Bola tarbiyasida maktabgacha ta’lim, oila va jamiyatning o‘rni


Keywords:  child  education,  family  education,  community  impact,  small  state,  educational departments



tải về 249.54 Kb.
Chế độ xem pdf
trang2/4
Chuyển đổi dữ liệu07.01.2022
Kích249.54 Kb.
#50577
1   2   3   4
bola-tarbiyasida-maktabgacha-ta-lim-oila-va-jamiyatning-o-rni
Umumiy pedagogika (1)
Keywords:  child  education,  family  education,  community  impact,  small  state, 

educational departments. 



 

Tarbiya  -  ijtimoiy  hodisa.  U  kishilik  jamiyati  paydo  bo‘lgan  davrdan  beri 

mavjud. Inson yer yuzidagi eng mukammal zot bo‘lishi uchun, avvalo ,tarbiyalanishi 

zarur.  Abu  Lays  Samarqandiy  «Bo‘stonul-orifin»  asarida  tarbiya  va  tarbiyalashning 

ma’nosini  ta’riflab:  «Ey  o‘g‘il,  farzandlaringni  tarbiyalashdan  oldin  o‘zingni 



tarbiyala,  tarbiya  ko‘rgan  oilada  baodob,  yaxshi  fazilatli,  bilimli  odam  voyaga 

yetadi», - degan edi. Ibn Sino ijodiyotida ham bu g‘oya alohida o‘rin tutadi. «Kimga 

qanday pandu nasihat qilsang, unga avvalo o‘zing amal qil», - deydi alloma. Sharq 

mutafakkirlari, pedagog olimlari barkamol insonni yetishtirish uchun tarbiya naqadar 

zarurligini, uning mohiyati va mazmunini asoslab berganlar. 

Tarbiya  jarayoni  tarbiyachi  va  tarbiyalanuvchilar  o‘rtasida  tashkil  etiluvchi 

hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayonidir.  



Tarbiyaning maqsadi - har tоmonlаmа shaxsni shakllantirish. 

Tarbiya  mazmuni  deganda,  qo‘yilgan  maqsad  va  vazifalar  bilan  bog‘liqlikda 

tarbiyalanuvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, malaka, e’tiqod, shaxs sifati va 

xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi. 

Tarbiyaning umumiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 

"Science and Education" Scientific Journal

May 2021 / Volume 2 Issue 5

www.openscience.uz

562



•  tarbiyalanuvchilarning  maqsadga  yo‘naltirilgan  rivojlanishi  hamda  ularning 

qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish; 

•  jamiyat  rivoji  uchun  zarur  bo’lgan  ijtimoiy  madaniyatga  mos  yetarlicha 

hajmdagi "inson kapitali”ni tayyorlash; 

•  madaniyatlarni  uzatib  turish  orqali  ijtimoiy  hayotning  barqarorligini 

ta’minlash; 

• ma’lum jins yoshi va ijtimoiy-kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan 

holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a’zolarining harakatini tartibga solish. 

Tarbiya  qonuniyatlari  -  bu  bir  tomondan,  ijtimoiy  hodisa  sifatida  tarbiyaning 

xususiyatlari,  ikkinchi  tomondan,  shaxsning  rivojlanishi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 

barqaror aloqalardir. 

Maktabgacha  Ta’lim  Muasasasining  maqsadi:  bolalarni  o‘qitish,  tarbiyalash, 

qarab turish va parvarish qilish jarayonida paydo bo‘ladigan tomonlarning huquqlari, 

majburiyatlari va javobgarligini sezilari amalga oshiruvchi ta’lim - tarbiya jarayonini 

olib  borishdir.  Maktabgacha  Ta’lim  Muassasasi  maktabgacha  ta’lim  ustaviga 

muvofiq  bo‘lgan  zarur  shart-sharoitlarni  ta’minlaydi.  Bolalar  hayotini  muhofaza 

qilish va sog‘lig’ini mustahkamlashga doimo g‘amxo‘rlik qiladi. 

Maktabgacha  tarbiya  yoshining  dastlabki  bosqichlarida  bolalarda  tasavvur 

ta’limi  bo‘ladi.  Hayotiy  tajribaning  ortib  borishi  va  tafakkurning  rivojlanishi  bilan 

ijodiy  xayol  tarkib  topadi.  Kichik  maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalar  uchun 

ko‘rgazmali-harakatli,  ko‘rgazmali-obrazli  tafakkur  xosdir.  Buning  asosida  so‘z, 

mantiqiy tafakkur, tushunchali tafakkur rivojlantiriladi. Tarbiyachi bolalarda tafakkur 

faoliyatini  tarkib  toptirishi,  bu  hodisalarni,  voqealarni  chuqur  anglab  olish,  ularning 

muhim bo‘lgan va muhim bo’lmagan tomonlarini ajratishga o‘rgatishi lozim. 

Bola  shakllanishi  va  rivojlanishida  qiziquvchanlik  o‘ziga  xos  xususiyatdir.  U 

bolaning  tevarakatrofdagi  voqea-hodisalarga,  narsa  va  buyumlarga  qiziqish  bilan 

qarashida, hamma narsani ushlab, his qilib, diqqat bilan kuzatishida namoyon bo‘ladi. 

Tarbiyachi  kuzatishlar  tashkil  etib,  bolalarda  paydo  bo‘lgan  savollarga  o‘z  vaqtida 

javob berishga harakat qiladi, ularni mustaqil javob qidirishga yo‘llab, maktabgacha 

tarbiya yoshidagi bolalarda qiziquvchanlikning susayishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bolalarni 

o‘z navbatida tarbiyalab boradi. 

Maktabgacha  Ta’lim  Muassasasi  o‘z  navbatida  ota-onalar  bilan  hamkorlikni 

yo‘lga qo‘yishganlar. Bu esa bola tarbiyasida oila bilan hamkorlikning eng samarali 

usullaridan biridir. Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni rang- barang 

bo‘lib, unda ayrim masalalar birgalikda muhokama qilinishi taqozo etiladi. Masalan: 

•  bolalarni  tarbiyalashda  oilaning  roli,  ota-onalarning  vazifasi  to‘g‘risidagi 

qonunlar, bolalarni maktabga tayyorlash haqida; 

• maktabgacha tarbiya muassasalasining yillik ish rejasi to‘g‘risida; 

• ota-onalar jamoatchiligining ishi haqidagi masalalar shular jumlasidandir. 

"Science and Education" Scientific Journal

May 2021 / Volume 2 Issue 5

www.openscience.uz

563



Bu  masalalarni  jamoa  bo‘lib  muhokama  qilish uchun ota-onalarning guruhi va 

umumiy  majlislari,  maslahatlar,  konferensiyalar,  ota-onalar  kechalari  kabi  ish 

shakllari  jamoa  ish shakllariga  kiradi.  Tarbiyachilar  bola  tarbiyasini  shakllantirishda 

oila tarbiyasiga chambarchas bog‘laydilar. 

Abdulla  Avloniy  bola  tarbiyasini  nisbiy  ravishda  quyidagi  to‘rt  bo‘limga 

ajratadi: 

1. “Tarbiyaning zamoni”. 

2. “Badan tarbiyasi”. 

3. “Fikr tarbiyasi”. 

4. “Axloq tarbiyasi” haqida hamda uning ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritadi. 

Shunday  ekan  bola  tarbiyasi  bir  vaqtning  o‘zida  “Maktabgacha  ta’lim”,  “Oila” 

va  “Jamiyat”  nuqtai-  nazarida  shakllanib  boradi.  Biz  oilani  “davlat  ichra  kichik 

davlat”-  deb  ataymiz.  Unda  yangi  inson,  ya’ni  davlatning  yangi  bir  vakili  dunyoga 

keladi.  Kichik  davlat  -  oila  esa  bu  inson  uchun  dastlabki  hayot  dorilfununi  bo‘ladi. 

Shu  sababli  ota  -  onalar  farzandning  birinchi  o‘qituvchisi  va  tarbiyachisidir. 

Farzandni barkamol va ma’naviy yetuk qilib o‘stirish uchun, eng avvalo ota - onaning 

o‘zi  yuksak  axloqiy  fazilatlarga  ega  bo‘lishi  kerak.  Farzand  tarbiyasini  ota  -  onalar 

o‘z shaxsiy ishi deb bilmasliklari kerak. Aslida bola tarbiyasi ota  - onaning jamiyat 

oldidagi  fuqarolik  burchi  va  davlat  oldidagi  mas’uliyati  hamda  qarindosh  -  urug‘lar 

oldidagi  javobgarligi.  Shuning  uchun  ham  ota  -  ona  obro‘si  farzand  tarbiyasida 

ma’naviy  ozuqa  bo‘ladi.  Bu  ma’naviy  ozuqa  bola  tarbiyasida  “ufq”  ni  ko‘zlab  ish 

tutishda mustahkam poydevor hisoblanadi. Bunday tarbiyalash jarayonida mehnat va 

ijtimoiy faoliyatni oilaviy vazifalar bilan qo‘shib olib boradigan farzandlari hayotiga 

qiziqadigan va ularga oqilona, odilona rahbarlik  qiladigan ota  - onalar ijobiy o‘rnak 

bo‘ladigan kishilardir,  ya’ni obro‘li ota - onalardir.  Bunday odamlar o‘z farzandlari 

tarbiyasiga  oilada  ham,  maktabgacha  ta’limda  ham  e’tibor  beradigan  aqlli  odamlar, 

namunali oilalar a’zolari bo‘ladi. 

Ilmiy manbalarga qaraganda inson shaxsi uchta faktorlar ta’sirida tarkib topadi. 

Ulardan  birinchisi  odam  tug‘ilib  o‘sadigan  tashqi  ijtimoiy  muhitning  ta’siri  bo‘lsa, 

ikkinchisi  odamga  uzoq  muddat  davomida  sistemali  beriladigan  ijtimoiy  ta’lim-

tarbiyaning ta’siridir va nihoyat, uchinchisi odamga nasliy yo‘l bilan beradigan irsiy 

omillarning  ta’siridir.  Shunday  qilib,  insonning  psixik  taraqqiyotida  va  shaxsiy 

sifatlarining  tarkib  topishida  tashqi  ijtimoiy  muhit  va  tarbiyaning  roli  hal  qiluvchi 

ahamiyatga egadir. Bu o‘z navbatida bola shaxsini tarbiyalashda oila va jamiyatning 

ham roli nihoyatda katta ekanligini ko‘rsatib beradi. 

Xulosa qilib aytganda, bola tarbiyasida maktabgacha ta’lim, Oila va Jamiyatning 

ham  birdek  xissasi  bordir.  Chunki  bola  oilada  ilk  bor  ta’lim-  tarbiya  olsa,  uni 

maktabgacha  ta’limda  yanada  shakllantiradi,  mustahkamlaydi  va  qisqa  tushuntirish, 

nasihat  yoki  o‘yinlar  orqali  tarbiya  elementlarini  egallaydi.  Egallagan  tarbiyani  esa 

"Science and Education" Scientific Journal

May 2021 / Volume 2 Issue 5

www.openscience.uz

564



albatta  jamiyat  va o‘zaro  munosabatlarda  qo‘llaydi.  Bu  esa  bola  tarbiyasining asosi 

hisoblanadi. 




tải về 249.54 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2022
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương