Mutaxassislarini


MAKTABGAChA TAShKILOTLARNING VA QOʻShMA



tải về 175.5 Kb.
trang4/10
Chuyển đổi dữ liệu08.09.2023
Kích175.5 Kb.
#55122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ERKINOY huquq
Бердишукурова Ойгул Ашур қизи huquq, Zamonova Shaxnoza huquq
MAKTABGAChA TAShKILOTLARNING VA QOʻShMA
TURDAGI NODAVLAT MAKTABGAChA TA’LIM
TAShKILOTLARINING FAOLIYaTINI
LITsENZIYaLASh
19. Nodavlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma turdagi nodavlat maktabgacha tashkilotlar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladigan litsenziyani olgan vaqtdan boshlab amalga oshiradi.
5-BOB. IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTABGAChA
TAShKILOTLARNING VA QOʻShMA TURDAGI MAKTABGAChA
TAShKILOTLARNING HUQUQLARI, MAJBURIYaTLARI
VA JAVOBGARLIGI
20. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlar quyidagi huquqlarga ega:
tasdiqlangan moslashtirilgan ta’lim dasturi asosida mustaqil ravishda oʻz ta’lim dasturini ishlab chiqish;
bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorlik qilish;
maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish boʻyicha innovatsion faoliyatda qatnashish.
Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
21. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlar:
bolalarning jismoniy oʻsishi va sogʻligʻi mustahkamlanishi uchun sanitariya-gigiyena me’yorlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratishi va ularga rioya etilishini ta’minlashi;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli nozologiyalarni davolash standartlariga muvofiq bolalarning abilitatsiyasi va reabilitatsiyasini oʻtkazish uchun shart-sharoitlarni yaratishi;
ta’lim-tarbiya va korreksion-pedagogika jarayonini tashkil etishda qoʻllaniladigan shakllar, usullar va vositalarning bolalarning yosh, psiхik va fiziologik хususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga mos kelishini ta’minlashi;
bolalar toʻgʻri ovqatlanishini va ularga tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi;
bolalarni shaхsga yoʻnaltirilgan yondashuvni qoʻllagan holda umumta’lim muassasalarida oʻqishga sifatli tayyorlashni ta’minlashi;
maktabgacha ta’lim sifatini ta’minlash ustidan nazorat olib borishda, salomatlikni muhofaza qilish va mustahkamlash, abilitatsiya va reabilitatsiya tadbirlarini oʻtkazishda vakolatli davlat organlariga koʻmaklashishi;
iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi guruhlarni iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’limga qoʻyiladigan talablarga muvofiq bolalar bilan toʻldirilishi;
qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlardagi inklyuziv guruhlar uchun moʻljallangan guruhlarni umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qoʻyiladigan talablarga muvofiq, rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan bolalarga moʻljallangan guruhlarni iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarga qoʻyiladigan talablarga muvofiq bolalar bilan toʻldirishi shart.
Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlarning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham boʻlishi mumkin.
22. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlar quyidagilar uchun javob beradi:
bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
bolalar iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda yoki qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda boʻlgan vaqtida ularning hayotini himoya qilishni va sogʻligʻini mustahkamlashni tashkil etish;
belgilangan talablarga muvofiq ta’lim-tarbiya, korreksion-pedagogika hamda reabilitatsiya jarayonlarini amalga oshirish;
bolani tarbiyalash va ta’lim berish masalalari boʻyicha uning qonuniy vakillariga maslahatlar bilan yordam berish;
umumta’lim dasturlarini amalga oshirishni tegishli sifatda va belgilangan hajmda ta’minlash;
ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish.
23. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarning va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlarning faoliyati ustidan monitoring hamda nazorat vakolatli davlat organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
24. Oʻquv jarayonidan siyosiy maqsadlarda yoki ta’lim olayotgan bolalarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga zid harakatlarni sodir etishga undash uchun foydalanish taqiqlanadi.

6-BOB. IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTABGAChA



tải về 175.5 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2023
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương