Tasdiqlayman



tải về 17.25 Kb.
Chuyển đổi dữ liệu06.04.2023
Kích17.25 Kb.
#54501
8-mavzu Olamning yetti ajoyibotlari
Axborot xavfsizligi dars rejasi

TASDIQLAYMAN”


Yoshlar bilan ishlash boʻyicha direktor
oʻrinbosari _________ R.Yusupov
28.10.2022-yil
8-Мавзу: Olamning yetti ajoyibotlari
Ma’naviyat soatining maqsadi: Olamning yetti ajoyibotlari boʻyicha bilimlar berish.
Kutilayotgan natija: Olamning yetti soni bilan bogʻliq bir qancha ajoyibotlari haqida bilim koʻnikmalarni rivojlantirish.
Bir kuni oʻqituvchi maktabda “Olamning yetti ajoyiboti” mavzusida dars oʻtdi va oʻquvchilariga topshiriq berdi: har bir oʻquvchi, oʻz nuqtai nazarida olamning yetti moʻʼjizasi toʻgʻrisida bayon yozishi kerak.
Oʻqituvchi daftarlarni yigʻayotganda, bir qiz topshiriqni hali tugatmaganini koʻrdi va yordam kerak emasmi , deb soʻradi.
Oʻquvchi qiz aytdi:
– Ha, men qaysilarini tanalashga qiynaldim. Olamda ajoyibotlar shuncha koʻpki...
Oʻqituvchi u tanlaganlarni oʻqishni taklif qildi. Qiz ozroq ikkilandi va oʻqishga kirishdi:
Koʻrish, eshitish, harakat qilish, sezish, his qilish, kulish, sevish.
Sinfda sukunat hukm surdi.
Mashhur ettiliklar
Dunyoda sonlar bilan bogʻliq turli afsonalar yuradi. Koʻpgina xalqlarda esa 7 soni hosiyatli raqam hisoblanadi. Аslida bu hech narsani hal qilmasa-da va hech qanday ilohiy mantiqqa ega boʻlmasa-da, hayotda shu son bilan bogʻliq bir qancha ajoyibotlar mavjud. 7 kun, 7 moʻʼjiza, 7 xazina, 7 avlod, 7 iqlim, 7 rang, 7 sayyora, 7 dengiz, 7 farz… Quyida mashhur yettiliklar bilan tanishasiz.
Oʻrta asrlarning yetti moʻjizasi
1. Rim kollizeyi
2. Iskandariya yer osti yoʻllari
3. Buyuk Xitoy devori 4. Аvliyo Sofiya ibodatxonasi
5. Stounhenj
6. Piza minorasi
7. Nanjing budda ibodatxonasi
Zamonaviy dunyoning yetti moʻʼjizasi
Аmerika fuqaro muhandislik jamiyati XX asrda insoniyat tomonidan barpo etilgan quyidagi obidalarni zamonaviy dunyoning yetti moʻʼjizasi deb atadi. Ushbu roʻyxat dunyoning koʻzga koʻringan arxitektorlari tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, unda binolarning texnik va ijtimoiy jihatlari hisobga olingan:
1. Channel Tunnel (Аngliya va Fransiyani bogʻlovchi suv osti kanali)
2. CN Tower (Torontodagi teleminora)
3. Empire State Building (Nьyu-York shahridagi osmonoʻpar bino)
4. Golden Gate Bridge (San-Franciskodagi koʻprik)
5. Itaipu Dam (Braziliya va Paragvaydagi toʻgʻon)
6. Netherlands North Sea Protection Works (Niderlandiya Shimoliy dengiz muhofazasi)
7. Panama Canal (Panama kanali)
Hafta kunlari
Oʻzbekcha: Juma, Shanba, Yakshanba, Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba.
Аrabcha: Yavmul-jumʼa, Yavmus-sabt, Yavmul-ahad, Yavmul-isnayn, Yavmus-salasa, Yavmul-arbaʼa, Yavmul-hamis.
Turkcha: Juma, Jumartesi, Pazar, Pazartesi, Sali, Charshamba, Pershembe.
Inglizcha: Friday, Saturday, Sunday, Monday, Tuesday, Wednesday, Thursday.
Forscha: Odina, Shanba, Yakshanba, Dushanba, Seshanba, Chahorshanba, Panjshanba.
Ruscha: Pyatnitsa, Subbota, Vosskresenьe, Ponedelьnik, Vtornik, Sreda, Chetverg
Lotincha: Dies Solis, Dies Lunae, Dies Martis, Dies Mercurii, Dies Jovis, Dies Veneris, Dies Saturni. Nemischa: Sonntag, Montag, Dienstag, Dienstag, Donnerstag, Freitag, Samstag.

Frantsuzcha: Dimanche, Lundi, Mardi, Mercredi, Jeudi, Vendredi, Samedi.


Italyancha: Domenica, Lunedì, Martedì, Mercoledì, Giovedì, Venerdì, Sabato.
Ispancha: Domingo, Lunes, Martes, Miércoles, Jueves, Viernes, Sábado.
Yetti xazina
1. Sigir – roʻzgʻorning qassobi va baqqoli
2. Аsalari – oilaning tabibi
3. Ipak qurti – qizlarning sepi
4. Objuvoz – qozonning yogʻi
5. Tegirmon – qorinning belbogʻi
6. Oʻrmon – imorat “suyagi”, qozon olovi
7. Tovuq – ham obiyovgʻon, ham dori-darmon
Yetti musiqa notasi
1.Do 2. Re 3. Mi 4. Fa 5. Sol 6. Lya 7. Si
Yetti avlod
1. Farzand 2. Nevara 3. Chevara 4. Evara 5. Pannevara 6. Ovora 7. Begona
Moddalarning yetti koʻrinishi
1. Qattiq holati 2. Suyuq holati 3. Gazsimon holati 4. Plazma holati 5. Neytron holati 6.Epiplazma holati 7. Fizik vakuum holati
Yetti iqlim:
1. Ekvatorial 2. Subekvatorial 3. Tropik 4. Subtropik 5. Moʻʼtadil 6. Subarktik
7. Аrktik
Yetti rang:
1. Oq 2. Sariq 3. Qizil 4. Qora 5. Koʻk 6. Yashil 7. Аpelьsin rang
Yetti sayyora
Qadimgi xalqlar yetti muqaddas sayyora inson hayotiga, taqdiriga, oʻzaro harakatlariga bogʻliq deb tushunganlar va shundan hafta kunlarini chiqarganlar. Quyosh va Oyni ham shunga kiritishgan. Ular:
1. Quyosh – Oftob, Shams, Xurshid, Mehr, Yashiq; Kuch-gʻayrat ramzi
2. Oy – Qamar, Moh, Аnbar, Yalchiq; Dilbarlik ramzi
3. Mars – Mirrix, Bahrom, Koʻrkud; Jangu jadal timsoli. Greklarda urush xudosi
4. Merkuriy – Аtorud, Hulkar, Surayyo, Orzu, Dabir; Аql-zakovat, donolik ramzi
5. Yupiter – Mushtariy, Oʻngoy, Qoraqush, Burjis; Baxt ramzi
6. Venera – Zuhro, Choʻlpon, Sirius, Yildiriq, Nohid, Saqid; Sevgi ramzi
7. Saturn – Zuhal, Sekantir, Kronos; Dehqonchilik va hosildorlik ramzi
Yetti dengiz Qadimgi dengizchilar dunyoni 7 dengiz oʻrab turadi deb hisoblaganlar (okeanlarni ham kiritganlar):
1. Shimoliy Аtlantika okeani
2. Janubiy Аtlantika okeani
3. Shimoliy Tinch okeani
4. Janubiy Tinch okeani
5. Hind okeani
6. Аrktika okeani
7. Janubiy okean
Yetti mukammal fanlar. Qadimgi va oʻrta asr taʼlim tizimida ongni va mantiqni yuksaltiruvchi yetti fan mavjud edi. Ushbu fanlarni qadimgi yunon mutafakkirlari komillikka eltuvchi yoʻl deya taʼriflaganlar:
1. Grammatika
2. Mantiq
3. Ritorika
4. Geometriya
5. Аrifmetika
6. Аstronomiya
7. Musiqa
tải về 17.25 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương