O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risidagi



tải về 2.74 Mb.
Chế độ xem pdf
trang46/110
Chuyển đổi dữ liệu02.02.2024
Kích2.74 Mb.
#56520
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   110
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

4.4. Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risidagi
ma’lumotnoma auditi 
Debitorlik va kreditorlik qarzlari auditida foydalaniladigan axbo-rot 
manbalaridan 
biri 
bu 
debitorlik 
va 
kreditorlik 
qarzlari 
to’g’risidagi 
ma’lumotnomadir. Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risidagi ma’lumotnoma 
hisobot davri oxirgi sanasida korxona debitorlik va kreditorlik qarzlarining holatini 
aks ettiradi. Har xil tashkilot va shaxslar bilan o’zaro hisob-kitob munosabatlarida 
korxonada tugallanmagan hisob-kitoblar bo’yicha debitorlik va kreditorlik qarzlari 
yuzaga keladi. 
Turli debitor va kreditor qarzlar qo’yidagi xollarda yuzaga keladi: 

korxonaning o’zidan yoki uning mehnat jamoasi a’zolaridan ijro 


124 
varaqalariga asosan pul undiriladigan bo’lsa; 

kommunal xizmati, turar joy haqi turar joy bo’lmagan xonalarning ijara 
haqlari bo’yicha; 

mehnat jamoasi a’zolarining bo’yrugi bilan bankka va boshqa joylarga pul 
o’tkazish bo’yicha; 

boshqa xollarda. 
Ma’lumotnomaning 2-ustunida “Debitorlik va kreditorlik qarzlari ro’yxati”- 
debitor(kreditordan) yuqori turadigan vazirliklar(idoralar) bo’yicha debitor va 
kreditorlar ro’yxati keltiriladi. Agar debitor (kreditor) yuqori turadigan vazirlikka 
(idoraga) ega bo’lmasa, yuridik shaxsning to’liq nomi ko’rsatiladi. O’zbekiston 
Respublikasidan tashqaridagi qarzlar bo’yicha debitor (kreditor) nomi (to’liq yoki 
umumqabul qilingan o’zgartirishlar bilan) ko’rsatiladi, shuningdek qavslarda 
mamlakatning nomi ko’rsatiladi.
Ma’lumotnomaning 2-ustunida 2.1, 2.2.1, 3.1, 5.1, 5.2.1, 6.1- satrlar bo’yicha 
majburiy 
tartibda 
debitor 
(kreditor)ning 
nomini 
ko’rsatish 
lozim. 
Ma’lumotnomaning 3-ustunida qarzning umumiy summasi ko’rsatiladi, xususan: 
a) 1-satr bo’yicha debitor qarzlarning umumiy summasi ko’rsatiladi, u 3-
ustunning 2 va 3- satrlari summasiga teng bo’lishi kerak. 
b) 4-satr bo’yicha kreditorlik qarzining umumiy summasi ko’rsatiladi, u 3-
ustunning 5 va 6-satrlari summasiga teng bo’lishi kerak. 
Debitorlik qarzining umumiy summasi o’z ichiga uzoq muddatli ijara 
bo’yicha olinadigan to’lovlarni, xaridor va buyurtmachilardan, sho’’ba va tobe 
xo’jalik jamiyatlaridan, da’volar bo’yicha olishga doir hisob varaqlarini; 
xodimlarga, mahsulot etkazib beruvchilarga, pudratchilarga berilgan bo’naklarni; 
byudjetga, davlat maqsadli jamg’armalariga va sug’urta bo’nak to’lovlarini; 
muassislarning ustav sarmoyasiga badallar bo’yicha qarzlarini; xodimlar va boshqa 
debitorlarning boshqa operatsiyalar,ijara majburiyatlari bo’yicha qarzlarini, shu 
jumladan, ichki idoraviy hisob-kitoblarni oladi. Bunda ichki idoraviy hisob-
kitoblar deganda mustaqil balanslarga ega bo’lgan va bir muayyan vazirlik, idora, 
korporatsiya, uyushma, kontsern, yoki birlashma tarkibiga kiradigan korxonalar va 


125 
tashkilotlar o’rtasidagi hisob-kitoblar tushuniladi. Debitorlik qarzining umumiy 
summasi buxgalteriya balansi 1-son shaklining 110 va 210-satrlari summasiga 
muvofiq kelishi kerak (alohida bo’linmalarning qarzi bundan mustasno). 
Kreditorlik qarzining umumiy summasi o’z ichiga mahsulot etkazib 
beruvchilar, pudratchilar, sho’’ba va tobe xo’jalik jamiyatlariga to’lashga doir 
hisobvaraqlarni; olingan bo’naklarni; byudjetga, sug’urta bo’yicha davlat maqsadli 
jamg’armalari, muassislar oldidagi, mehnatga haq to’lash bo’yicha va boshqa 
kreditorlar oldidagi to’lovlar bo’yicha qarzlarni, shu jumladan ichki idoraviy 
korxonalar bilan hisob-kitoblarni oladi. Kreditorlik qarzining umumiy summasi 
buxgalteriya balansi 1-son shaklining 491 va 601-satrlari summasiga muvofiq 
kelish kerak. 
Ma’lumotnomaning 3-ustuni bo’yicha 2, 2.1, 2.2, 2.2.1, 3.3.1-satrlar bo’yicha 
1-satr bo’yicha aks ettirilgan debitorlik qarzining umumiy summasi quyidagi 
tartibda ochib ko’rsatiladi: 
a) 2-satr bo’yicha respublika ichida debitorlik qarzining umumiy summasi 
ko’rsatiladi; 
b) 2.1-satr bo’yicha respublika ichida debitorlarning nomlari bo’yicha 
ko’rsatiladi; 
v) 2.2-satr bo’yicha ichki idoraviy debitorlik qarzining umumiy summasi 
keltiriladi; 
g) 2.2.1-satr bo’yicha 2-satrdan ajratilgan, debitorlar nomlari bo’yicha ichki 
idoraviy qarz summasi ko’rsatiladi; 
d) 3-satr bo’yicha respublika tashqarisidagi debitorlik qarzining umumiy 
summasi ko’rsatiladi; 
e) 3.1-satr bo’yicha respublika tashqarisida debitorlar nomlari bo’yicha qarz 
ko’rsatiladi; 
5, 5.1, 5.2, 5.2.1, 6, 6.1-satrlar yuqoridagi bandlarga ko’ra, debitorlik qarziga 
o’xshash holda to’ldiriladi. 
Ma’lumotnomaning 4-ustunida muddati o’tkazib yuborilgan, qonun 
hujjatlarida belgilangan muddatlarda so’ndirilmagan qarzning umumiy summasi 


126 
ko’rsatiladi. Korxonaga bog’liq bo’lmagan sabablar bo’yicha yuzaga kelgan 
qarzlar bo’yicha: 
a) 5-ustunda korxonaga bog’liq bo’lmagan sabablar bo’yicha yuzaga kelgan 
umumiy qarz ko’rsatiladi, xususan: 
1-satr bo’yicha- debitorlik qarzining umumiy summasi, u 7, 9,11, 12-
ustunlarda ko’rsatilgan summaga teng bo’lishi kerak; 
4-satr bo’yicha- kreditorlik qarzining umumiy summasi, u 7, 11, 12-
ustunlarda ko’rsatilgan summaga teng bo’lishi kerak; 
b) o’tkazib yuborilgan qarzning umumiy summasi ko’rsatiladi; 
v) 7-ustunda korxona va tashkilotning hukumat qarorlariga ko’ra oldindan 
haq to’lamasdan yuklab jo’natilgan (olingan) mahsulot (ish,xizmat) bo’yicha 
umumiy debitorlik (kreditorlik) qarzi ko’rsatiladi.Undan o’tkazib yuborilgan qarz 
8-ustun bo’yicha aks ettiriladi; 
g) 9-ustunda ular bo’yicha xom-ashyo va materiallarni davlat zahiralari va 
fondlaridan yuklab jo’natish nazarda tutilgan bo’nak to’lovlarining summasi 
ko’rsatiladi. Undan muddati o’tkazib yuborilgan qarz 8-ustun bo’yicha aks 
ettiriladi; 
d) 11-ustunda korxona va tashkilotning hukumat qarorlari bo’yicha qarzni 
so’ndirish muddati aniqlangan tartibda kechiktirilgan qarzi aks ettiriladi; 
e) 12-ustunda qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etilgan da’volar bo’yicha 
sud tekshiruvi jarayonida boradigan qarz summasi ko’rsatiladi. Bu erda u bo’yicha 
xo’jalik sudining kreditordan undirish to’g’risida hal qiluv qarorlari chiqarilgan 
qarz ham aks ettiriladi. 
Zarurat tug’ilgan vaqtda korxona va tashkilotlarga “Korxonaga bog’liq 
bo’lmagan sabablar bo’yicha yuzaga kelgan qarz” bo’limida qo’shimcha ustunlar 
ochishga ruxsat beriladi. 2a-son shakl satrlarining miqdori tegishlicha 2.1, 2.2.1, 
3.1, 5.1, 5.2.1, 6.1-satrlar bo’yicha ko’rsatiladigan debitorlar va kreditorlar 
miqdoriga bog’liqdir. Shuningdek, 2a-son shakl rahbar va bosh buxgalter 
tomonidan imzolanadi hamda har bir sahifada muhr bilan tasdiqlanadi. 
Korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzlarini tahlil qilishda buxgalteriya 


127 
balansi ma’lumotlari bilan cheklanish tahlil xulosalarining etarlicha ob’ektiv 
bo’lishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Chunki buxgalteriya balansida debitorlik va 
kreditorlik qarzlari haqida ma’lum bir sanadagi axborotlar ifodalaniladi xolos. 
Debitorlik va kreditorlik qarzlari haqida ko’proq ma’lumot olish uchun tahlilchi 
korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma’lumotnomasini ham 
o’rganib chiqishi zarur, deb o’ylayman. Chunki , bu ma’lumotnomada yuqorida 
aytib o’tilganidek, debitorlik va kreditorlik qarzlari haqida qo’shimcha 
ma’lumotlar keltirib o’tiladi. 
Debitorlik qarzlari aylanma mablag’larning bir qismi bo’lib, “Aylanma 
aktivlar” degan balans aktivining 2-bo’limida ko’rsatiladi. Unga balansning 
quyidagi moddalari kiradi: 
 
– xaridorlar va buyurtmachilarning qarzi; 
– ajratilgan bo’linmalarning qarzi;
– sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlarining qarzi; 
– xodimlarga berilgan bo’naklar; 
– mol etkazib beruvchi va pudratchilarga berilgan bo’naklar; 
– byudjetga soliq va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlari; 
– maqsadli davlat jamg’armalari va sug’urtalar bo’yicha bo’nak to’lovlari; 
– ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha qarzi; 
– xodimlarning boshqa operatsiyalari bo’yicha qarzi; 
– boshqa debitorlik qarzlari. 
Quyidagi 4.14-jadval ma’lumotlari asosida «O’zbekiston temir yo’llari” AJning 
debitorlik va kreditorlik qarzlari balansini tahlil qili chiqishimiz mumkin bo’ladi. 
Ma’lumotlardan ko’rinadiki, o’rganilayotgan davrda korxonada jami debitorlik 
qarzlari 136116 ming so’m bo’lgan bo’lsa, jami kreditorlik qarzlar esa 127554 
ming so’mni tashkil etgan. Ya’ni, debitorlik qarzlari kreditorlik qarzlaridan 8562 
ming so’mga ko’p bo’lgan. Bu nisbatan ijobiy hol bo’lib hisoblanadi. Debitorlik 
qarzlarining asosiy qismi “byudjetga soliq va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlari” 
60609 ming so’mni va “boshqa debitorlik qarzlari” 67282 ming so’mni tashkil 
etmoqda. Bu shundan dalolat beradiki korxonada to’lov intizomi ancha yaxshi 


128 
yo’lga qo’yilgan bo’lib, ayniqsa,  davlat byudjeti oldida qarzdor bo’lib qolmaslik 
uchun soliq va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlarini o’z vaqtida o’tkazib borishga 
erishgan. 

tải về 2.74 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   110




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương