Xix asrning soʻnggi va XX asrning birinchi choragigacha boʻlgan davrda Milliy uyg’onish harakatining bolalar adabiyoti rivojida tutgan oʻrni



tải về 17.56 Kb.
Chuyển đổi dữ liệu26.05.2022
Kích17.56 Kb.
#52118
Hujjat (6)
mtt,

XIX asrning soʻnggi va XX asrning birinchi choragigacha boʻlgan davrda Milliy uyg’onish harakatining bolalar adabiyoti rivojida tutgan oʻrni.
Bolalar adabiyoti ning oʻziga xos xususiyati — oʻzgaruvchan hodisa boʻlib, u kitobxon yoshi, tarixiy davr va ijtimoiy muhit bilan bevosita bogʻliq. Kitobxon yoshini hisobga olish Bolalar adabiyoti ning eng asosiy xususiyatlaridandir. Maye, maktabgacha yoshdagi bolalarda bu koʻrgazmalilik, ezgulik va yovuzlik kuchlarining oddiy koʻrinishdagi ziddiyatlariga asoslangan boʻlsa, oʻsmirlar uchun yaratilgan adabiyotda murakkab hayotdagi murakkab kishilarning ruhiyati ochila boshlaydi. Bolalar adabiyoti ning yana bir xususiyati uning harakatga boyligidir. Bundan bolalar adabiyoti da syujetga boʻlgan talab ham kelib chiqadi. U voqealarning tezkor, qiziqarli, fantaziyaga, yumorga boy ravishda ye.chilishini talab qiladi.Oʻzbek bolalar adabiyotida ayniqsa, adabiy ertak janri rivojlandi. Hamid Olimjonning Oygul va Baxtiyor, “Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod”, Mirtemirning “Ajdar”, Shukur Saʼdullaning “Uch ayiq”, “Ayyor chumchuq”, Zafar Diyorning “Yangi ertak”, “Toshxon bilan Moshxon”, “Tulkining hiylasi”, Sulton Joʻraning “Zangor gilam” va “Qaldirgʻoch” singari adabiy ertaklari xalq ogʻzaki ijodi anʼanalari asosida yaratilgan, shakl va mazmun jihatdan puxta badiiy asarlar sirasiga kiradi. 30- yillarda oʻzbek bolalar sheʼriyati yuksalib, uning mavzu doirasi kengaydi.
40—60- yillarda oʻzbek Bolalar adabiyoti yanada rivojlandi, bolalar yozuvchilarining safi Nosir Fozilov, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Tolib Yoʻldosh, Farhod Musajonov, Latif Mahmudov va boshqa qalamkashlar hisobiga kengaydi.
Uygʻun, Mirtemir, Asqad Muxtor, Sayd Ahmad, Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliy, Mirkarim Osim singari kattalar adabiyoti vakillari ham bolalarga atab asarlar yaratdilar.
Quddus Muhammadiyning besh kitobdan iborat “Tabiat alifbosi” yosh kitobxonlarni ona tabiatga, hayvonot va oʻsimliklar dunyosiga mehrmuhabbat ruhida tarbiyalovchi, quvnoq kulgi bilan yoʻgʻrilgan, mavzular rangbarangligi va tasvirning mukammalligi bilan eʼtiborga sazovor.50—60- yillarda Gʻafur Gʻulomning “Shum bola”, Oybekning “Bolalik”,Abdulla Qahhorning “Oʻtmishdan ertaklar”, Nazir Safarovning “Koʻrgankechirganlarim” qissalari nasriy Bolalar adabiyoti rivojiga munosib ulush boʻlib qoʻshildi. Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Sehrli qalpoqcha”, “Sariqdevni minib”, “Sariq devning oʻlimi” asarlari ham sara asarlar qatoridan oʻrin oldi. Bular koʻpgina xorijiy tillarga tarjima qilindi. Hakim Nazirning “Sunmas chaqmoqlar”, “Yonar daryo”, “Kichkintoy” qissalari, “Lochin qanotlari” romani davrning dolzarb muammolarini qamrab olishi, badiiy tasvirning oʻziga xosligi bilan eʼtibor qozondi.Sharq yozma adabiyotida “pandnoma”, “mavʼizatnoma”, “nasihatnoma”, “axloq kitoblari” singari nomlar bilan tasnif qilinuvchi asarlar Bolalar adabiyoti ning dastlabki namunalari hisoblanadi. Maye, Kaykovusning “Mavʼizatnomai Kaykovus” (“Qobusnoma”), Shayx Savdiyning “Guliston” va “Boʻston”, Jomiyning “Bahoriston” asarlar shular jumlasidandir. Bular tarjima vositasida oʻzbek Bolalar adabiyotiga kirib kelgan. Alisher Navoiyning “Hayrat ulabror”, “Mantsh uttayr” va “Mahbub ulqulub” asarlari, Xojaning “Miftoh uladl” va “Gulzor”, Gulxaniyning “Zarbulmasal” asarlari esa oʻzbek Bolalar adabiyoti ning mumtoz namunalari boʻlib, pandnasihat ruhidagi maqolat va hikoyatlari bilan asrlar mobaynida yosh avlodni yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.Jumladan, yigirmanchi asr boshlarida oʻzbek bolalar adabiyotida koʻproq maʼrifatparvarlik gʻoyalari yetakchilik qilsa, 30- yillar Bolalar adabiyoti da realistik adabiyot tamoyillari ustuvor, 5060- yillar Bolalar adabiyoti da sarguzasht fantastik adabiyot elementlari kuchaydi. 80- yillar Bolalar adabiyoti da psixologizmning kuchayishi, yosh qahramon talqinida uni yosh bola tarzida emas, hayotga tobora jadal kirib kelayotgan, oʻz qarashlariga ega boʻlgan shaxs sifatida tasvirlashga intilish ruhi mavjud.
Oʻzbek Bolalar adabiyoti taraqqiyotida 90- yildar yangilanish davri boʻldi.Istiqlol sharofati bilan milliy, madaniy, adabiy va diniy qadriyatlarning tiklanishi Bolalar adabiyoti namoyandalari ijodiga ham sezilarli taʼsir qildi, ularning asarlarida haqiqiy oʻzbek qiyofasi tasviri yetakchi oʻrin egallay boshladi.
Bolalar adabiyoti ning oʻziga xosliklari uning qahramoni tasvirida yanada yorqinroq namoyon boʻladi. 20-asr boshlari Bolalar adabiyoti namunalari koʻproq ijodkorning faolligi, qahramon tasviri emas, targʻibiytashviqiy ruh ustuvorligi bilan ajralib tursa, 30- yillar Bolalar adabiyoti da koʻproq xalq ogʻzaki ijodiga murojaat qilingan, bu davrda yaratilgan asarlarda ham hali faol qahramon obrazi deyarli yoʻq edi. 50—60- yillar Bolalar adabiyoti namunalari bevosita yosh qahramonlarning asarlar voqealarida hal qiluvchi oʻrin tutish bilan chinakam Bolalar adabiyoti ga aylandi. 70—80- yillar Bolalar adabiyoti namunalaridan esa tobora hayotga oʻz nuqtai nazari bilan qaraydigan, balandparvoz, ritorik taʼriflardan koʻra tanqidiy nigohi oʻtkirroq yosh qahramon qiyofasi gavdalana boshladi, shu davrda oʻzbek Bolalar adabiyoti ga ilk bora bolalarning oʻziga xos, endigina uygʻonib kelayotgan pok muhabbati kirib keldi. 90- yillar adabiyotida bu borada yangi qadam tashlandi, oʻzbek bolasi oʻzbekning farzandi ekanligidan faxrlanish, ulugʻ ajdodlarga munosib boʻlish ruhidagi, tom maʼnodagi vatanparvarlik gʻoyasi ustuvor asarlarni oʻqish baxtiga musharraf boʻldi.,,Bolalar tarbiyasida dramaturgiya janrida yaratilgan asarlar ham katta rol o’ynaydi. Hakim Nazir, Adham Rahmat, Po’lat Mo’min, Mamarasul Boboev, Turg’unboy G’oyipov, Narimon Orifjonov, Latif Mahmudov, Farhod Musajonlarning pesalari o’zining bolalarbopligi bilan kichkintoylar quvonchiga quvonch qo’shib kelmoqda.
Hozirgi zamon o’zbek bolalar badiiy adabiyoti bilan birga bolalar adabiyotshunosligi va adabiy tanqid ham pog’onama-pog’ona o’sdi, rivojlandi. Bir qator darslik, qo’llanma, majmua, monografiya, kitoblar yozildi. O’nlab nomzodlik va doktorlik dis-sertatsiyalari himoya qilindi. Shu zaylda hozirgi zamon o’zbek bolalar adabiyoti rivojlanishda davom etmoqda.U yangi yozuvchilar, yangi asarlar bilan tobora boyib bormoqda.Bir so’z bilan aytganda, bu adabiyot jonajon O’zbekistonimizning tobora gullab-yashnashi uchun xizmat qiladi.Muhammad Sharif Gulxaniy XIX asrning birinchi yarmi Qo’qon adabiy muhitida masal–tamsil janrida xalqchil asar yaratishga muvaffaq bo’lgan shoirdir.
Uning hayoti va ijodiga oid tadqiqotlardan ma‘lum bo’lishicha, Gulxaniy tabiatan yumor va hajvga usta, xalq urf-odatlari va til boyliklarini, maqol, matal, naql va rivoyatlarni chuqur biladigan ijodkordir. U fors-tojikcha g’azallarida Jur‘at taxallusini qo’llagan bo’lsa, o’zbek kitobxonlariga Gulxaniy taxallusi bilan mashhur. Gulxaniy – olovqalb, majnunsifat ma‘nolarini bildiradi. Gulxaniyning eng muhim ijodiy fazilati shundaki, u XIX asr folkloristi sifatida o’zbek xalqining donishmandligini ifoda etgan masallar, maqollarni to’plab, o’zining mashhur ―Zarbulmasal asarini yaratgan. Shoir uni yaratishda xalq og’zaki ijodi bilan birga, buyuk hind masali ―Kalila va Dimnadan, Firdavsiy, Jomiy, Hofiz Sheroziy, Shayx Sa‘diy, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlar asarlari an‘analaridan keng foydalangan. Chindan ham jahon adabiyoti xazinasining noyob durdonasi sanalmish ―Kalila va Dimna qadimgi hind folklori zaminida vujudga kelgan.Uni xind podshohi Dobshalim uchun faylasuf Beydabo yozganligi naql qilinadi.
Mavzu, g‘oya va badiiy shakl jihatidan boyish jadid adabiyotiga xos qonuniyat ekanligini asoslash, badiiy adabiyotdagi targ‘ibotchilik hamda tashviqotchilik vazifasining kuchayishi, voqelikni realistik aks ettirish tamoyilining etakchi mavqega ko‘tarilishi, adabiyot va ijtimoiy hayot munosabatidagi mohiyatning o‘zgarishi, adabiyotning yangi adabiy tur va janrlar bilan boyishi. Bu boyishda xalq og‘zaki ijodi, mumtoz adabiyot va o‘zga xalqlar adabiyotining tasiri hamda tutgan o‘rni; she’riyatda aruz tizimi bilan barmoq tizimining teng mavqega ko‘tarilishi; realistik lirika, nasr va yozma dramaturgiyaning vujudga kelishi.Bu jarayonda M.Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon, A.Qodiriy, A.Avloniy, Hamza, So‘fizoda kabi ijodkorlarning tutgan o‘rni, o‘zbek adabiyotida realistik roman va hikoya janrlarining qaror topishi. Milliy uyg‘onish g‘oyalarining paydo bo‘lishi, milliy teatrning «tug‘ilishi», istiqlol g‘oyalarining keng tarqalishida mahalliy matbuot va ijodiy uyushmalarning o‘rni. Voqelikning badiiy idrok etish va aks ettirishda yangicha estetik tamoyillarning yuzaga kelishi; adabiyotda milliylik va xalqchillikning qaror topishi, obrazli tafakkur va sodda xalqona uslubga moyillik, milliy madaniy meros hamda xalq tili boyliklariga ahamiyatning kuchayishi.Ikkinchi bosqich – Sho‘ro adabiyoti (1930-1980 yillar).
XX asr o‘zbek adabiyotining ushbu taraqqiyot bosqichi o‘z navbatida ikki mustaqil bosqichdan tashkil topganligi: Adabiyotda siyosiy mafkura hukmronligining qaror topishi va bu hukumronlikni to‘la tan olish bosqichi (1930-1960 yillar), adabiyotning sinfiy va partiyaviylikka bo‘ysundirilishi, sostialistik realizimning sho‘ro adabiyotidagi yagona ijodiy metod sifatida qabul qilinishi, adabiyotda sostializm va sostialistik qurilish g‘oyalarining «tarannum» etilishi, proletar adabiyotning boy- feodal hamda, diniy klerikal adabiyotga qarshi ayovsiz kurashga da’vat etilishi, sostialistik ideal va kommunistik baynalmilallik g‘oyalarining baralla ulug‘lanishi.Bu davr adabiyotidagi g‘oyaviylikning kuchayishi uning badiiylik jihatidan qashshoqlanishiga olib kelinishi. Mamlakatda peshqadam ziyolilarning qatag‘on qilinishi, adabiyotda soxtalik, shoirbozlik va quruq ritorikaning yuksak mavqega ega bo‘lishi. «Shaklan milliy, mazmunan-sostialistik adabiyot»larning sun’iy bir-birlariga yaqinlashtirish va milliy adabiyotlar rang-barangligini yo‘qotishning bir vositasi sifatida, adabiyotni zamona maddohiga aylantirish, mamlakatni qudratli sanatga ega bo‘lgan mamlakatga, qishloq xo‘jaligini kollektiv xo‘jaligiga aylantirish, savodsizlikni tugatish va madaniy inqilobni amalga oshirish kabilarni adabiyotning bosh mavzuiga aylanishi;
Tasvir yoki ifodada badiiy shartlilik tamoiylining kuchayishi; badiiy til va uslub borasida ijodkorlar tomonidan izlanishlar olib borilishi, ijod maydoniga yangiyangi yosh iste’dodlarning kirib kelishi, she’riyatda sarbast she’riy tizimi va mansura kabi shakllarning paydo bo‘lishi. Turg‘unlik davrida ijtimoiy hayotda ulkan o‘zgarishlar yuz berganligi, ammo badiiy tafakkurda muayyan evrilishlar, olg‘a siljishlar yuz berganligi ko‘zga tashlanadi. Uchinchi bosqich – istiqlol davri o‘zbek adabiyoti (1990-hozirga qadar). O‘zbek xalqi milliy mustaqillikka erishgach, milliy adabiyotning yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilganligi, bu ulkan hodisaning ijtimoiy tarixiy ildizlari. Istiqlol davri o‘zbek adabiyotining bosh belgisi uning sinfiy, partiyaviy va davlat adabiyoti emasligida, so‘z san’atining hukmron mafkura qulligidan ozod etilganligida, ijod ahlining erkin ijodkorga, adabiyotning rang-baranglashuvi hamda uning haqiqiy vijdon ishiga aylanganligida. Hozirgi o‘zbek adabiyotining sof badiiy san’at sifatida e’tirof etilayotganligi, uning xalq, millat manaviyatini yuksaltirishdagi o‘rni va ahamiyatining har qachongidan ko‘ra oshganligi. Istiqlol davri adabiyotining dastlabki yillarda turg‘unlik yillari nuqsonlarini fosh etishga yuz burishi qonuniy adabiy hodisa sifatida.Bu davr adabiyotida ijodkorga buyurtma berilmasligi, badiiy ijodning ko‘ngil va vijdon ishiga aylanganligi shunga qaramay ijodkor inson va jamiyat ma’naviy kamoloti oldida ma’sul ekanligi. Istiqlol davri adabiyotida ijod mahsulining miqdoran kamayishi, sifat jihatidan yuksalish jarayonining inkor qilib bo‘lmas qonuniyat ekanligi.Qush bolaga «rahmat» degandek parvoz qilib ketadi. Bolalar qissachiligida ham ko’plab yaxshi asarlar yaratildi. Oybek, G’afur G’ulom, Abdulla Qahhordan tortib bugungi kunga qadar hisoblaydigan bo’lsak, ularning soni nihoyatda o’sdi. Bunga misol qilib Hakim Nazir, Shukur Sa‘dulla, Xudoyberdi To’xtaboev, Hojiakbar Shayxov, Anvar Obidjon, Latif Mahmudov, Farhod Musajon, Habib Po’latov, Muqimjon Niyozov, Rustam Rahmonov, Iboxon, Shukur Xolmirzaev, Oqiljon Husanov, Marva Jaloliddinova, Asad Dilmurod, Abusaid Ko’chimov, Ergash Raimov, Mamatqul Hazratqulov va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
tải về 17.56 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương