1 iyun bolalar kuni. Annotatsiya



tải về 24.33 Kb.
trang2/3
Chuyển đổi dữ liệu29.05.2024
Kích24.33 Kb.
#57789
1   2   3
1 iyun bolalar kuni
Kalendar Tabiiy geogrfaiya
MUhokama va Natijalar
Birinchi navbatda, "yashirin iqtisodiyot"ning xalqaro maqbul tarifi yo'q, shuningdek uning ko'lamini aniqlashning aniqlik usullari mavjud emas. "Yashirin iqtisodiyot" atamasi adabiyotlarda "norasmiy iqtisodiyot", "xufiyona iqtisodiyot", "soyadagi iqtisodiyot" va boshqa turdagi atamalar bilan ham o'xshashdir. Yashirin iqtisodiy faoliyat asosan yashirin xususiyatga ega bo'lib, uni amalga oshirish usullari doimiy o'zgarish, murakkablik va turli sxemalar orqali sodir etilishi kabi xususiyatlarga ega. Bu esa ularni aniqlash va fosh etish murakkabdir. Olib borilgan tadqiqotlar ko'rsatishicha, korrupsiya va xufiyona iqtisodiyot iqtisodiy xavfsizlikka katta xavf soluvchi asosiy kuchlar sifatida taniladi va ular orasida chuqur aloqa mavjud. Ular ma'muriy to'siqlardan iborat umumiy ildizlarga ega.
Davlatda "xufiyona iqtisodiyot" darajasining yuqori bo'lishi, poraxo'rlik darajasining ham yuqori bo'lishiga olib keladi. Past daromadli mamlakatlarda "xufiyona iqtisodiyot" ko'lamining oshishi, korrupsiya darajasining ham oshishi aniqlik kazgan. Shuningdek, "yashirin iqtisodiyot" va inflyatsiya o'rtasidagi musbat bog'liqlik, soliq yuki bilan esa manfiy bog'liqlik mavjud. "Yashirin iqtisodiyot" bilan norasmiy bandlik tahlili rivojlanayotgan davlatlarda norasmiy band fuqarolar sonining rasmiy mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar sonidan katta ekanligini ko'rsatadi. Norasmiy iqtisodiy faoliyat ko'lamining kengayishi bilan o'z domiga halol faoliyat ko'rsatayotgan iqtisodiy subyektlarini ham tortishi, shaxsning iqtisodiy xavfsizligiga tahdid sifatida baholanadi.
Ba'zi tadqiqotchilar, yashirin iqtisodiy faoliyatning bir necha jihatlari (masalan, bozor iqtisodiyotiga o'tishga yordam berish, yashirin iqtisodiyotda olingan daromadlarning kamida uchdan ikki qismi rasmiy iqtisodiyotda sarflanishi va h.k.) orqali boshqa sohalar ustida musbat ta'sir qilishini tan olishadi. Shu tarzda, "xufiyona iqtisodiyot" o'tish davlatlarida tabiiy holatdir, ular rasmiy sektor faoliyatini tashkil etishga ko'maklashadi. Biroq, uzoq muddat davomida yashirin iqtisodiyotning mavjud bo'lishi mamlakat taraqqiyotiga salbiy ta'sir qilishi ta'kidlanadi, shuningdek, o'tish mamlakatlari uchun yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo'yicha mos chora-tadbirlar tavsiya etiladi.
Ekspertlar hisob-kitobiga ko'ra, O'zbekistonda yalpi ichki mahsulotda yashirin iqtisodiyotning ulushi jahon miqyosida 22.5 foizni tashkil etadi. Bu ko'rsatkichlar 2017 yil holatida, Ozarbayjonda 66.12 foiz, Ukrainada 46.12 foiz, Rossiyada 39.29 foiz, Turkiyada 24.95 foiz, Hindistonda 16.55 foiz, Xitoyda 10.17 foiz, AQShda 7.69 foizni tashkil etadi. Shu paytda, jahon miqyosida mazkur ko'rsatkichlar 2025 yilga borib pasayib 21 foizni tashkil etishi bashorat qilingan.
"Norasmiy iqtisodiyot" shakllanishi va rivojlanishiga mamlakatdagi iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-huquqiy va boshqa bir qator omillar ta'sir qiladi. Bu omillar orasida iqtisodiy omillarga hisob-kitoblarning naqd pulda amalga oshirilishi, soliq stavkalarining yuqoriligi, iqtisodiy inqiroz, tadbirkorlik sub'yektlari o'rtasida nosog'lom raqobat misol bo'lishi kabi ko'rsatkichlar kiritiladi. Mamlakatdagi ishsizlik darajasining yuqori bo'lishi, aholi daromadlarining pastligi ijtimoiy omillar qatoriga kiradi. Huquqiy omillar sifatida mamlakatda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda turli ma'muriy byurokratik to'siqlar mavjudligi yoki qonun hujjatlaridagi bo'shliqlar norasmiy sektor rivojlanishiga imkoniyat yaratishi kabi sabablarga misol keltiriladi.
Davlat boshqaruvi organlarining faoliyati va nazorat funksiyalarining tashkil etilishi, ma'muriy tartib-taomillar va korrupsiya holatlari "yashirin iqtisodiyot" shakllanishiga yo'l qo'ymoqda. Yetakchi tadqiqotchilar tomonidan "yashirin iqtisodiyot"ga ta'sir ko'rsatishi ko'proqning 10 ta eng muhim omillarini taxlil etishganlar. Bu omillar orasida soliq yukini, samarali boshqaruv va korrupsiyani keltirish mumkin. Boshqaruv tizimi, normativ-huquqiy hujjatlar, davlat xizmatlari, soliq to'lovchilarning xulqi, preventiv choralar, rasmiy iqtisodiyot rivojlanish darajasi, yakka bandlik, ishsizlik va iqtisodiyotda agrar sektorning holati kabi omillar katta ahamiyatga ega. Umuman olganda, "yashirin iqtisodiyot"ni qisqartirish, uni rasmiy sektorga o'tkazish va unga qarshi samarali kurashishning bir necha yo'llari mavjud.
Начало формы

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan "yashirin iqtisodiyot" ulushini qisqartirish uchun 3 asosiy yo'nalish tavsiya etilgan:



  • Soliq to'lovchilarni o'qitish va qonunga itoatkorlikni soddalashtirish.

  • Yashirin faoliyat bilan shug'ullanish imkoniyatlarini kamaytirish va fosh etish imkoniyatlarini oshirish.

  • Ijtimoiy normalarni mustahkamlash.

Bunda, "yashirin iqtisodiyot"ni qisqartirish va bartaraf etishning ayrim tashkiliy-huquqiy jihatlariga ta'sir ko'rishadi. Birinchi yo'nalish, naqd pullik to'lovlar bilan bog'liq bo'lib, bu eng katta xavflardan biri hisoblanadi. Markaziy bank ma'lumotiga ko'ra, 2020 yil 1 yanvar holatida milliy valyutadagi pul massasi 62 785,8 mlrd. so'mni tashkil etib, shundan 24 246,0 mlrd. so'mi yoki 38.62 foizi muomaladagi naqd pullar hisoblanadi. Mamlakatimizda naqd pul aylanmasi miqdorining kattaligi esa xufiyona iqtisodiy faoliyatning yanada rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.
XULOSA
Barcha ko'rsatilganlarni xulosalaylik, Mazkur maqola tahlil natijalariga asosan, "yashirin iqtisodiyot"ni qisqartirish va bartaraf etishning ayrim tashkiliy-huquqiy jihatlarini takomillashtirishga doir quyidagi xulosa va takliflar ko'rsatiladi:

  1. Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda naqd pullik to'lovlarni kamaytirish va elektron yoki masofaviy to'lovlarni kengaytirish va rag'batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.

  2. Jinoyat kodeksida ayrim iqtisodiy qilmishlar uchun to'g'ridan-to'g'ri jinoiy javobgarlikni kiritish taklif qilinadi, masalan, soliq, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog'liq firibgarliklar, noqonuniy moliyaviy xizmatlar, boshqa shaxsning shaxsiy ma'lumotlarini o'g'irlash ("Identity theft").

  3. Iqtisodiy huquqbuzarliklar uchun ushbu turdagi jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan jazo turlari va boshqa huquqiy ta'sir choralarini joriy etish taklif qilinadi. Bunda yuridik shaxslar uchun jinoiy javobgarlikni belgilash, jinoiy ta'sir chora sifatida musodara qilishni kiritish taklif qilinadi. Ayrim huquqbuzar shaxslar yoki insofsiz tadbirkorlik sub'yektlarini obro'sizlantirish maqsadida ularning ro'yxatini e’lon qilish (chop etish) amaliyotini joriy etish taklif qilinadi.

  4. Korrupsiya, iqtisodiy huquqbuzarliklar va xufiyona faoliyat yuritayotgan shaxslar haqida anonim tarzda yoki arizachining shaxsi sirni saqlanishini ta’minlagan turli vositalar orqali elektron, og'zaki yoki yozma shaklda murojaat qilish imkoniyatlarini kengaytirish, bunda nodavlat notijorat tashkilolari, fuqarolar va tadbirkorlik sub'yektlarining ishtirokini kengaytirish orqali jamoatchilik nazorati mexanizmlaridan samarali foydalanishni rag'batlantirish zarur. Mazkur chora-tadbirlar iqtisodiy huquqbuzarliklar uchun javobgarlik va ta'sir choralarini yanada takomillashtirish, insofli tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash, o'zaro hamkorlik va jamoatchilik nazoratini rag'batlantirish orqali yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va oldini olishga xizmat qiladi


tải về 24.33 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương