1. Iqtisodiyot / Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari]



tải về 193.94 Kb.
trang3/3
Chuyển đổi dữ liệu27.05.2024
Kích193.94 Kb.
#57763
1   2   3
402 15.05.2019

turar joy — yangi qurilgan ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar, shuningdek, namunaviy yakka tartibdagi uylar;
Oldingi tahrirga qarang.
ipoteka krediti — Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Agentlik xodimlariga qonun hujjatlariga muvofiq qaytarish, to‘lov, ta’minlanganlik va muddatlilik shartlarida turar joy sotib olish uchun beriladigan uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xodim — O‘zbekiston Respublikasi monopoliyaga qarshi kurashish va davlat mulkini boshqarish organlarida besh yil ish staji mavjud bo‘lgan, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati yoki hududiy boshqarmalarida yoxud Agentlikda ipoteka kreditini olgandan so‘ng kamida besh yil ishlashi lozim bo‘lgan xodim (Vazirlar Mahkamasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, shuningdek, vazirliklar va idoralarning rahbarlik lavozimlariga ishga o‘tish bundan mustasno);
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
resurslar — Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan tijorat banklariga yillik 3 foiz stavkada, muddatlilik, to‘lovlilik va qaytarish asosida xodimlarning turar joy sotib olishi uchun ipoteka kreditlari berishga ajratiladigan mablag‘lar.
2-bob. Banklarga resurslar ajratish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
3. Turar joy sotib olish uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Agentlik xodimlariga ipoteka kreditlari berish uchun tijorat banklariga resurslar ajratish shartlari xodimda monopoliyaga qarshi kurashish va davlat mulkini boshqarish organlarida zarur ish staji mavjudligi hisobga olinib, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati yoki hududiy boshqarmalarida yoxud Agentlikda ipoteka kreditini olgandan so‘ng kamida besh yil ishlash sharti bilan (Vazirlar Mahkamasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, shuningdek, vazirliklar va idoralarning rahbarlik lavozimlariga ishga o‘tish bundan mustasno) Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
4. Ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan shartlar mavjud bo‘lganda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasidan (keyingi o‘rinlarda-Jamg‘arma deb ataladi) ajratiladigan resurslar hisobiga tijorat banklari tomonidan ipoteka kreditlari beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan tijorat banklariga resurslar ajratish Jamg‘armada mablag‘lar mavjudligidan kelib chiqib, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Agentlikning boshqa xarajatlarini moliyalashtirishga salbiy ta’sir etishga yo‘l qo‘ymaslik hisobga olingan holda ajratiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
6. Resurslar ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lmagan tijorat banklariga Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va bosh bank o‘rtasida tuziladigan kredit liniyalarini ochish to‘g‘risidagi shartnoma asosida ajratiladi.
7. Olingan resurslar asosiy summasi mablag‘larini qaytarish qarz oluvchilar-xodimlar tomonidan kreditning qaytarilishidan qat’i nazar tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq har oyda amalga oshiriladi.
3-bob. Tijorat banklari tomonidan xodimlarga ipoteka kreditlarini berishga qo‘yiladigan talablar
8. Tijorat banklari tomonidan xodimlarga ipoteka kreditini berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va tijorat banklarining ichki kredit siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.
9. Tijorat banklari tomonidan xodimlarga ipoteka kreditlari uy quruvchilardan turar joylarni sotib olishi uchun beriladi.
10. Ipoteka krediti ipoteka krediti hisobiga sotib olinadigan va belgilangan tartibda xodimlarning mulkiga o‘tadigan turar joyni ipotekaga qo‘yish orqali beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Tijorat banki tomonidan beriladigan ipoteka krediti miqdori ipoteka krediti olish uchun ariza berilgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 3000 baravaridan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
12. Ipoteka krediti xodimlarga kamida 15 yil muddatga besh yillik imtiyozli davr bilan beriladi, ushbu davrda kreditlar bo‘yicha faqat foizlar to‘lanadi.
13. Xodimlar tomonidan ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun foiz stavkasi 7 foiz miqdorida belgilanadi.
14. Tijorat banki tomonidan beriladigan ipoteka krediti summasi sotib olinadigan turar joy qiymatining 85 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
15. Xodim tijorat bankidan ipoteka kreditini olish uchun sotib olinadigan turar joy qiymatining kamida 15 foizi miqdoridagi o‘z mablag‘iga ega bo‘lishi kerak.
Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar tijorat bankida xodimning nomiga milliy valyutada ochilgan jamg‘arma hisob raqamida bo‘lishi kerak.
4-bob. Ipoteka kreditini olish uchun arizani ko‘rib chiqish va ariza bo‘yicha qaror qabul qilish tartibi
16. Turar joy sotib olish uchun xodimlar tijorat bankiga Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining ijobiy qarori bilan birgalikda ipoteka krediti bo‘yicha tijorat bankining ichki tartibiga nazarda tutilgan boshqa zarur hujjatlarini taqdim etadilar.
17. Xodimlar ipoteka kreditini olish uchun tijorat bankiga murojaat qilgandan keyin tijorat banki ularni ipoteka kreditini olish jarayonidagi taxminiy xarajatlar turlari bilan tanishtiradi. Xodimlar ipoteka krediti olishda quyidagi xarajatlarni amalga oshirishlari kerak:
ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani notarial tasdiqlash uchun davlat boji;
garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulkni sug‘urtalash bilan bog‘liq xarajatlar;
mulk qiymatini aniqlash bo‘yicha baholovchi tashkilotning xizmatiga haq to‘lash;
ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov.
18. Tijorat banki ipoteka kreditini olish yuzasidan arizani, unga ilova qilingan barcha hujjatlarni ko‘rib chiqib arizani qanoatlantirish yoki ipoteka olish yuzasidan arizani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Ipoteka krediti olish yuzasidan arizani ko‘rib chiqish muddati va ushbu Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 15 ish kunidan oshmasligi kerak.
19. Ipoteka kreditini berish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingandan keyin tijorat banki:
kredit shartnomasi tuzish uchun boshlang‘ich to‘lovni to‘lash haqida xodimni uch kun muddatda yozma ravishda xabardor qiladi;
xodimlar bilan “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq notarial tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan ipoteka to‘g‘risida shartnoma, shuningdek, kredit shartnomasini tuzadi.
20. Tijorat banki tomonidan ipoteka krediti berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda tijorat banki qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun muddatda xodimga asoslangan xulosani yozma ravishda, ipoteka krediti berishning rad etilishi sabablarini ko‘rsatgan holda jo‘natadi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
21. Tijorat banklari kredit shartnomasi shartlariga muvofiq xodimlar tomonidan ipoteka kreditlari bo‘yicha o‘z majburiyatlari bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring olib boradilar.
22. Ushbu Nizom talablarini buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2019-y., 09/19/402/3147-son, 30.09.2019-y., 09/19/829/3832-son; 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son; 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son; 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son, 01.06.2022-y., 06/22/145/0459-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)

tải về 193.94 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương