Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


Maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarida ma’naviy



tải về 1.25 Mb.
trang4/19
Chuyển đổi dữ liệu19.04.2018
Kích1.25 Mb.
#36917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

1.7. Maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarida ma’naviy

sifatlarni tarbiyalash


Ma’lumki, har qanday ota – ona o’z farzandlarini sevadi – bu isbot talab qilinmaydigan haqiqat. Demak, farzand-larimiz biz uchun aziz, ularning tarbiyasi esa undanda aziz. Shuning uchun ham ota – onalar farzand tarbiyalash uchun oldin o’z–o’zini tarbiyalab olishi zarur – bu farzand

tarbiyasida ota– onaning “ibrat – namuna” bo’la olishi, demakdir. Bu haqda quyidagi fikr bola tarbiyasining nechog’lik ahamiyatli ekanligini dalillaydi: “Bola

tarbiyasi uchun davlatni boshqarishdan ko’ra ham teranroq mushohada, undan ham chuqurroq donishmandlik kerak” (U.Chenning).

Mamlakatimizda bu yo’nalishdagi ta’lim – tarbiya ishlariga e’tibor berish davlat siyosati darajasigacha ko’tarilgan. Bu haqda muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining “Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” (1997 yil 29 avgust) nomli ma’ruzasida uzluksiz ta’lim tizimining mazkur turiga alohida urg’u berib quyidagi fikrni aytgan edi: “Norasida bolaning ongi nimani o’ziga singdira oladi, nima qabul qila olmaydi? Bolalarimizga qachondan boshlab, qanday usulda va uslubda milliy qadriyatlarimiz, urf – odatlarimizni anglatishimiz kerak?” [1].

Demak, biz ota – onalarning va MTM murabbiylari hamda tarbiyachilarning tarbiyaviy hatti – harakatlari ham shunga yarasha insonparvar bo’lmog’i lozim. Buning asosini esa farzandlaringizda shakllantirilishi lozim bo’lgan ma’naviy sifatlar tashkil etadi.

MTM da bolalardagi ma’naviy sifatlarni shakllantirishga keng imkoniyatlar mavjud. Ularni quyidagi ma’naviy sifatlar qamrovida olib borgan ma’qul: atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo’lish; jonkuyarlik; kamtarlik; odob bilan gaplashish; mehmondo’st; kattalarga sizlab, ismi – sharifini to’liq aytib murojaat qilish; muloyimlik; xushmuomalalik; shirinso’zlik; odoblilik; ziyraklik; jonkuyarlik; dilkashlik; sabrlilik; mas’uliyatlilik; intizomlilik; tashabbuskorlik; xushxulqlik; mustaqillik; mehnatsevarlik; mehribonlik va shu kabilar.

Bu ma’naviy sifatlar bir qarashda bog’cha yoshidagi bolalarga ko’plik yoki og’irlik qiladiganga o’xshab ko’rinadi. Siz bundan cho’chimang! Bularning hammasi bolaning bog’cha ostonasiga kirib kelishi bilan boshlanadigan faoliyat turidir. Faqatgina bunga murabbiy va tarbiyachilar o’zlari ibrat – namuna ko’rsatib, e’tibor berib boradi. Bu borada ular oldida qator vazifalar bor. Biz ularni namuna (andoza) sifatida quyidagicha ifodalashni lozim topdik:


  • tarbiyachilar bolalarga axloq – odobning muhim me’yorlari – salomlashish, yurish – turish, so’zlashish, ovqatlanish, tozalik, ozodalik kabi fazilatlarni izchillik bilan singdirib borishlari shart;

  • bolani kundalik tartibga rioya qilishga o’rgatish;

  • bolaning bog’chada ham jismonan, ham ma’nan o’sib rivojlanishiga sharoit yaratish va bunga doimo g’amxo’rlik qilish;

  • bolani o’zaro hurmat ruhida tarbiyalashning samarali usul yoki uslublaridan foydalanish;

  • bola shaxsini hurmat qilish, ularning ishlari, qiziqishlari, manfaatlari bilan hisoblashish;

  • bolada ma’naviy sifatlarni tarkib toptirishga muntazam ravishda e’tiborda bo’lish;

  • bolalarda turli xil illatlarning paydo bo’lib qolishidan juda ham ehtiyot bo’lish;

  • bola ongiga umummanfaat bilan hisoblashish zarurligini singdirib borish;

  • bolaning nutqiga va uning ravonligi hamda mazmundorligiga doimo e’tibor berish;

  • bola tarbiyasiga oid didaktik vositalar va materiallarni yetarli qilib to’plab olish hamda ulardan samarali va ijodiy foydalanish;

  • bolada burch va mas’uliyat hissini shakllantirish.

Bu qayd etilgan vazifalar qat’iy emas, balki Sizda bundan-da mukammalroq vazifalar tizimi bordir. Bizning umumiy maqsadimiz farzandlarimizni ma’naviy yetuk va barkamol qilib tarbiyalashdan iboratdir, chunki ular O’zbekiston kelajagining mustahkam poydevoridir. Shu o’rinda quyidagi fikr tadqiqotimizning ahamiyatini tasdiqlaydi: “Tartib asosida ish qiladigan bola berilgan topshiriqlarni o’z vaqtida puxta bajarishga, jamoat orasida ham o’zini tutishga va imkon qadar e’tibor qozonishga odatlanib boradi. Bundan tashqari, rejim bolani sog’lom, tetik, baquvvat bo’lib o’sishiga hamda aqliy jihatdan to’g’ri rivojlanishiga katta ta’sir etadi. Bola o’zi sevgan mashg’uloti bilan shug’ullanishga vaqt topa oladi. U hamisha ruhan tetik, ma’lum maqsadga intiluvchan, serzavq, o’z ishidan mamnun bo’ladi” [28, 24 -b].

Demak, biz yuqorida keltirib o’tgan bolaning ma’naviy sifatlari va ularning bola ongida tarkib toptirishdagi murabbiylar yoki tarbiyachilar vazifalari tizimi oila yoki MTM uchungina emas, balki jamiyat va uning ma’naviy rivoji uchun ham ma’naviy “ozuqa”dir. Bunga sabab, bolalarimiz turmushda yoki tevarak – atrofimizda uchraydigan turli xil salbiy yoki ijobiy holatlarni farqlay olishlari kerak, aks holda ular ongida turli xil illatlar ildizlari tomir otib ketishi mumkin. Bu jihatlar dastlab oiladan boshlanadi ya’ni oiladagi tartib – intizomlik, tozalik – ozodalik bola MTM borganda ham sezilib turadi. Shuning uchun ham oila va MTM hamkorligi o’ta muhimdir.



Demak, oilada va MTM da shakllangan bolalarning ma’naviy sifatlari ularni maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

II - BOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA “MA’NAVIYAT SABOQLARI” MASHG’ULOTLARINI OLIB BORISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

2.1. Maktabgacha ta’lim muassasalarida “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlari


“Biz xalqimizning dunyoda hyech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hyech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta

muhim ishni o’z holiga, o’zi bo’larchilikka tashlab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo’g’rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir – oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin” [2. 4-b].

Ma’naviyat o’zi nima?

Ma’naviyat to’g’risida quyidagi fikrlarga e’tibor beraylik:

1. “Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon – e’tiqodini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir” [2. 19 - b].

2. “Ma’naviyat – (arabcha – ma’nolar majmui) kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui.

Ma’naviyat – kishining ichki, ruhiy, axloqiy qiyofa tushunchasi bo’lib, ma’lum bir axloq me’yorlari, maromlari asosida yashash tarzi, umuman hayotidir” [27. 204 - b].

3. “Inson, ona qornidan boshlab, butun hayoti davomida orttirgan foydali bilimlarini amalda qo’llayverish natijasida unda hosil bo’lgan ko’nikma va malaka, uning hayot tarziga aylanganlik darajasi ma’naviyat deyiladi”.

Binobarin, ma’naviyatga quyidagi falsafiy ta’rifni bersa bo’ladi.



Ma’naviyat – bu kishining egallagan foydali bilimlari amaliy hayotida sinalaverib, ko’nikma va malaka darajalaridan o’tgan va ruhiga singib, hayot tarzida aks etadigan ijobiy ijtimoiy sifatlar majmuidir [11. 8 - b].

4. “Ma’naviyat – insonning zot belgisi, uning faoliyatining tarkibiy qismi, ongli, aql – zakovatining mahsuli” [9. 29-b.].

5. “Ma’naviyat – jamiyatning, millatning va yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha” [12. 111 - b].

6. “Ma’naviyat – har bir insonning ichki ruhiyati, aql – zakovati, uni o’zini – o’zi anglash, yaxshiliklarga, ezgu niyatlarga to’la qalbi, oldinga qarab yangi marralar sari ongli ravishda faollik ko’rsata bilish va intilish salohiyatidir” [16. 8 - b].

7. “Ma’naviyat ko’p qirrali hodisa bo’lib, axloqiy (odob, burch, mas’uliyat tuyg’usi), ilmiy, ijodiy, amaliy malakalar (mehnat, ijodkorlik, iste’dod, qobiliyat), diniy, mafkuraviy qarashlarning yaxlit birligidir” [7. 22 - b].

8. “Ma’naviyat millatning asrlar davomida shakllangan, ildizlari uning tarixiy tajribalari va ijtimoiy – madaniy rivojlanishi bilan uzviy bog’liq bo’lgan ichki (aqliy) intellektual va salbiy hissiy dunyosidir” [29. 20 – 22 b.].

9. “Ma’naviyatinson qalbida, ko’ngil ko’zgusida aks etgan haqiqat nuridir” [13. 14 – b.].

10. “Ma’naviyat gul ekishdan to shahar qurishgacha, vatan himoyasiga yarash, milliy oriyat, muhabbat, otalik, akalik, aka – ukalik, eru – ayollik, ilmiy, ro’zg’or tebratish siri, kuyni tinglay olish, tasviriy san’atni o’qish, fuqarolik mas’uliyati, tarix qoshidagi qarzdorlik, ota – buvangdan qolayotgan aqidalarni farzandingga ham eson – omon yetkazishdir” [20].

11. “Ma’naviyat – insonning ongi, aqliy qobiliyatini, ruhiy kechinmalarini yaxshiliklarga, ezgu niyatlarga to’la qalbini ifodalovchi ko’p qirrali tushuncha” [17. 118 – b.].

12. “Ma’naviyat (arab. mano, ma’nolar majmuasi) – moddiy hayot bilan doimo yonma – yon yuradigan, inson, xalq va jamiyat hayotining ajralmas qismi bo’lgan ijtimoiy hodisa” [18. 333 - b].

13. Ma’naviy poklik – odamlarni halollikka, bag’rikenglikka, mehr – shafqatli bo’lishga chorlash va bu borada o’zi ibrat – namuna ko’rsatish [17. 118 –b.].

14. Ma’naviy e’tiqod – u ma’naviy idealdan iborat bo’lib, ehtiyoj ko’nikma va malakalarning shakllanishi asosida paydo bo’ladi [27. 287 – b.].

Keltirilgan ta’riflardan ko’rinib turibdiki, murakkab ijtimoiy hodisa bo’lgan ma’naviyatning ma’lum bir tarkibiy qismi yoki uning u yoki bu xususiyati yoki ahamiyatini ifodalaydi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, ma’naviyatning mukammal ta’rifidan uzluksiz ta’lim tizimining har bir turiga tegishli xususiy holdagi ta’riflaridan ham foydalanish kerak bo’lar ekan. Bunga sabab uzluksiz ta’lim tizimi uchun har bir turda ta’lim – tarbiyaga qo’yilgan alohida talablar mavjud. Masalan oiladagi yoki MTM dagi ma’naviyatga berilgan talab oliy ta’limdagi talabga to’g’ri kelmaydi yoki aksincha. Demak, uzluksiz ta’lim tizimi uchun xususiy ta’riflardan umumiyroq bo’lgan ta’riflarga o’tib borish, ya’ni induksiya tadqiqot usuliga asoslangan holda ta’riflar iyerarxiyasini shakllantirib borgan ma’qul ekan.

Umuman olganda ma’naviy tarbiyada milliy madaniyatimiz, ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan boy ma’naviy merosimizni tarixiy ildizlariga e’tibor berishimiz va ularni yanada boyitib (bu sohadagi tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirib) bugungi yoshlarimiz ongi va qalbiga chuqur singidirish masalasiga katta e’tibor qaratish lozim bo’ladi, chunki bu ma’naviy boylik asrlar davomida shakllangan. Bular avloddan – avlodga o’tishda ko’plab sinovlardan o’tgan va vaqti kelganda ulardan xalqlarimiz foydalangan, ya’ni ular xalqlarimizga madad bo’lgan.

Bu masala ham Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimovning e’tiboridan chetda qolgan emas va bu haqda Mustaqillik qo’lga kiritilgan paytdan boshlab unga e’tibor berib kelmoqda. Xususan, Prezidentimizning “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” risolasining “Mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy – axloqiy negizlari” deb nomlangan bobi bordi quyidagi asosiy negizlar qayd etilgan:

“- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

- xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

- insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;

- vatanparvarlik” [3. 74-b.].

Bu to’rtala negiz ham ma’naviy tarbiya jarayonida o’ta muhim bo’lib, ular ichida “Xalqimizning ma’naviy merosni mustahkamlash va rivojlantirish” nomli negizi ayni shu masala yechimini hal qilishda yetakchi o’rinda turadi va bunga jamiyatimiz taraqqiyotining hamma bo’g’inida e’tibor berishimiz kerak. Ayniqsa, oilada, MTM larida va boshlang’ich ta’limda mustahkam poydevor qo’yiladi, chunki bu davrdagi tarbiya bolalarda jo’shqinroq kechadi.

Bolalar ma’naviy dunyosining o’ziga xos xususiyatlaridan biri kattalarni obro’li siymolar deb bilishlaridir. Shuning uchun ham biz o’z farzandlarimizning baxtu saodati, iqboli va kamolini ko’rishni istaymiz. Buning uchun farzandlarimizga milliy urf – odatlarimiz, qadriyatlarimiz va an’analarimizni chuqur singdirish va shakllantirishimiz lozim. Bu oila ma’naviyatining asoslaridir.

Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi”.

Bu ko’rsatmaviy fikr ayniqsa oila ma’naviyati bilan MTM da tashkillashtiriladigan “Ma’naviyat saboqlari”da muhimdir. Shuning bilan birga bunday ko’rsatmaviy fikrni og’ishmay amalga oshirishda ota – onalar va MTM da faoliyat ko’rsatayotgan murabbiy yoki tarbiyachidan quyidagi qonun – qoidalarga amal qilinishi talab etiladi:



  • bolalarga nisbatan samimiy munosabatda bo’lish kerak va ularning har biriga xos individual xususiyatlarini bilib oling;

  • hamma bolalarga bir xil munosabatda bo’ling;

  • bolalarga ta’lim – tarbiya berishda sharqona usullardan foydalaning;

  • bolalarga ta’lim – tarbiya berishda milliy qadriyatlarga va milliy urf – odatlarga suyaning;

  • turli tadbirlar va bayramlarni MTM ning umumjamoasi bilan birgalikda o’zaro yordam asosida o’tkazing;

  • bolalarning mustaqil fikr yuritishiga imkoniyat yarating, o’zlaring burch va vazifalarini bajarib borishiga o’rgating;

  • MTM da bolalarning bir – birini kamsitishiga va xo’rlashiga yo’l qo’ymang, turli g’iybat va fisqu – fasod gaplar bo’lishining oldini oling;

  • guruhda bolaning isyon ko’tarishiga yo’l qo’ymang. Unutmang bu nafaqat MTM ga, balki oilaga ham, jamiyatga ham xavflidir;

  • bolaga qo’rqitish, zulm qilish orqali tarbiya bermang. Unutmang, siz bu orqali baxtsiz yoki yakka – yolg’iz kishilarning shakllanishiga sabab bo’lasiz. Eng yomoni, ularning ushbu hatti – harakati jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi;

  • tarbiyachi yoki murabbiyning shaxsiy namunasi: odob – axloqli bo’lish; mehnatsevarlik xislati shakllangan bo’lishi; ozodalik – intizomlilik shiori bo’lishi kerak;

  • tarbiyachi yoki murabbiyning yuqori muomala madaniyati: shirinso’z, muloyim, xushfe’l bo’lishi kerak;

  • tarbiyachi va murabbiyning xamkorlikda faoliyat yuritishi: hamkorlik, hamjihatlik bilan faoliyat yuritishni bilishi kerak.

Qayd qilingan qonun – qoidalarga amal qiladigan tarbiyachi yoki murabbiy MTM ning ma’naviy muhitini qaror toptira olishi mumkin, chunki bu qandaydir alohida, uzib olingan tarbiya vositasi esa, balki ota – onalar va murabbiy va tarbiyachilar olib boradigan har taraflama tarbiyaviy ishlarning bolaga ijobiy ta’sir ko’rsatishi natijasidir. Shuning uchun bunday tarbiyaviy ta’sirlar yil davomida olib borilishi kerak.

Quyida biz MTM da olib boriladigan “Ma’naviyat saboqlari” haqida to’xtalamiz.



2.2. Maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarining namunaviy mavzulari


M


...Hozirgi murakkab sharoitda xalqimiz, avvalo, o’sib – o’nib kеlayotgan yosh avlodimiz ongi va qalbida mafkuraviy immunitеt hosil qilish muhim axamiyatga ega. Bu ishni bamisoli yosh niholga mеvali daraxt kurtagini payvand qiladigan usta bog’bondеk mеhr bilan oqilona yo’l bilan amalga oshirish lozim”.

Islom Karimov

a’lumki, MTM da 2 yoshdan 6-7 yoshgacha bo’lgan bolalar tarbiyalanib ta’lim oladi. O’quv yili, deb atalgan oraliq 35 haftani tashkil etadi.

Tadqiqotlarimizning ko’rsati-shicha, MTMda “Ma’naviyat saboqlari” ni o’tkazishga imkoniyat bor ekan. Bungga sabab MTM dagi dastlabki davrdayoq jamoaning va jamoadagi bolalarning inoqlashuv davri boshlanadi. Bu davrda bolalar o’z murabbiy va tarbiyachilarini diqqat bilan o’rganadilar. Shuning bilan birga murabbiy va tarbiyachilarning

MTM dagi asosiy vazifasi - hamisha ijobiy holatda bo’lish, o’qitish, o’rgatish va o’rganishdir. Demak, ular MTM dagi jo’shqin faoliyatning boshqaruvchisidir. Bu borada mohir boshqaruvchi bo’lish murabbiy va tarbiyachilarning baxti hamdir. Bu jo’shqin faoliyat yana shunisi bilan ahamiyatliki, MTM da bolalarning o’zaro va murabbiy hamda tarbiyachilari bilan bo’ladigan munosabatlari yanada chuqurroq va mazmundorroq bo’ladi. Bolalarda o’z-o’zini o’rganish va tarbiyalashga ishtiyoq kuchayadi. Murabbiy va tarbiyachilar bu davrda bolalar uchun yaqin maslahatchi, yo’l ko’rsatuvchi, yaqin kishiga, o’rtoqga, do’stga aylanadi. Bu bolalarga jamoaning hayoti haqida gapirishga, takliflar va tavsiyalar berishga sharoit yaratsa, murabbiy va tarbiyachilarga esa har bir bola bilan suhbatlashishga, har bir bolaga e’tibor qaratishga imkoniyat beradi. Shu sababli ham MTM ning deyarli barcha guruhlarida “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarini o’tkazish mumkin. Kichik yoshdagi guruhlarga (2 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalar guruhi) bunday mashg’ulotlarni nima yaxshi-yu, nima yomon, nima mumkin-u, nima mumkin emas? kabi savollar orqali olib borish mumkin. 3 yoshdan 6-7 yoshgacha bo’lgan bolalar tarbiyalanadigan guruhlarda esa muayyan mavzu bo’yicha “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarini olib borsa bo’ladi.

Quyida MTMda olib boriladigan “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarining namunaviy mavzulari tizimini keltiramiz (Ularning barchasida mashg’ulotning umumiy maqsadi mashg’ulot bo’yicha belgilanggan ta’limiy, tabiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar uyg’unligida shakllantiriladi):

1
Uyat-o’limdan qattiq


Каталог: uploads -> books
books -> Tầm Quan Trọng Của Tâuhid & Sự Nguy Hiểm Của Bùa Ngải ] Tiếng Việt Vietnamese فيتنامي [
books -> Imam Muhammad Bin Abdul-Wahab
books -> Chữa Bệnh Bằng Những Lời Niệm Chú Từ Qur’an Và Sunnah
books -> حصن المسلم Husnun Al- muslim
books -> Bạn Biết Gì Về Shi’ah (Shiite – Si-ai)?
books -> Riyadh Saaliheen (Những Ngôi Vườn Của Những Người Ngoan Đạo) Chương Sabr (Kiên Nhẫn)
books -> Ương Haj Các Sai Sót Khi Hành Hương Haj
books -> Dịch Thuật: Abu Hisaan Ibnu Ysa
books -> Kế Hoạch Cho Gia Đình 30 dự án hữu ích cho cá nhân, gia đình và cộng đồng trong tháng Ramadan
books -> Imam Muhammad Bin Abdul-Wahab Tiểu sử và sự tuyên truyền của ông

tải về 1.25 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương