Mundareja: Kirish Asosiy qisim



tải về 314 Kb.
trang1/12
Chuyển đổi dữ liệu23.05.2022
Kích314 Kb.
#52077
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mundareja Kirish Asosiy qisim
Oliy nerv faoliyati tiplari Reja


Mundareja:
Kirish…………………………………………………………………..
Asosiy qisim………………………………………………………….....
1.Bob. Vitaminlar . Vitaminlar haqida umumiy tushuncha va ularning
Tasnifi……………………………………………………………………
1.1. Vitaminlar haqida umumiy tushuncha……………………………….
1.2. Vitaminlarning tasnifi……………………………………………….
2.Bob. Organizimda vitaminlar balansining buzulishi……………………
2.1. Vujudga vitaminlar qanday ta'sir qiladi?...............................................
2.2. Organizmda vitaminlar metabolizmi va muvozanatining buzilishi…..
2.3. Suvda eriydigan vitaminlar metabolizmi va biologik funktsiyalari…….
Xulosa……………………………………………………………………………
Adabiyotlar………………………………………………………………………


Kirish.
Biologik kimyo – tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi moddalarning kimyoviy tabiati, ularning o‘zgarishi, shuningdek, bu jarayonlarni a’zova to‘qimalar faoliyati bilan bog‘liq holda o‘rganadigan fan. Tahlil etilayotgan obyektga bog‘liq holda, shartli ravishda, odam va hayvon, o‘simliklar mikroorganizmlar biokimyosi va h.k. bo‘limlariga bo‘linadi. Modda almashinuvi va metabolizm – organizmda kechadigan barcha kimyoviy reaksiyalar yig‘indisidir. Ular tirik sistemaning turg‘unligi va o‘z-o‘zini hosil qilishga yo‘naltirilgandir. Hayvonlar organizmi, shuningdek, odam organizmi ovqat mahsulotlari qabul qilishga muhtojdir. Ular suv va mineral komponentlardan tashqari murakkab organik tarkibga ega bo‘lgan oqsil, yog‘, uglevodlarni qabul qilishi kerak.
Biologik kimyoning asosiy vazifasi molekulyar darajadagi zaminiy, masalalarni hal etishdan iborat. Insonning ekosistemaga bog‘liqlik muammosini hal etishi, ularni nafaqat bilishi, balki ulardan muhofaza bo‘lishi va foydalana olishi kerak.
Biokimyo fani 3 bo‘limdan iborat:
1. Statik biokimyo. 2. Dinamik biokimyo. 3. Funksional biokimyo.
Statik biokimyo tirik organizm tarkibiga kiruvchi moddalarning kimyoviy tarkibi va xususiyatlarini o‘rganadi. Bu bo‘limning asosiy masalalari bioorganik kimyo tomonidan o‘rganiladi. Dinamik biokimyo organizmga moddalarning qabul qilinishidan boshlab oxirgi mahsulotlar shaklida chiqarib yuborilishigacha bo‘lgan
barcha o‘zgarishlarni tahlil qiladi.
Funksional biokimyo a’zo va to‘qima funksiyalariga bog‘liq ravishda, ularda kechadigan kimyoviy jarayonlarni tadqiq qiladi. Biologik kimyoning barcha bo‘limlari o‘zaro uzviy bog‘langan va zamonaviy biokimyoning qismlari hisoblanadi. Agarda ilgari biologik kimyo o‘z ichiga to‘qima, a’zo va butun
organizm masalalarini olgan bo‘lsa, hozirda bu fan molekula va submolekulyar tahlillar darajasida o‘rganiladi. Biologik kimyoning yo‘nalishlari quyidagi muammolarni hal etishga qaratilgan bo‘lishi kerak: yuqori organizmlar hujayralarining differensirovkasi, genom faolligining mexanizmi, irsiy kasalliklar rivojlanishining molekulyar asoslari va boshqalar.
Tibbiyot institutlarida klinik biokimyo alohida o‘rin tutadi. Bo‘lajak
umumamaliyot shifokori patologik jarayon rivojlanishining mexanizmlarini to‘liq o‘zlashtirishi muhim ahamiyatga ega. Turli kasalliklar asosida metabolik jarayonlarning buzilishi yotadi. Sog‘lom organizmda katabolizm va anabolizm jarayonlari uzviy bog‘langan. Bu jarayonlar muvozanatining buzilishi kasallikning rivojlanishiga olib keladi. Masalan, agarda organizmda katabolizm jarayonlari pasaysa, u yoki bu moddalarning to‘planishiga olib keladi va o‘z navbatida to‘planish kasalliklarini rivojlantiradi (glikogenoz, sfingolipidoz va boshqalar). Irsiy kasalliklar alohida o‘rinni egallaydi, chunki ularda, hujayra genetik apparatida u yoki bu moddalar sintez nazoratining buzilishi mavjud. Shuning uchun, bo‘lajak shifokor, tirik organizmda ularning rivojlanish mexanizmini tushunish uchun biokimyoviy jarayonlarni yaxshi bilishi kerak.

tải về 314 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương