Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


Vazifalar maqsadni amalga oshirishning algoritmik ketma – ketligidir. Loyihalashtirish



tải về 1.25 Mb.
trang3/19
Chuyển đổi dữ liệu19.04.2018
Kích1.25 Mb.
#36917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

Vazifalar maqsadni amalga oshirishning algoritmik ketma – ketligidir.

Loyihalashtirish – tarbiyachi yoki murabbiylarning bolalar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotni o’tkazish va bunda qo’llaniladigan shakl, usul va uslublardan foydalanish amalga oshirish ketma – ketligining amaliy jihatini ta’minlaydi.

Pedagogik mahorat – bu tarbiyachi yoki murabbiyning pedagogik kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarining uyg’un holatdagi faoliyatidan iborat bo’lib, u maqsadni aniq qo’yish, vazifalarni puxta belgilab olish, ta’lim – tarbiyaviy jarayonni mukammal tashkil etish, bolalarni qiziqtirish va ulardagi mashg’ulotga mustaqil qatnashish hamda ijodiy ishlashga xohish uyg’otish, bolalarning imkoniyatlarini to’g’ri belgilay olish va ularning mashg’ulotga ehtiyojlarini to’g’ri belgilay bilish uchun har qanday tarbiya shakl, usul va uslublardan samarali foydalanishlari orqali baholanadi.

Ular asosida mashg’ulot jarayonini nazorat qilish boshlanadi va joriy hamda oraliq natijalari monitoringi olib boriladi.



Umumlashtirish qismida natijalar tahlili asosida xulosaviy fikr shakllantiriladi. Unda quyidagi savollarga javob izlanadi:

  • nima yaxshi-yu, nima yomon?

  • nima yoqdi-yu, nima yoqmadi?

  • kim yoqdi-yu, kim yoqmadi (ertak yoki videofilm qahramonlari bo’yicha ham bo’lishi mumkin)?

  • nimani olib qolish kerak-u, nimadan voz kechish kerak?

  • kim faol-u, kim ajralib qoldi?

  • bolalar nimani o’rgandi-yu, nimalarga befarq bo’lib qoldi?

  • kimlar faol bo’ldi-yu, kimlar ahamiyatsiz bo’lib qoldi va h.k.

Demak, bola tarbiyasida MTM ning ahamiyati katta. Hattoki, onalari uy bekasi bo’lgan xonadon bolalari uchun ham ahamiyatlidir. Bu haqda quyidagi fikr ahamiyatlidir.

Taniqli pedagog Xoji Muin (1883 - 1942) bolalar bog’chasining bola tarbiyasidagi nechog’lik zarurligini uqtirib, bolalarning ko’pchilik ota – onalar kabi to’rt – besh yoshdanoq maktabga berish o’rniga bolalar bog’chasiga berish lozimligi haqida ko’plab qimmatli fikrlarni bildirgan. Jumladan, “.... Bolani yosh chog’ida ko’ngli xohlamaydirg’on biron ishga majbur qilishsa, badani oriq bo’ladi. Dimog’ va miyasiga halal keladir, qoni buziladir, a’zosi o’sishdan qoladir va boshqa kasalliklarga uchraydir... .

Bolalar bog’chasining birinchi foydasi bolalarni mazkur hollardan, ya’ni 4 – 5 yoshdanoq maktabxonalarga qatnash, yoshiga nomunosib o’quv – yozuv ishlari bilan mashg’ul bo’lishdan – ona – onani behuda tashvishlardan qutqarmoqdir, ikkinchi foydasi bolalarni yaxshi tarbiya qilib, lozim ishlarga o’yin yo’li bilan o’rgatib, maktabdan burun maktabga hozir qilmoqdir”, deb yozgan edi Xoji Muin [28. 302 – b.].

Demak, MTM dagi bolalar faoliyatini chinakam bolalik davri, deb atash mumkin. Shuning uchun ham bolalik buyuklik va ezgulikka yo’g’rilgan bo’ladi. Bunga sabab bu davr bolalarning beg’am, betashvish, o’yin – to’polonlari g’uborsiz, yuragi toza, fikri – xayoli musaffo, muomala – munosabatlari samimiy bo’lgan davridir. Ularning shaxs yuksalishiga va taraqqiyotiga, uning kelgusida jamiyatni harakatlantiruvchi kuch bo’lib yetishishiga qo’yilayotgan tamal toshi bo’lishi mumkin.

Tadqiqotimizning ushbu qismida xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki, bolalar ta’lim – tarbiyasiga oilada ham, MTM da e’tiborni kuchli qaratish lozim bo’ladi. Bunga yetarlicha asos bor. Bu borada birgina dastlabki asoslarni e’tiborga oladigan bo’lsak, ular tinimsiz kattalarga taqlid qiladi, ular hattoki o’yinchoqlar tanlash va o’ynashda ham faqat ulg’ayish ehtiyojlarini qondiradigan jarayonlar to’g’risida bosh qotiradi.

Demak, ota – onalar va MTM dagi tarbiyachi va murabbiylar farzandlarning qanday muhitda shakllanishiga va bunday jarayonlardagi bolaning istiqbolli ehtiyojlarini qondirishga burchlidurlar va bu sohada ularga ko’maklashishga insoniylik jihatdan mas’uldirlar.



1.5. Maktabgacha ta’lim muassasalarida qo’llaniladigan pedagogik ta’sir usullari

MTM dagi faoliyatga tarbiyachi va murabbiylar har doim bolalar tarbiyasi, xulq – atvori, tartib – intizomiga tuzatishlar kiritishi, ulardagi kerakli shaxsiy xislatlar va harakatlardagi qirralarni rivojlantir-ishi, kamchiliklarini bartaraf qilishi kerak

bo’ladi. MTM da bunday ishlarni amalga oshirish uchun eng qulay sharoit bor. Chunki, bunday joylarda tarbiyachi va murabbiylar

pedagogik ta’sirning turli usullaridan foydalana oladilar. Ushbu jarayonda kerakli usulni tanlash uchun bolaning hissiy holati, harakatining xarakteri va sababini oldindan aniqlash kerak bo’ladi.

Pedagogik vaziyat tarbiyachi va murabbiyning ijodiy fikrlashi va sinchikovligi tufayli aniqlanadi. Buning ijodiy tomoni shundan iboratki, tarbiyachi va murabbiy o’ylagan usulni amalga oshirish uchun foydalanadigan sharoitlarni xayolan loyihalashtirib chiqish kerak bo’ladi. Ushbu jarayonning kasbiy mahoratli tomoni shundan iboratki, unda tarbiyachi yoki murabbiyning o’z ishini yaxshi bilishi, o’z xulqini bolaga o’tkaza olishi, ularning hatti – harakatlariga mos munosabatni tashkil qila olishi muhimdir.



Umuman olganda pedagogik ta’sir usuli deganda aniq holatlarni (jarayonlarni) tashkil etib, unga mos kerakli qonun – qoidalar negizida bolalarni ijobiy hatti – harakatlarga undovchi, o’z kamchiliklarini vaqtida tuzatuvchi (uning ko’rsatgan kamchilikga ijobiy munosabatni hosil qiluvchi) yangi, istiqbolli fikrlar va hislar majmuasi tushuniladi va bundagi yangi fikrlar bola tarbiyasining yangi sabablarini hamda bolaning shaxsiy kamchiliklarini yengib o’tishga asos bo’ladigan hissiyotlar majmuidan iboratdir (1.5.1 - shakl).



1.5.1 – shakl. Pedagogik ta’sir usullarining umumiy ko’rinishi.

Murabbiy va tarbiyachilarning ijodiy – kasbiy faoliyati (pedagogik mahorati)da nafaqat tarbiyaviy ishlarning yaxshi samarali natijalariga erishiladi, balki murabbiy va tarbiyachilarning shaxsiy hislatlari ham yuksaladi. Pedagogik ta’sir usullarini qo’llash jarayonida tarbiyachi va murabbiylarning g’oyaviyligi yaqqol ko’zga tashlanadi, ularning xarakteridagi insoniylik va murabbiylik xislatlari namoyon bo’ladi, ular xarakterining emosional qirralari: chidamlilik, o’z – o’zini boshqara olishlik, maqsadga intiluvchanlik, tezkorlik, tashabbuskorlik va tarbiyachi – murabbiylarning irodaviy qirralari topqirlik, ziyraklik, kuzatuvchanlik, shuningdek, xarakterning intellektual qirralari ham yaqqol ko’zga tashlanadi.

Qayd etilganlarni e’tiborga olib quyida bolalar tarbiyasiga bo’ladigan pedagogik ta’sir usullarining ba’zilarining nomlarini keltiramiz.

Dastlab bolalarni ilhomlantiruvchi ijobiy hislatlar negizida bolaning axloq – odobi tarbiyasi, tartib – intizomiga o’zgartirishlar kirituvchi tarbiyaviy ta’sirlar to’g’risidagi pedagogik ta’sirlar nomlarini keltiramiz. Ular quyidagilardan iborat:



1. Ishontirish – bu aniq axloqiy me’yorlar negizida qaysidir ishni mumkin yoki mumkin emasligini, to’g’riligi yoki noto’g’riligini, zarurligini isbot qilish va tushuntirish jarayonidir.

2. Rag’bat – bu bola xulqi, odobini to’g’rilashga yoki tuzatishga yordam beruvchi tarbiyaviy ta’sir usuli.

3. Ijobiy baho berish – bu bolaning to’g’ri ish qilayotganini tasdiqlovchi tarbiyaviy ta’sir usuli.

4. Maqtov – bolaning hatti – harakatini, ishlarini rag’batlantiruvchi pedagogik ta’sir.

5. Mukofot – bu ancha sezilarli rag’bat bo’lib, u ajoyib yutuqlar, ijobiy hatti – harakatlarni belgilashda qo’llaniladigan tarbiyaviy ta’sir.

6. Ishonch – bu bolalar tomonidan yaxshi xulqi uchun o’rinli maqtov sifatida qabul qilinadigan hissiyot.

7. Aniq qiziqishlar, talablarni qondirish–bunga kitoblarni esdalikka topshirish, tabiatni o’rganish, sayohatlar uyushtirish kabilar orqali erishiladi.

8. Ijodiy munosabatni bildirish – bu tabiyachi yoki murbbiylarning bolalarni yoqtirishlari, bolalarga bo’lgan mehribonliklari, samimiy tabassumlari, do’stona harakatlari, bolalar bilan hamkorlikdagi va birgalikdagi o’yinlar orqali amalga oshiriladi hamda bolalar tomonidan maqtov sifatida qabul qilinadi.

9. Mehribonlik, e’tibor va g’amxo’rlik – tarbiyachi va murabbiylarning ayblanuvchiga nisbatan bo’lgan mehribonliklari, e’tibor va g’amxo’rliklarining hissiy natijasi.

10. Iltimos – bu insonparvarlik hislarini uyg’otuvchi usuldir.

11. Qiziqarli faoliyatga tortish – bolalarning qobiliyatini rivojlantiruvchi, boladagi yanada ko’proq iroda, bilim, javobgarlik – hissini yuksaltiruvchi tarbiyaviy ta’sir usulidir.

Salbiy holatlarga undovchi xarakterlarni yo’qotishga yordam beruvchi tarbiyaviy ta’sirlar nomlarini keltiramiz. Ular quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:



1. Engil koyish – aybdor bola bilan bo’ladigan suhbat jarayoni bo’lib, unda suhbat jarayonida bolaning kamchiligi qayd etilib o’tiladi-da, suhbat maromida olib borilaveradi.

2. Jazo berish – bu bolalarda o’z qilgan ishiga o’kinish va boshqa bu ishini qaytarmaslik xohishini shakllantiruvchi tarbiyaviy ta’sir. Jazoning quyidagi turlari mavjud:

Jazo – mashq;

Jazo – chegaralash;

Jazo – tanbeh;

Jazo – shartlilik va h.k.

3. Ogohlantirish – bu bolada xavotir uyg’otuvchi va uning negizida noxush oqibatlarni yo’qotish xohishini uyg’otuvchi tarbiyaviy ta’sirdir.

Demak, pedagogik ta’sir usullari – bu aniq pedagogik vaziyat (holat)ni tashkil qilish usuli bo’lib, ular ma’lum qonun – qoidalar negizida bolalarda ijobiy ishlarga, o’z kamchiliklarini yo’qotishga undovchi yangi fikrlar va hissiyotlarni uyg’otadi.



1.6. Maktabgacha ta’lim muassasasining pedagogik jamoasidagi

uslubiyot ishlari
MTMning ta’lim – tarbiyaviy faoliyatida uslubiy ishlari bo’g’in bo’lib, bu pedagogik jamoaning kasbiy faoliyatiga layoqati va shu asosdagi kasbiy mahoratining iste’moldagi ifodasidir.

Bunday jarayonda pedagogik jamoaning bola bilan, guruh bilan o’zaro munosabatida to’g’ri yo’lni tanlashi, tarbiyaviy ishlarda ta’sir usullarini to’g’ri qo’llashi, tarbiyaviy ta’sirning

shakl va uslublarini hamda qonun – qoidalarini yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi, shuningdek, ta’lim – tarbiyaning tamoyillarini yaxshi bilishlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Bular “MTM to’g’risida”gi Nizomda ham qayd etilgan. Shuning bilan birga MTM si rahbariyati, pedagogik jamoasi va ularga mos uslubiy yordam ko’rsatish va uslubiy o’quv adabiyotlari tizimi tuzilgan. Ularda MTMda ta’lim – tarbiya jarayonini olib borishning uslubiyot ishlarining yo’nalishlari, shakl, vosita va uslublari aks ettirilgan.

MTM dagi pedagogik jamoaga rahbarlik uslubiy o’qishlar, pedagogik kengashlar orqali amalga oshiriladi. MTM dagi tarbiyaviy ishlarning asosiy yo’nalishlari bo’yicha dastlab barcha tashkiliy masalalar hal qilinadi va uslubiy ishlar amalga oshirila boradi. Bunday tadbirlarning asosiy mazmun – mohiyatini bolalar ma’naviyatli bo’lib katta bo’lishi tashkil etish kerak, chunki bugungi yoshlarni ijtimoiy faollik va hushyorlikka davat etishga, o’zligini, o’z uyini himoyalashga oid ma’naviy va ma’rifiy ishlarni qilish ruhida tarbiyalash lozim.

Demak, MTM ning har bir xodimi O’zbkiston o’ziga xos mustaqil taraqqiyot yo’lini tanlab olganligini, xalqimiz ma’naviyatiga qo’yilgan talablarni anglaganligini va ularga mos yoshlar tarbiyasiga qo’yilgan davlat talablarini ongli ravishda tushunib yetmoqlari zarur ekan. Buning uchun ular muntazam ravishda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha o’z ustilarida ishlab kelishlariga to’g’ri keladi:



  • kasbiy mahoratni oshirish;

  • metodik mahoratni oshirish;

  • pedagogik va psixologik bilimlarni boyitish;

  • ma’naviyat va ma’rifat masalalarini puxta o’zlashtirish va ularni tarbiya jarayoniga tadbiq etish.

Ana shunday jihatlarga alohida e’tibor bergan MTM da uslubiyot ishlarini samarali yo’lga qo’yish mumkin. Buni quyidagicha olib borish ma’qsadga mavofiq (1.6.1 - shakl).

Uslubiy ishlarni bu yo’sinda tashkil etish pedagogik jamoaga uslubiy rahbarlik qilishga qo’shimcha vaqt, quvvat, pedagogik mahorat talab etiladi. Bu esa MTM da bolalar tarbiyasi jarayonini optimal boshqarish va pedagogik jamoa a’zolarining pedagogik mahoratini oshishini muntazam ravishda kuzatish imkoniyatlarini ham beradi.





1 – shakl. MTMda uslubiyot ishlarining joriy etilishi jarayoni.


Каталог: uploads -> books
books -> Tầm Quan Trọng Của Tâuhid & Sự Nguy Hiểm Của Bùa Ngải ] Tiếng Việt Vietnamese فيتنامي [
books -> Imam Muhammad Bin Abdul-Wahab
books -> Chữa Bệnh Bằng Những Lời Niệm Chú Từ Qur’an Và Sunnah
books -> حصن المسلم Husnun Al- muslim
books -> Bạn Biết Gì Về Shi’ah (Shiite – Si-ai)?
books -> Riyadh Saaliheen (Những Ngôi Vườn Của Những Người Ngoan Đạo) Chương Sabr (Kiên Nhẫn)
books -> Ương Haj Các Sai Sót Khi Hành Hương Haj
books -> Dịch Thuật: Abu Hisaan Ibnu Ysa
books -> Kế Hoạch Cho Gia Đình 30 dự án hữu ích cho cá nhân, gia đình và cộng đồng trong tháng Ramadan
books -> Imam Muhammad Bin Abdul-Wahab Tiểu sử và sự tuyên truyền của ông

tải về 1.25 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương