gapni adabiy qilib aytadi – «bo‘lsa, bo‘lmasa» deydi. Pojarni
«gugurtni yerga tashlamang», dedi, rejissorimiz esa «gugurtning yerga tashamang», dedi. Qanday chiroylik! Pojarnimi, pojar- ningmi? Shoshma, nima uchun pojarni? Pojarni, albatta! Rejis- sorimiz juda kulturniy odam. Odam degan mana shunday bo‘lsa, urishsa ham xafa bo‘lmaydi kishi – ikki gapning birida
«ta’bir joyiz ko‘rilsa» deb turadi. Bu traktorist menga shuncha dashnom berib, ko‘ngil uchun bir marta «ta’bir joyiz ko‘rilsa», demadi.
Xizmatchi daftar-qalam keltirib, san’atkorning oldiga qo‘ydi.
– «J» ning kattasi qanday yozilar edi? Domlamiz bir kuni ko‘rsatgan edi, esimda qolmapti.
San’atkorning jahli chiqdi:
– Endi «J»ga keldingizmi? Barjom deganda yoziladi. Kechagi barjom og‘zi ochiq qolipti, gazi chiqqandan keyin bir pulga qimmat. Siz ham dunyoga kelib kulturniy bo‘l- sangiz-chi!.. Burningiz terladi, arting, ta’bir joyiz ko‘rilsa!
San’atkor o‘rnidan turib yotoqqa kirib ketdi.
– Yotasizmi? – dedi xizmatchi narigi uydan.
– Nima edi?
– «J»ning kattasini ko‘rsatib bermadingiz, ertaga domla so‘raydigan edilar. Qanaqa yoziladi?
– Kichigini yozib qattiqroq o‘qing!
San’atkor yechinib ko‘rpaga kirdi. Xizmatchi chiroqni o‘chirib chiqdi. San’atkor ko‘zini yumdi, ko‘ziga g‘ira-shira qorong‘i zaldagi son-sanoqsiz kallalar ko‘rindi. Bular ichida eng kattasi traktoristning kallasi, u iljayar edi.
– Afting qursin! – dedi san’atkor va narigi yonboshiga ag‘darildi.
Hayal o‘tmay uyquga ketib xurrak otdi. Uning xurragi ham nechukdir adabiyroq edi: «Pluq-qum-prr... pluq-qum-prr...»

1936-yil



BEMOR

(O‘tmishdan)


Osmon yiroq, yer qattiq.


Maqol

Sotiboldining xotini og‘rib qoldi. Sotiboldi kasalni o‘qitdi – bo‘lmadi, tabibga ko‘rsatdi. Tabib qon oldi. Betobning ko‘zi tinib, boshi aylanadigan bo‘lib qoldi. Baxshi o‘qidi. Allaqanday bir xotin kelib tolning xipchini bilan savaladi, tovuq so‘yib qonladi... Bularning hammasi, albatta, pul bilan bo‘ladi. Bunday vaqtlarda yo‘g‘on cho‘ziladi, ingichka uziladi.


Shaharda bitta shifoxona bor. Bu shifoxona to‘g‘risida Sotiboldining bilgani shu: salqin, tinch parkda, daraxtlar ichiga ko‘milgan baland va chiroyli oq imorat; shisha qabzali kulrang eshigida qo‘ng‘iroq tugmasi bor. Chigit po‘choq va kunjara bilan savdo qiladigan xo‘jayini Abdug‘aniboy, omborda qulab ketgan qoplar ostida qolib o‘ladigan bo‘lganida bu shifoxonaga bormay Simga1 ketgan edi. Shifoxona deganda Sotiboldining ko‘z oldiga izvosh va oq podshoning suvrati solingan 25 so‘mlik pul kelar edi.
Bemor og‘irlashdi. Sotiboldi xo‘jayinining oldiga arzga bordi, ammo bu borishdan muddaosi nima ekanini aniq bilmas edi. Abdug‘aniboy uning so‘zini eshitib ko‘p afsuslandi, qo‘lidan kelsa hozir uning xotinini oyoqqa bostirib berishga tayyor ekanini bildirdi, keyin so‘radi:
– Devonaiy Bahovaddinga hech narsa ko‘tardingmi?
G‘avsula’zamga-chi?
Sotiboldi ketdi. Bemorning oldidan jilmaslik va shu bilan birga tirikchilik uchun xonaki bir kasb qilishga majbur bo‘ldi – har xil savatchalar to‘qishni o‘rgandi. U ertadan-kechgacha oftobshuvoqda, gavronlar ichiga ko‘milib savat to‘qiydi. To‘rt yashar qizchasi qo‘liga ro‘molcha olib, onasining yuzini karaxt, nimjon, xira pashshalardan qo‘riydi; ba’zan, qo‘lida ro‘molcha, mukka tushib uxlab qoladi. Hammayoq jim. Faqat pashsha g‘ing‘illaydi, bemor ingraydi; har zamon yaqin-yiroqdan gadoy

1 Sim – hozirgi Farg‘ona shahri.


tovushi eshitiladi: «Hey do‘st, shaydullo banomi ollo, sadaqa raddi balo, baqavli rasuli xudo...»
Bir kechasi bemor juda azob tortdi. U har ingraganda Sotiboldi chakkasiga burov solingan kishiday talvasaga tushar edi. Qo‘shnisi – bir kampirni chaqirdi. Kampir bemorning to‘zigan sochlarini tuzatdi, u yoq-bu yog‘ini siladi, so‘ngra... o‘tirib yig‘ladi.
– Begunoh go‘dakning saharda qilgan duosi ijobat bo‘- ladi, uyg‘oting qizingizni! – dedi.
Bola anchagacha uyqu g‘ashligi bilan yig‘ladi, keyin otasining g‘azabidan, onasining ahvolidan qo‘rqib, kampir o‘rgatgancha duo qildi:
– Xudoyo ayamdi daydiga davo beygin...
Bemor kundan-kun battar bo‘lib, oxiri o‘sal bo‘ldi.
«Ko‘ngilga armon bo‘lmasin», deb «chilyosin» ham qildirishga to‘g‘ri keldi. Sotiboldi to‘qigan savatchalarini ulgurji oladigan baqqoldan yigirma tanga qarz ko‘tardi. «Chilyosin»dan bemor tetik chiqqanday bo‘ldi; shu kechasi hatto ko‘zini ochib, qizchasini yoniga tortdi va pichirladi:
– Xudo qizimning saharlari qilgan duosini dargohiga qabul qildi. Dadasi, endi tuzukman, qizimni saharlari uyg‘otmang. Yana ko‘zini yumdi, shu yumganicha qaytib ochmadi – saharga borib uzildi. Sotiboldi qizchasini o‘lik yonidan olib, boshqa yoqqa yotqizayotganda qizcha uyg‘ondi va ko‘zini
ochmasdan odatdagicha duo qildi:
– Xudoyo ayamdi daydiga davo beygin...


O‘G‘RI
(O‘tmishdan)

Otning o‘limi itning bayrami.


Maqol

Kampir tong qorong‘isida xamir qilgani turib ho‘kizidan xabar oldi. O!.. Ho‘kiz yo‘q, og‘il ko‘cha tomondan teshil- gan... Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin. Bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda, bir arava qamish – uy, ho‘kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo‘yish kerak bo‘ladi.


Odamlar dod ovoziga o‘rganib qolgan: birovni eri uradi, birovning uyi xatga tushadi... Ammo kampirning dodiga odam
tez to‘plandi. Qobil bobo yalang bosh, yalang oyoq, yaktak- chan og‘il eshigi yonida turib dag‘-dag‘ titraydi, tizzalari bukilib-bukilib ketadi; ko‘zlari javdiraydi, hammaga qaraydi, ammo hech kimni ko‘rmaydi. Xotinlar o‘g‘rini qarg‘aydi, it huradi, tovuqlar qoqoqlaydi. Kimdir shunday kichkina teshikdan ho‘kiz sig‘ishiga aql bovar qilmasligi to‘g‘risida kishilarga gap ma’qullaydi.
Qobil boboning qo‘shnisi – burunsiz ellikboshi kirdi. U og‘ilga kirib teshikni, ho‘kiz bog‘langan ustunni diqqat bilan ko‘zdan kechirdi; negadir ustunni qimirlatib ham ko‘rdi, so‘ngra Qobil boboni chaqirdi va pang tovush bilan dedi:
– Ho‘kizing hech qayoqqa ketmaydi, topiladi!
Uning og‘ilga kirib qilgan taftishi Qobil boboga bir umid bag‘ishlagan edi, bu so‘zi haddan ziyoda sevintirdi. Chol yig‘lab yubordi.
– Xudo xayr bersin... Ola ho‘kiz edi...
Odamlar, o‘g‘ri devorni qachon va qanday asbob bilan teshgani, ho‘kizni qaysi tomonga olib ketgani, uni qaysi bozorda sotishi mumkin ekanligi to‘g‘risida bahslasha- bahslasha tarqaldi. G‘ovur bosildi. Qobil boboning kampiri yig‘idan to‘xtab, ellikboshini duo qila ketdi.
Ellikboshi o‘g‘ri teshgan yerni yana bir ko‘rdi. Qobil bobo, qo‘l qovushtirib, uning ketidan yurar va yig‘lar edi.
– Yig‘lama, yig‘lama, deyman! Ho‘kizing oqposhsho qo‘l ostidan chiqib ketmagan bo‘lsa topiladi.
Ellikboshi ho‘kizni juda naqd qilib qo‘ydi – go‘yo u ko‘chaga chiqsa bas – ho‘kiz topiladi. Bu «xudo yallaqag‘ur» shunchalik qilgandan keyin bir nima berish lozim-da. Tekinga mushuk oftobga chiqmaydi. Bu odam ellikboshi bo‘lish uchun ozmuncha pul sochganmi? Mingboshining bir o‘ziga yetti yuz bog‘ beda, bir toy bergani ma’lum. Poshsholikdan oylik yetmasa! Qobil bobo hamyonini qoqishtirib, borini ellikboshiga berdi, yana qancha duo qildi. Ellikboshi beto‘xtov aminga xabar qilmoqchi bo‘lib chiqib ketdi.
Kechqurun Qobil bobo aminning oldiga boradigan bo‘ldi. Quruq qoshiq og‘iz yirtadi, aminga qancha pul olib borsa bo‘ladi? Berganga bitta ham ko‘p, olganga o‘nta ham oz. Chol-kampir kengashib shunday qarorga kelishdi: bu chiqim
oxirgi va ho‘kizni bo‘ynidan bog‘lab beradigan chiqim, shuning uchun pulning yuziga qarash aqldan emas.
Qobil bobo ro‘para bo‘lganda amin og‘zini ochmasdan qattiq kekirdi, keyin bag‘baqasini osiltirib kuldi.
– Ha, sigir yo‘qoldimi?
– Yo‘q... sigir emas, ho‘kiz, ola ho‘kiz edi.
– Ho‘kizmi?.. Ho‘kiz ekan-da! Himm... Ola ho‘kiz? Tavba!..
– Bori yo‘g‘im shu bitta ho‘kiz edi...
Amin chinchalog‘ini ikkinchi bo‘g‘inigacha burniga tiqib kuldi.
– Yo‘qolmasdan ilgari bormidi? Qanaqa ho‘kiz edi.
– Ola ho‘kiz...
– Yaxshi ho‘kizmidi yo yomon ho‘kizmidi?
– Qo‘sh mahali...
– Yaxshi ho‘kiz birov yetaklasa keta beradimi?
– Bisotimda hech narsa yo‘q...
– O‘zi qaytib kelmasmikin?... Birov olib ketsa qaytib kela ber, deb qo‘yilmagan ekan-da! Nega yig‘lanadi? A? Yig‘lanmasin!
Qobil bobo yerga qarab tek qoldi.
– Qidirtirsakmikin-a? – dedi amin chinchalog‘ini etigining ostiga artib,– suyunchisi nima bo‘ladi? Suyunchidan chashna olib kelinmadimi?
Aminning bu gapi Qobil boboga «Ma, ho‘kizingni» degan- day bo‘lib ketdi.
– Kam bo‘lmang, – dedi pulni uzatib, – yana xizmatin- gizdaman.
– Men beto‘xtov pristavga xabar beraman. O‘zi chaqirtiradi. Bir hafta o‘tdi. Bu bir hafta ichida kampir «duoning zo‘ri bilan qulf ochadigan» azoyimxonga obdasta-gardon qildirgani qatnab yarim qop jiyda, uch yelpish tovoq jo‘xori, ikki kalava ip eltdi, ammo ish chiqmadi.Sakkizinchi kuni Qobil bobo yana
aminning oldiga bordi. Aminning tepa sochi tikka bo‘ldi:
– Ha, ho‘kizni uylariga eltib berilsinmi?! Axir, borilsin, arz qilinsin-da! Fuqaroning arzga borishi arbobning izzati bo‘ladi!
Qobil bobo yor-do‘stlari bilan kengashdi – pristavga puldan boshqa nima olib borsa bo‘ladi? Ma’lum bo‘ldiki, uni begim deguncha kishining beli sinar ekan.
Uchta tovuq, garchi biri kurk bo‘lsa ham, Qobil boboning o‘zidan chiqdi. Yuzta tuxumni qo‘ni-qo‘shni, yor-birodarlar o‘zaro yig‘ib berdi. Ammo bu tortiq bilan tilmochdan nari o‘tib bo‘lmadi. Tilmoch tortiqni oldi va beto‘xtov pristavga yaxshilab tushuntirishni va’da qildi. Cholning butun bo‘g‘inlari bo‘shashib ketdi, keyin tutaqishdi, ammo go‘rda bir narsa deya oladimi! «O‘ynashmag‘il arbob bilan – seni urar har bob bilan».
«Yaxshilab tushuntirilgan» pristav bitta kulangir, bitta farangi tovuq, uch so‘m pulni olganidan keyin, Qobil boboning baxtiga,
«beto‘xtov hokimga xabar beraman», demasdan, «aminga bor», deb qo‘ya qoldi. Amin «ellikboshiga borilsin», dedi.
– Gumoningizni ayting bo‘lmasa! – dedi ellikboshi tajang bo‘lib, – kim olganini men bilmasam, avliyo bo‘lmasam! Olgan odam allaqachon so‘yib saranjomladi-da! Uzoq demasangiz, erinmasangiz ko‘nchilikka borib terilarni bir qarab chiqing. Ammo terisi ko‘nchilikka tushgan bo‘lsa, allaqachon charm bo‘ldi, xudo biladi, kavush bo‘lib bozorga chiqdimi...
– Endi bizga juda qiyin bo‘ldi-da. Peshonam sho‘r bo‘lmasa... – dedi chol yerga qarab.
– Ey, yosh bolamisiz! Nega yig‘laysiz? Kap-katta odam... Bitta ho‘kiz bo‘lsa bir gap bo‘lar, xudo ajalga to‘zim bersin! Men qaynatamga aytayin, sizga bitta ho‘kiz bersin. Bitta ho‘kiz odamning xunimi?
Ertasiga ellikboshi Qobil boboni boshlab qaynatasi – Egamberdi paxtafurushning oldiga olib bordi. Paxtafurush cholning holiga ko‘p achindi va yerini haydab olgani bitta emas, ikkita ho‘kiz berdi, lekin «kichkinagina» sharti bor. Bu sharti kuzda ma’lum bo‘ladi...

1936-yil




tải về 52.25 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương